O’rnatilgan tizimlar fanidan Amaliy ish Bajargan: Shukrulloyev d qabul qildi: Mirsaidov B
Download 215.49 Kb.
|
1-AMALIY ISH O\'RNATILGAN TIZIMLAR SHUKRULLAYEV D
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajargan:Shukrulloyev D Qabul qildi:Mirsaidov B
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI O’rnatilgan tizimlar fanidan Amaliy ish Bajargan:Shukrulloyev D Qabul qildi:Mirsaidov B SAMARQAND – 2022 Elektr energiyasi iste’molchilari(misol uchun lampochka, muzlatgich, televizor)dan foydalanish mobaynida elektr zanjirini uzib–ulash talab etiladi, ya’ni bu iste’molchilarning ishlashi uchun zanjir(ulovchi simlar) ulanishi kerak, ishini to’xtatish uchun zanjirni uzish kerak. Mana shu vazifani bajarish uchun button(кнопка-tugma)dan foydalaniladi. Knopkadan hayotimizda juda ko’p foydalaniladi. Misol uchun, elektr chirog’ini yoqib-o’chirishda, qo’ng’iroqlarni ishlatishda, ishlab chiqarishda va h.z Misol uchun, elektr chirog’ini yoqib-o’chirishda, qo’ng’iroqlarni ishlatishda, ishlab chiqarishda va h.z. 1-rasm Buttonbu, elektrzanjiridagiuzuqturganikkinuqtasiniulashvazifasinibajaruvchiqurilma(1-rasm). Dasturlashorqalibuttoningimkoniyatinianchaoshirishimizmumkin, ya’nibuttonbilanbittaelektrzanjiridabo’lmaganqurilmalarniboshqarishimkoniyatigaegabo’lamiz. Buttonbosilgandanafaqato’zigaulanganqurilmaniyoqish , balkiboshqa (buttongabevositaulanmagan) iste’molchilarniboshqarishimkoniyatigaegabo’lamiz.Masalan , knopkanibittabosganimizdaeletrdvigatelioldinga , ikkinchibosganimizdaorqagaaylantirishimizmumkin. Buttonning Arduinoga ulanish sxemasi quyidagicha : 2-rasm Raqamli signallar ikkilik sanoq sistemasida ishlaydi ( 0 va 1), signal bor bo’lsa 1 , yo’q bo’lsa 0 qiymatga ega bo’ladi. Qachonki , button bosilsa (2-rasm), arduinoning ikkinchi oyog’iga kiruvchi kuchlanish 5V ga teng bo’ladi , ya’ni kiruvchi signal birga teng bo’ladi. Agar button bosilmasa , bu oyoqqa kiruvchi kuchlanish nolga teng, ya’ni kiruvchi signal nolga teng. Shu o’rinda bir savol tug’iladi, buttonning arduinoga ulanish sxemasida GND va unga ulangan qarshilikning vazifasi nima? Zanjir(sxema)ni bu tarzda yig’sak bo’lmasmidi? Ya’ni GND va rezistorni ishlatmasdan faqat 5V ni button orqali arduinoning INPUT oyog’iga ulasak bo’lmasmidi? Tugmani bosganimizda zanjir ulanib INPUT oyoqqa kiruvchi signal 1ga , bosmaganimizda zanjir uzilib kiruvchi signal 0 ga teng bo’lmasmidi , degan savol tug’iladi. Haqiqatdan ham knopka bosilganda kiruvchi signal 1 ga teng bo’ladi. Lekin bosmaganimizda har doim kiruvchi signal 0 ga teng bo’lmaydi. Kiruvchi oyoqda kichik kuchlanish paydo bo’lsa yoki kichik magnit maydon ta’sir qilsa , bu oyoqqa kiruvchi 1 signal hosil bo’ladi. Shuning uchun GND ga ulanadi va knopka bosilmaganda kiruvchi signal doimo 0 ga teng bo’lib turadi. Ana endi GND ga rezistor ulanishiga sabab shundan iboratki, agar GND ni rezistorsiz ulasak knopka bosilganda qisqa tutashuv yuz beradi , ya’ni “+” va” –“ lar bir – biriga ulanib qoladi va natijada arduino kuyib qolishi mumkin. Uning vazifasi shu qisqa tutashuvni oldini olish. Bu rezistorning qiymati odatda 1-10 kom bo’ladi. Demak, knopkani bosganimizda kiruvchi signal 1 qiymatga , bosmaganimizda 0 ga teng bo’ladi. Download 215.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling