O’rni va musiqa madaniyati darslarida repertuarlarini o’qitishning ahamiyati


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1378533
Bog'liq
farg-ona-vodiysi-an-anaviy-xonandalik-san-ati-vakillarining-respublika-musiqa-san-ati-rivojida-tutgan-o-rni-va-musiqa-madaniyati-darslarida-repertuarlarini-o-qitishning-ahamiyati



FARG’ONA VODIYSI AN’ANAVIY XONANDALIK SAN’ATI 
VAKILLARINING RESPUBLIKA MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDA TUTGAN 
O’RNI VA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA REPERTUARLARINI 
O’QITISHNING AHAMIYATI 
 
Shaxzod Shuxratjon o’g’li Rustamov 
Oybek Ulug’bek o’g’li Yusupov 
Namangan davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg’ona vodiysi an’anaviy xonandalik san’ati 
vakillarining respublika musiqa san’ati rivojida tutgan o’rni va musiqa madaniyati 
darslarida repertuarlarini o’qitishning ahamiyati ilmiy asosda tahlil etilgan.
Kalit so’zlar: an’anaviy xonandalik, ilmiy maktab, Farg’ona-Toshkent maqom 
yo’llari, qo’shiqchilik uslublari 
THE ROLE OF THE REPRESENTATIVES OF THE TRADITIONAL 
SINGING ARTS OF THE FERGONA VALLEY IN THE DEVELOPMENT OF 
MUSIC ARTS OF THE REPUBLIC AND THE SIGNIFICANCE OF 
TEACHING THEIR REPERTORIES IN MUSIC CULTURE LESSONS 
 
Shahzod Shukhratjon Rustamov 
Oibek Ulug’bek Yusupov 
Namangan State University 
 
Abstract: In this article, the role of representatives of the traditional singing art 
of the Fergana Valley in the development of the republican musical art and the 
importance of teaching their repertoire in music culture classes is analyzed on a 
scientific basis. 
Keywords: traditional singing, scientific school, status paths of Ferghana-
Tashkent, singing styles 
O’lkamizda musiqiy merosimizning ajralmas qismi bo’lmish hofizlik azaldan 
muqaddas kasb sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo’lmish "Qur’on" 
oyatlarini dilga jo qilib, uning zerizabarlari bilan yoddan ijro etgan allomalarni 
"Hofizi Qur’on" deb yuritganlar. Mumtoz hofizlarimiz islomiy bilimlardan hamda 
badiiy she’riyatdan xabardor bo’lganlar. Shuning uchun ham ular ijro etgan 
qo’shiqlar nihoyatda ta’sirchan bo’lib, tinglovchilarni o’zlariga rom eta olgan. Ularni 
ulug’ shoirlarimizning beqiyos ma’noga ega bo’lgan g’azallarini kuyga solib ijro 
etgan qo’shiqlari uchun "Hofiz" degan nomga musharraf bo’lishlari ham qandaydir 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
862
http://oac.dsmi-qf.uz


ramziy ma’no kasb etishi tabiiydir. [1.] Bu o’rinda ulug’ alloma Majzubi 
Namangoniyning quyidagi satrlari ibratlidir:
Dema tanbur nolasi yo’l tashlaganda tordin, 
Bilki kelmish bu tarona san’ati jabbordin. 
Shundan ko’rinadiki, musiqa inson jismiga jon bilan kirganligini, bunda ilohiy 
qudrat borligini islom ulamolari ham e’tirof etishgan. Ulug’ alloma Alixon To’ra 
Sog’uniy "Tarixi Muhammadiy" kitoblarida shahodat berishlaricha, payg’ambarimiz 
Rasululloh Makkadan Madinaga hijrat qilishib shaharga kirishlaridayoq joriya qizlar 
childirmalar chalishib, alyorlarni aytishgan ekan: shundan ko’rinadiki, alyor, lapar 
aytish Payg’ambarimiz (s.a.v) davridan bizga meros bo’lib qolgan ekan. An’anviy 
qo’shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr 
boshlarida o’lkamizda bu muqaddas san’atning butun bir ijrochi avlodi yetishib 
chiqqanligining guvohi bo’lamiz. Ota Jalol, Ota G’iyos, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, 
Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Zohidxon 
xofiz, Madali hofiz, Mulla To’ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari 
zabardast hofizlar shular jumlasidandir. O’tmishda nota yozuvi rivojlanmagan bo’lib, 
Ovro’pa musiqa terminlari o’rnida hofizlarimiz «voz maromiga "Gulligi", "Binnigi", 
"Shikami", "Xonaqo’y" deb atalmish nafas olish va ijro yo’llaridan foydalanishgan. 
O’sha davr hofizlarining ovozlari o’ktam va baquvvat bo’lganligi uchun ular ko’proq 
"Shikami" yo’lida ijro etganlar. Bu yo’lda ijro etish g’oyatda murakkab bo’lib, 
shinavandalar tomonidan juda qadrlangan. Chunki hofiz tovushni ichkaridan 
tejamkorlik bilan qorin bo’shlig’idan chiqarib qo’shiq aytadi. Shuning uchun ham 
"Shikami" yo’li chuqur nafas olishga asoslanishi, tiniqligi hamda jarangdorligi bilan 
"Gulligi", "Binnigi" kabi ashula yo’llaridan farq qiladi.
Ustoz hofizlar o’z ijrochilik mahoratlarini oshirish uchun aks sado beruvchi 
maxsus gumbazli binolarda mashg’ulot o’tkazganar, shu tariqa ovozlariga sayqal 
berishgan. "Shikami" yo’lidan tashqari farq qiluvchi ikkinchi "Xonaqohiy" yo’li 
bo’lib, unda hofiz qo’shiqlarini aniq talaffuz etib, tinglovchiga g’azal mazmunini 
ifodali qilib yetkazgan. Ustoz hofizlarimiz dasturlaridan harxil marosimlarda ijro 
etiladigan qo’shiqlar ham o’rin olgan. Masalan, Sodirxon hofiz motam marosimlarida 
kuylanadigan qo’shiqlarni sozsiz, ikki kaftini qulog’iga qo’ygani holda, alamli 
"Yakka faryod" tarzida "Xo’jandiy" yo’lida ijro etib kelgan. Jurnalist Sherali 
Sokinning ma’lumotlariga qaraganda, Sodirxon hofiz o’z ashulalarini yil fasllari va 
hatto kunning ma’lum paytlariga ko’ra tanlab aytgan. Bahor tonglarda " Amin 
nasrulloyi"
,
"Qiyiq", "Qora tong"ni, peshindan keyin “Gulyor shahnoz"ni, kechqurun 
"Sarparda", "Rok baland", "Dilxiroj" va boshqalarni kuylagan. Bundan tashqari, ustoz 
hofizlarimiz qo’shiq ijro etish bilan birga maqomlarni to’liq o’zlashtirib, betakror 
muallif sifatida maqomlarni yangi sho’balar bilan boyitganlar. Masalan, maqomdon 
ustoz Ota Jalol Nosirov "Shashmaqom"ning mushkilot qismlarini tartibga solgan, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
863
http://oac.dsmi-qf.uz


ayrim maqom sho’balarini kengaytirgan, rivojlantirgan va qo’shimcha qismlar 
bastalagan. Jumladan, ulardan biri "Savti Jaloliy" deb ataladi. Marg’ilonlik Madali 
hofiz esa "Abdurahmonbegi", "Qalandar", "Tanovar" kabi ijro yo’llarini yangi 
talqinlari bilan to’ldirib, san’atimiz xazinasini boyitdi. Shu tariqa umrboqiy 
maqomlarimizga ustoz hofizlarimiz ijrosida qo’shimcha jilo berilib, yanada to’ldirilib 
ijro etib kelinmoqda. [2.] 
XX asrning 20-30 yillariga kelib an’anaviy qo’shiqchiligimizga ikkinchi bir 
avlod kirib keldiki, bu ulug’ hofizlarimiz san’atimiz xazinasini o’zlarining mumtoz 
qo’shiqlari bilan boyitdilar. Ularning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan zikr 
etib o’tish joizdir. Xorazm vohasidan Matpano ota Xudoyberganov, Kurji ota 
Avazmatov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Jumaniyoz Hayitboev, Xojixon Boltaev, 
Komiljon Otaniyozov; Buxoro, Samarqanddan Ota Jalol va Ota G’iyos Abdulg’ani, 
Mixail Tolmasov, Domla Halim, Qori Karomat, Tillaboy hofiz, Usta SHodi, Tojixon 
hofiz, Borux Zerkiev; Toshkentdan Mulla To’ychi Toshmuhammedov, Shorahim 
Shoumarov, Inog’om va Ilhom hofizlar, Abdulqahhor, Sultonxon, Yunus Rajabiy, 
Boboxon va Akmalxon So’fixonovlar; Xo’janddan To’raxo’ja hofiz, Abduqayum 
hofiz, Karimjon hofiz, Oalohhon hofiz, Otabola Mirsolih, Mirabdulla, Mirfayoq 
hofizlar; Farg’ona vodiysidan Mamad bobo Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erka qori 
Karimov, Hamroqul qori To’raqulov, Sherqo’zi Boyqo’ziev, Haydarali Hikmatov, 
Berkinboy Fayziev, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, 
Boborahim Mirzaev, Ashurali hofiz, Akbar Haydarov, Ortiqxo’ja Imomxo’jaev, 
Zaynab Polvonova, Rasulqori Mamadaliev singari hofizlar o’zlaridan oldin ijro qilib 
o’tgan 
ustozlarning 
qo’shiqchilik 
san’atini 
davom 
ettirishib, 
an’anaviy 
ijrochiligimizda har birlari bir biriga o’xshamagan ajoyib ijro uslublarini ham 
yaratdilar. Shu bilan birga o’zlari bastalagan asarlari bilan qo’shiqchiligimiz 
xazinasini boyitdilar. Bu borada, ayniqsa, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Matpano ota 
Xudoyberganov, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov, Jo’raxon Sultonov, Yunus 
Rajabiy ijodlari bunga misol bo’la oladi. Sodirxon hofiz ijro etgan "Ushshoq" 
"Ushshoqi Sodirxon" nomi bilan mashhur bo’lib ketgan.
Hoji Abdulaziz bastalagan "Guluzorim" qo’shig’i, Jo’raxon Sultonov bastalagan 
va o’zi ijro etgan Guluzorim qani", "Naylayin" qo’shiqlari, an’anaviy merosimiz 
qatori musiqiy xazinamizdan mustahkam o’rin oldi. Shu o’rinda aytish lozimki, 
musiqiy san’atimiz rivojiga o’zbek bastakorlari va sozandalari o’zlarining ulkan 
hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Yunus Rajabiy, To’xtasin Jalilov, Komiljon 
Jabborov, Imomjon Ikromov, Saidjon Kalonov, Muhammadjon Mirzaev, Muxtorjon 
Murtazaev, Faxriddin Sodiqov, Abduhoshim Ismoilov singari ko’plab bastakorlar 
yaratgan qo’shiq va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi. 
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, an’anaviy qo’shiqchiligimiz guldastasi 
navbatdagi avlod qo’liga o’tdi. Orif hoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
864
http://oac.dsmi-qf.uz


Hotamov, Muhammmadjon Karimov, Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Odiljon 
Yusupov, Fattohxon Mamadaliev, Tavakkal Qodirov, Ro’zimat Jumaniyozov, 
Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Faxriddin Umarov, Eson Lutfullaev, 
Ne’matjon Qulabdullaev, Rahimaxon Mazohidova, Olmaxon Hayitova, Otajon 
Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov, Kamoliddin Rahimov, O’rinboy Nuraliev, 
Jo’raxon Rahimov, Ikromjon Bo’ronov, Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov
Ibrohimjon Ishoqov, Mo’sajon Oripov, Iskandar Qalandarov singari ustoz hofizlar 
shular jumlasidandir. 
Bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirib, ularning izidan borib, qator 
san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ortiq Otajonov, Sherali Jo’raev, 
Xayrulla Lutfullaev, Jo’rabek Nabiev, Alijon Erkaev, G’ulomjon Yoqubov, 
O’lmasqori Rasulov, O’lmas Saidjonov, Munojot Yo’lchieva, Zamira Suyunova, 
Nuriddin Hamroqulov, Maryam Sattorova, Ma’murjon To’xtasinov, Mahmudjon 
Tojiboev, Mahmudjon Yo’ldoshev, Isroiljon va Ismoiljon Vahobovlar, Beknazar 
Do’stmurodov, Qobiljon Yusupov, Solijon Mamatov, Gulbahor Erqulova, Matluba 
Dadaboeva, Mahbuba Hasanova, Hurriyat Isroilova, Nasiba Sattorova, Rahmatjon 
Qurbonov, Abdulhay Karimov, Mashrabjon Ermatov, Erkinjon Ro’zimatov, 
Mahmudjon Azimov, Ahmadjon Dadaev, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, 
Salohiddin Azizboev, Majydxon Saidov, SHarofiddin Ismoilov, O’ktam Ahmedov, 
O’lmas Olloberganov singari hofiz va xonandalar, ustozlar ijrochilik maktabiga 
suyangan xolda, o’zlariga xos ijrochilik yo’llari va uslublari bilan qo’shiqchilik 
xazinasiga xissa qo’shmoqdalar.
Musiqiy madaniyat xalq ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo’lib, uning 
ma’naviy extiyojini barcha davrlarda beminnat xizmat qilgan. Shuning uchun ham 
musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi. Shuning 
uchun dars jarayonida ham sinfdan va maktabdan tashqari vaqtda o’zbek milliy 
an’analarimizga, xususan, mumtoz kuy qo’shiqlarimizga e’tiborimizni qaratishimiz 
lozim. Bunga zamonaviy musiqa ham zarur. Ikkala janrning bir-biriga bog’liqligi 
xam shunda. Inson hayotda yashar ekan, zamon bilan xamnafas yashaydi. Ayniqsa, 
XXI asr texnika davrida zamonaviy texnik vositalarning ko’payishi, unga bo’lgan 
e’tiborning ortishi tabiiydir. Musiqa san’ati rivoji uchun xam zamonaviy, ham 
mumtoz kuylar hamda qo’shiklari kerak. Faqatgina uni to’gri olib borish zarur. 
Yaxshi shoirlar ko’paysa, bastakorlarga ijod keladi. Yaxshi qo’shiq yaratilsa
ko’ngildagi xofizlar, qo’shiqchilar ko’payadi. Dil tortar zamonaviy qo’shiklari ham 
insonga ham dalda beradi, ham tarbiyalaydi. 
Bizga ma’lumki, insonni ma’naviy, axloqiy va ruxiy jixatdan tarbiyalanib 
borishda Musiqa san’atining tutgan o’rni beqiyosdir. Shu o’rinda, zamonaviy va 
mumtoz qo’shiqchilik san’ati ommani o’ziga jalb etishda eng oldingi o’rnida turadi, 
Buning sababi, inson dunyoga kelibdiki, go’dakligidan boshlab ona allasini tinglab, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
865
http://oac.dsmi-qf.uz


voyaga yetib boradi. Birgina manashu allaniag ham zamonaviy, ham xalqona, yani 
barcha onalarimiz o’ziga xos kuylashlari dilga yoqadi. Onalarning alla qo’shigi orqali 
millatning ma’naviyati va ruxiyati shakllanishi bilan birga asta-asta bolada estetik 
histuyg’ular ham yuksalib boradi. 
Bizning o’zbek musiqa san’atimiz o’ziga xosligi bilan bitmas xazinadir. 
Zamonaviy estrada qo’shiklarii ham insonga ruh beradi, ham davolaydi, xam 
tarbiyalaydi. Go’zal mumtoz qo’shiqlari buyuk shoir va bastakorlar tomonidan 
yaralib, inson qalbida joy olib, xalqning ma’naviy mulkga aylanib ketadi. Bu esa 
istedodli san’at axli uchun berilgan ilohiy mo’jizadir.
Hozirda yashab ijod etayotgan qo’shiqchilarimiz mumtoz qo’shiq kuylasalar, 
ba’zi davralarda ularni hurmat qilmaydigan ba’zi yoshlarni ko’rib xayratlanaman. 
Yosh bo’lishiga qaramay, bemalol maqom qo’shiqlarini yuragidan kuylayotgan 
honandalarni ko’rsak dilimiz yayraydi. Namangan shaxrida yashab ijod etayotgan 
Kamoliddin Rahimov xam ana shunday xonandalarimizdan. 
Agar qo’shiqchilarimiz hoh zamonaviy yo’nalishda, hoh mumtoz yo’nalishda 
ijod qilayotgan vaqt mobaynida o’ziga xos yo’llarida ijod qilishsa, og’ishmasa 
xalqning ko’ngliga manzur bo’laverishadi. Aynan ushbu tushunchalarni musiqa 
madaniyati darslarida o’quvchilarga o’rgatib borish bilan birga milliy ijrochilik 
san’atining ko’rgazmalilik uslublarida keng foydalanish zarur.Bulardan Mamad bobo 
Sattorov, Bolta hofiz Rajabov, Erkaqori Karimov, Hamroqul qori To’raqulov, 
SHerqo’zi Boyqo’ziev, Haydarali Hikmatov, Berkinboy Fayziev, Jo’raxon Sultonov, 
Ma’murjon Uzoqov, Abdulla Fayzullaev, Boborahim Mirzayev, Ashurali hofiz, 
Akbar Haydarov, Zaynab Polvonova, M.Azizova X.Oxunova Rasulqori Mamadaliev 
singari hofizlar va O’rinboy Nuraliev, Jo’raxon Rahimov, Ikromjon Bo’ronov, 
Isroiljon Usmonov, Nazirjon Nazarov, Ibrohimjon Ishoqov, singari ustoz hofizlar 
bugungi kunda ustozlar an’anasini davom ettirib, ularning izidan borib, qator 
san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilayottgan Sherali Jo’raev, Jo’rabek Nabiev, 
Munojot Yo’lchiyeva, Nuriddin Hamroqulov, Ma’murjon To’xtasinov, Isroiljon va 
Ismoiljon Vahobovlar, Qobiljon Yusupov, Solijon Mamatov, Matluba Dadaboeva, 
Hurriyat Isroilova, Abdulhay Karimov, Avazbek Mahmudov, Qilichbek Tojiev, 
Salohiddin Azizboev shular jumlasidandir. 
O’zbekistonda yosh avlodni musiqa-ashula san’ati vositalari orqali tarbiyalash 
bo’yicha kattagina muvaffaqqiyatlarga erishildi. Ammo mana shu muxim pedagogik 
jarayonda qator kamchiliklar va hal etilmagan masalalar ham bor. Bizningcha, ular 
quyidagilardan iborat. 
Musiqa ta’lim tizimining maqsadi musiqa tarbiya uchun umumiy xarakterga ega 
bo’lib, estetik barkamol shaxsni shakllantirishdir. Uning vazifalari: musiqaga 
muxabbat hissini, uni tinglash va idrok etish, musiqiy did hamda ehtiyojlarni, 
chinakam musiqa boyligi bilan soxta musikani farqlash iqtidorini shakllantirishdan, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
866
http://oac.dsmi-qf.uz


musiqa hayotiga ishtiyoq va unga ijodiy yo’sinda qo’shilish ko’nikmasini tarkib 
toptirishdan, jamiyatimiz axloqiga xos yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdan, 
go’zallik yaratishga, go’zallik qonunlari bo’yicha yashashga va kishilar bilan o’zaro 
munosabatda bo’lishiga havas uyg’otishdan iboratdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Yo’ldosheva S.X O’zbekistonda musiqa tarbiyasi va ta’limining rivojlanishi. 
Toshkent: 1994.-B. 88. 
2. Ortiqov T. Musiqa o’qitish metodikasi.-Toshkent: Fan, 2010. –B.23. 
3. Asqarov A. O’zbekiston tarixi. Toshkent, 1994. –B.74. 
4. Hamidov Q. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyati tarixi.-Toshkent, 
1996. –B.51. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X
Volume 4 Issue 1 / February 2023
867
http://oac.dsmi-qf.uz

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling