O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.Karimovga
2021-yil 10-noyabrdagi chora-tadbir rejasi bo‘yicha
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti vazirlikning 2021-yil
10-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil
14-sentabrdagi PF-6313-son Farmonining 9-bandi aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan shartnomalar tuzishda axborot tizimlaridan keng foydalanish to‘g‘risida”gi
chora-tadbir rejasi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinganligini ma’lum qiladi.
Direktor E.Qabulov
Ijrochi:Sh.Xamzayev
Tel:90-568-85-52
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2022-yil 3-fevraldagi 38-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (vazirlik)ning 2022-yil 3-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning yaraqqiyot strategiyasi haqida” ”gi PF-60-son farmoni ijrosi to‘g‘risida”gi 38-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 3-fevraldagi 38-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Tegishli bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari zimmasiga;
ushbu buyruqning tegishli bandlari ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlasinlar.
Devonxona (T.Panjiyev) Vazirlikning 38-sonli buyrug‘i bilan tegishliligi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni tanishtirsin.
Ushbu buyruq ijrosi nazorati Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash nazorat va monitoring bo‘limi (A.Xaydarkulov) zimmasiga yuklatilsin.
Direktor E.Qabulov
Do'stlaringiz bilan baham: |