O’rnatilgan tizimlar fanidan
Download 342.33 Kb.
|
Nurbek Xalilov o\'rnatilgan tizimlar
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI O’rnatilgan tizimlar fanidan Mustaqil ish. Bajardi : Nurbek Xalilov O‘rnatilgan tizimlarda kiritish/chiqarish.Kiritish/chiqarish (k/ch) komponentlari o‘rnatilgan tizim platalariga ulangan kiritish/chiqarish qurilmalariga axborotni jo‘natish va ulardan axborotlarni qabul qilib olishga javobgandir. K/Ch platasi, kiritish qurilmalaridan etakchi protsessorga ma’lumotlarni keltirish uchun mo‘ljallangan, kiritish komponentlaridan; etakchi protsessordan axborotlarni olib chiqarish qurilmasiga etkazuvchi, chiqish komponentidan; yoki ikkalasini ham vazifasini bir paytda bajaruvchi komponentdan tashkil topgan bo‘ladi (6.1-rasm). 6.1-rasm. Birinchi kompyuterlarda bitli shinadan foydalanish arxitekturasi. U o‘z navbatida platada o‘yilgan keng egiluvchan ko‘p simli yoki asosiy plata raz’yomlaridan chiquvchi alohida simli o‘tkazish liniyalaridan iborat. Birinchi avlod mikroprotsessor shinalari kiritish/chiqarish qurilmalarida foydalanishni boshlaydigan bo‘lsak Birinchi marta 1980 yilda IBM kompaniyasi tomonidan kompyuterlarga shina ISA (Industry Standard Architecture) o‘rnatish va plata ISA 8-bitnli, 16-bitnli malumotlarni uzatgan. O‘rnatilgan qurilmalarda PC/104 versiyasi quvvati yuqori bo‘lib, plata bilan bog‘liqligi va stekni joylashuvini yuqori quvvatda amalga oshiradi. Extended Industry Standard Architecture (EISA) oxirgi versiyasi shina ISA 32-bitgacha bo‘lgani keng tarqalgan. Har qanday elektromexanik tizim o‘rnatilgan tizim platasiga o‘lanishi va k/ch qurilmasi sifatida faoliyat olib borishi mumkin. 6.2-rasm. 30 pinli SIMM ko‘rinishi (single in-line memory module – bir tomonlama xotira moduli) 6.3-rasm. 168 pinli DIMM ko‘rinishi (dual in-line memory module, ikki tomonlama xotira moduli) 6.4-rasm. Fon Neyman arxitekturasiga asoslangan kiritish/chiqarish blok- sxemasi . Kiritish/chiqarish yuqori darajali guruh bo‘lib, chiqarish qurilmalari kichik ostguruhlariga, kiritish qurilmalari kichik ostguruhlariga va ikkala kiritish/chiqarish qurilmalar kichik ostguruhlariga bo‘linishi mumkin. Chiqaruvchi qurilma k/ch platasidan ma’lumotlarni qabul qilib olib, qaysidir ma’noda printerlarga, disklarga yoki monitorlarga yoki yonib o‘chuvchi LED chiroqlariga inson ko‘rishi uchun uzatadi. Sichqoncha, klaviatura yoki boshqaruv pulьti kabi kiritish qurilmasi k/ch komponentlariga ma’lumotni uzatadi. Ba’zi k/ch qurilmalari ikkala vazifani bir paytda bajaradi, masalan: tarmoq qurilmasi ma’lumotni internetdar qabul qilib va jo‘natishi mumkin. Kiritish/chiqarish qurilmasi o‘rnatilgan plataga klaviatura yoki masofaviy boshqaruv pulьti kabi simli yoki simsiz ma’lumot uzatish muhiti orqali ulanishi mumkin yoki LED chiroqlari kabi o‘rnatilgan plataning o‘zida joylashgan bo‘ladi. Download 342.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling