O’rnini qoplash tartibi va usullari, qonunchilikni takomillashtirish muammolari mustafayev Baxtiyor Ulashevich
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
fuqaroning-hayoti-va-sog-ligiga-yetkazilgan-zarar-o-rnini-qoplash-tartibi-va-usullari-qonunchilikni-takomillashtirish-muammolari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 185 w www.oriens.uz April 2022 Fuqarolarimizning hayotini va sog‘lig‘ini asrash, insonning ajralmas huquqi bo‘lgan yashash hamda sog‘lom bo‘lish huquqini ta’minlashda yuqoridagi qonun normalari hamda Fuqarolik kodeksi muhim rol o‘ynaydi. Buni jamiyatimizda yuz berayotgan ko‘plab holatlar misolida ham kuzatish mumkin. Jumladan, BUGUN.UZ saytida 2022 yil 17 fevralda O‘zbekistonda 2021 yilda yo‘l transport hodisalari oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar soni haqida ma’lumot keltirilgan bo‘lib, unda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati YTHlar bo‘yicha taqdim etgan yillik statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yil davomida sodir etilgan yo‘l- transport hodisalari oqibatida 2426 kishi halok bo‘lgan. 2 Gazeta.uz saytida 2021 yil 4 fevralda e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra: Davlat mehnat inspeksiyasi 2020 yilda ishlab chiqarish jarayonlarida baxtsiz hodisalar 607 tani tashkil etganini, bu esa 2019 yilga nisbatan 107 taga ko‘pligini ma’lum qilgan. Oqibatda 693 nafar xodim jabrlangan, shundan 201 nafari halok bo‘lgan. 2020 yil davomida respublikada ushbu ko‘rsatgich 607 tani (107 taga ko‘paygan) tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar 500 ta bo‘lgan. Baxtsiz hodisalar oqibatida 693 nafar xodim jabrlangan. Shundan 201 nafar xodim halok bo‘lgan, 457 nafari og‘ir va 35 nafari yengil tan jarohati olgan. 3 Statistik raqamlardan ham ko‘rinib turibdiki insonlar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish bilan bog‘liq turli xil hodisalar yildan-yilga faqat ko‘payib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida huquqi buzilgan shaxslarning huquqlarini tiklash hamda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash borasidagi murojaatlarining oshib borishiga ham sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi sudlariga fuqaroviy munosabatda fuqaroning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, hayoti, sog‘lig‘iga, mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash bilan bog‘liq kelib tushgan ishlarni tahlil qilganimizda: 2019 yilda 269 ish ko‘rib tamomlangan bo‘lib shundan 183 tasi qanoatlantirilgan. 2020 yilda 671 ta ish ko‘rib tamomlangan bo‘lib shundan 459 tasi qanoatlantirilgan. Majburiyat huquqiy munosabat hisoblangan fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar va uning kelib chiqish sabablari, sub’ektlari, jabrlanuvchi va zarar yetkazuvchining huquqiy holatlari, zararni qoplashning maqsadi alohida o‘ziga xoslikka ega. 2 Ўзбекистонда 2021 йилда йўлтранспорт ҳодисалари оқибатида неча киши ҳалок бўлгани маълум қилинди. 17.02.2022 й. https://bugun.uz/2022/02/17/ozbekistonda-2021-yilda-yol-transport-hodisalari-oqibatida-necha-kishi- halok-bolgani-malum-qilindi/ 3 2020 йилда ишлаб чиқаришдаги бахтсиз ҳодисалар сони ошди 04.02.2021 й. https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/04/incident/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling