O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth Reja: Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida


Download 274.5 Kb.
bet1/9
Sana27.10.2023
Hajmi274.5 Kb.
#1728025
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth

O’rnatilgan tizimlarda Bluetooth

Reja:

  1. Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida


  2. Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
  3. Nega menga Bluetooth kerak?

  4. Kompyuterga bluetooth o'rnatish

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

Bluetooth asoschisi va simsiz texnologiyaning kelajagi haqida

Bluetooth texnologiyasi xay-tek sohasi uchun nisbatan uzun tarixga ega. Mazkur simsiz texnologiya biznes-muhitda foydalanishda afzallikka ega, biroq kam tarqalgan standartdan boshlab, asta ommaviy segmentga joriy etilgan. Bugungi kun bozorida Bluetooth-interfeysga ega ko‘plab simsiz dinamiklar, naushniklar, manipulyatorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar mavjud. Standartning eng oxirgi versiyalari paydo bo‘lishi bilan Bluetoothning sohada yanada mustahkam o‘rin egallashini tasdiqlovchi ko‘plab qiziqarli yangiliklar taqdim etilmoqda.
Yap Xarsten — Bluetooth asoschisi
«Bluetooth’ning otasi» Yap Xarsten (Jaap Haarsten) bo‘lib, Ericsson kompaniyasida ishlagan davrida, ya’ni 1994-yildayoq, yangi texnologiyalarni ilgari sura boshlagandi. Yap Xarsten Bluetooth’ni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida eng yaqin qurilmagacha masofani aniqlashdagi funksiyasini aniqla­gan. Yap­ning fikriga ko‘ra, texnologiyalar zamonaviy olamda kom­munikatsiya va joylashgan joyni bilishning mujassam ilg‘or funksiyalarini yaratish uchun ajralmas shart bo‘lib hisoblanadi. Masalan, noutbugingizdagi nimanidir bosib chiqarishni xohlasangiz, qidiruv asosida bir necha qurilmani topishingiz mumkin, biroq bundan foyda kam bo‘ladi. Agar foydalanuvchi, masalan, 5 metr maso­fada printer mavjudligidan boxabar bo‘lsa, bu juda yaxshi natijadir.
Bozorda Bluetoothga ega ko‘plab qurilmalar mavjud
Yap Xarstenning ma’lum qilishicha, undan ko‘pchilik qachon bo‘lsa ham hayotning barcha holatlari uchun va mavjud simli texnologiyalarni surib chiqara oladigan simsiz texnologiya yaratilishi mumkinmi, deb so‘raydilar. Yapning fikricha, yaqin orada bunday texnologiya yaratilmasa kerak. Hozirda mobil simsiz texnologiya uchun uch asosiy soha mavjud — katta maydonni qoplab oluvchi texnologiya, simsiz LAN va Bluetooth kabi personal tarmoqlar. Mazkur tizimlarning har biri o‘z vazifasini yaxshi bajaradi. Biroq barcha talablarga javob bera oladigan bir universal tizimni yaratish juda qiyin. Internet narsalar soha oldiga alohida talablarni qo‘yadi. Kelajakda bir kvadrat kilometrda millionlab IoT-qurilmalarga ega bo‘lamiz. Ular o‘zaro bir-birlari bilan qanday muloqot qiladilar? Xarstenning fikricha, bu borada router Cassia Hub-Bluetooth kabi qurilmalar istiqbolli bo‘lib ko‘rinadi. Ma’lumki, slave-qurilmalari­ning soni o‘sib bormoqda, foydalanuvchilar uchun ham barcha narchalarni birlashtira oladigan shunday xablar zarur.
Albatta, Yap Bluetooth tarixi haqida ham to‘xtalib o‘tgan, 1994-yilda undan ovos va ma’lumotlarni uzata oladigan raqamli simsiz tizim ishlab chiqishini so‘rab murojaat etadilar. Shu sababli Xarsten zamonaviy va shu bilan birga, yaqin radius ta’siriga ega texnolo­giyalar ustida tadqiqot yuritdi. Ko‘plab tizimlar juda murakkab, ko‘p energiya talab etar, bundan tashqari, ixcham edi. DECT kabi tizimlar bazoviy stansiya infrastrukturasi va uning atrofidagi qurilmalar talab etilganligi sababli to‘g‘ri kelmadi. Biroq oldinda teng bog‘lamali oraliq stansiyalarsiz aloqa o‘rnata oladigan peer-tarmoq yaratish vazifasi turardi. Mazmunan Bluetooth’ga eng yaqin qurilmalar bu bolalikdan ko‘pchilikka tanish «walkie-talkie» so‘zlashuv ratsiyalari edi. Biroq ularda faqat ikki qurilma o‘rtasida muloqot imkoniyati ko‘zda tutilgandi. Xarsten Bluetooth’ni taqdim etganida, bu qurilma «walkie-talkie»ga o‘xshash, faqat jahon mi­qyosidagi qu­rilmadir degandi. Aslida, aloqa modulining ta’sir radiusida bo‘lgan har qanday qurilmalarda o‘zaro muloqot qilish mumkin.
Bu boradagi ishlar 1994-yilda boshlandi va standart yaratuvchilari ilgari hech kim amalga oshirmagan bir chipda bajarish zarur bo‘lgan kelishuvga juda tez keldilar. Nihoyat uch yildan keyin ular o‘ylagan g‘oyalarini amalga oshirishga erishdilar. Ishlanma ustida faoliyat yuritgan bo‘linmalar rahbarlari bir kompaniya standarti sifatida bunday texnologiyani jahon bozoriga olib chiqishning uddasidan chiqolmasligi, balki butun ekotizim zarurligini tushunib yetdilar. Shu sababli 1997-yilda ular faol tarzda o‘zlariga hamkor izlay boshladilar. Loyihaga Nokia, Intel, Toshiba, IBM kompaniya­lari qo‘shildi. Beshta kompaniya birgalikda Bluetooth SIG texnologiyasiga asos soldi. Faqat shundan keyingina dastlabki final spetsifikatsiyasi paydo bo‘ldi.

Download 274.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling