O’rnatilgan operatsion tizimlarda xabarlar navbati reja
Xabarlar navbatidan foydalanish
Download 175.16 Kb.
|
мустақил иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xabarlar navbatini loyihalashga misollar
Xabarlar navbatidan foydalanishOT xabar tarkibida nima borligini bilishi shart emas, u shunchaki xabarni o’z buferlaridan biriga ko’chiradi va masala xabarni olishi kerak bo’lganda, u holda xabar qabul qilinuvchi masala buferiga nisxalanadi. Shu usulda xabarda har qanday ma’lumot turi bo’lishi mumkin, ba’zan shunchaki boshqa masalani blokdan chiqarish uchun fiksirlangan xabar bo’lishi ham mumkin. Xabarlar navbatini loyihalashga misollarEng keng tarqalgan dizayn quyidagicha: bir masala (ishlab chiqaruvchi masala) navbatga xabar yuboradi, boshqa masala (talabgor masala) xabarni qabul qiladi (1-rasm). 1-rasm. Zaif bog’langan xabar aloqasi Ba’zan ishlab chiqaruvchi masalasi talabgor masalasidan qandaydir javob kutadi, masalan, talab qiluvchi masalasiga ba’zi hisoblashlarni bajarishi yoki biror ma’lumotlarni formatlash taklif qilinishi mumkin. So’ngra ikkinchi navbat qo’shiladi, unga talabgor masalasi javob berishi mumkin, bu javobni esa ishlab chiqaruvchi masalasi o’qishi mumkin (2-rasm). 2-rasm. Mustahkam bog’langan javobli aloqa Agar talab qiluvchi masala ishlab chiqaruvchi masalasi haqida faqat signal berishi kerak bo’lsa, ya’ni unga biror ma’lumot yuborish kerak emas, balki unga keyingi xabar uchun tayyor ekanligini bildirish kerak bo’lsa, u holda ikkinchi navbat semafor bilan almashtirilishi mumkin (3-rasm). 3-rasm. Mustahkam bog’langan javobsiz aloqa 4-rasmda ko’rsatilgandek, bitta navbatdan xabarni oladigan bir nechta masala bo’lishi mumkin. Xabar talab qilayotgan masalalar yagona masalaning ekzemplyarlari hisoblanadi, shuning uchun aslida qaysi vazifa xabarni olishi muhim emas. 4-rasm. Bir nechta masalalar bitta navbatdan xabar olishi mumkin Albatta, bir nechta masalalar bitta navbatga xabar yuborishi va bunda bu navbatdan qabul qiluvchi bitta masala bo’lish ehtimoli ham mavjud (5-rasm). 5-rasm. Bir necha masalalar bitta navbatga xabar yuborishi mumkin, masalan mijozlarga javob kerak bo’lmaganda mijoz-server modeli http://fayllar.org Download 175.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling