Orol dengizi. Kecha va bugun orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda balikchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi


Orol dengizining sharqiy qismi to‘liq yo‘qoldi


Download 0.71 Mb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#223832
1   2
Bog'liq
Orol dengizining ekologik ahvoli.

Orol dengizining sharqiy qismi to‘liq yo‘qoldi

AQShning Milliy aerokosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA)ning Earth Observatory sayti Orol dengizining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan yangi fotosuratlarini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashriga asoslanib, “Kun” xabar berdi.




Orol dengizi 2014 yil avgustida (qora chiziq bilan qirg‘oqning 1960-yilgi taxminiy chizig‘i ko‘rsatilgan). Foto: earthobservatory.nasa.gov / Gazeta.uz



“Gazeta.uz”ning yozishicha, bu fotosuratlarda Janubiy Orol dengizining sharqiy qismi to‘liq qurib qolganini ko‘rish mumkin. Nashrning qayd etishicha, bunday holat tarixda ilk bor kuzatilmoqda.

Orol dengizi 2000 yil avgustida. Foto: earthobservatory.nasa.gov / Gazeta.uz

Earth Observatory’ning eslatishicha, dengizning bu qismidagi suv sathi, yog‘ingarchilik miqdoriga qarab, yildan-yilga o‘zgarib turadi. Xususan, 2009-yili Janubiy Orolning sharqiy qismi deyarli qurigan, biroq 2010-yilda yana suv qaytgandi.



Orol dengizi 1964-yil avgustida. Foto: earthobservatory.nasa.gov / Gazeta.uz

G‘arbiy Michigan universitetining Orol dengizini o‘rganishga ixtisoslashgan mutaxassisi, geograf Filip Miklinning qayd etishicha, dengizning bu qismi bu yil qurib qolishiga Pomir tog‘lariga kam miqdorda yomg‘ir va qor tushib, Amudaryodagi suv oqimining sezilarli kamayishi sabab bo‘lgan.



Bundan tashqari, ko‘p miqdordagi suv hali hamon irrigatsiya maqsadlarida foydalanilmoqda.



Mavzu: OROL FOJIASI.

KECHA VA BUGUN



Bajardi:_______________________




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling