Orol dengizi muammosi va uni xal qilish


Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari


Download 88 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi88 Kb.
#1615473
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OROL DENGIZINING FOJEASI

3. Mamlakatda mavjud mineral resurslar, ularning geografiyasi, ahamiyati, zaxiralari.
«O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan xaqli suratda faxrlanadi bu yerda mashhur Mendeleev davriy sistemasining barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo’lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig’i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral - xom ashyo potentsial 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak.
G’oyat muhim strategik manbalar - neft va gaz kondensanti, tabiiy gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 dan ortiq, rangli, nodir radioaktiv metallar bo’yicha 40, konchilik - kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan».
O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i sal kam 10 foizni, tabiiy gaz salmog’i - 85 foizdan ortiqni, ko’mirning salmog’i salkam 5 foizni tashkil etadi. Respublika sanoati yalpi mahsulotida yoqilg’i energetika kompleksining salmog’i 1999 yilda 28,9 foizni tashkil etdi va 1995 yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi.
O’zbekistonda 1999 yilda 8,1 mln tonna neft (gaz kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy gaz va 2,8 mln tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi. O’zbekiston hududida ulkan neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo’lib, ularning ayrimlari asosida yirik konlar ochilgan. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin, bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi – g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSh dollaridan ziyod baholanmoqda”.
Yuqoridagilardan Buxoro-Xiva va Farg’ona mintaqalari neft hamda gazga ham boy. Ustyurt va Janubiy Hisor mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan.
O’zbekistondagi neft va gaz konlari yirik geostrukturali birliklar ichida joylashgan bo’lib, ularning ichida Amudaryo, Ustyurt, G’arbiy Farg’ona va Janubi-g’arbiy Hisor platformalari va orogen hududlari alohida o’rin egallaydi.
O’zbekistonda ko’mir zahiralari katta, lekin ularning asosiy qismini energetik yoqilg’i hisoblangan - qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Respublikada yirik qo’ng’ir ko’mir koni Angren shahri yonida joylashgan bo’lib, yoqilg’i yura qatlamlarida mavjud. Ko’mir ochiq kar’er usulida qazib olinadi. Zahirasi 2 mlrd tonnaga yaqin.
Ko’mirning boshqa ikki koni Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir qatlamlari qalin emas. 1990 yillardan keyingi davrda ko’mir qazib chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln tonnani tashkil qildi, xolos. Vaholanki, respublikaning ko’mirga bo’lgan extiyojlari yiliga 8-9 mln tonnani tashkil etadi. Bunday holat tarmoqni rivojlantirishga bo’lgan e’tiborning yetarli emasligidan dalolat bermoqda. Ana shunga o’xshash muammolarni ijobiy xal qilish maqsadida 1994 yillarda «Ko’mir» aktsionerlik birlashmasi tuzildi.
Mamlakatmiz metall qazilmalarga ayniqsa, rangli metallar rudalariga boy. Bu o’rinda oltin, kumush, qo’rg’oshin, ruh, mis hamda yer bag’rida kam uchraydigan metallar zahiralari juda katta ekanligini aytib o’tish zarur.
Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metal konlari qidirib topilgan.
Qimmatbaho rangli va radioaktiv metallar tarkibida birga uchraydigan foydali komponentlar sifatida kamyob va nodir elementlarning kattagina miqdordagi zahiralari jamlanganki, bu ularning qiymatini ancha oshiradi.
Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va shu guruhlarga kiruvchi boshqa eng muhim foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish istiqbollari bo’yicha nafaqat MDҐ mamlakatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Masalan, oltinning tasdiqlangan zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-o’rinda, uni qazib chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi.
O’zbekiston dunyoda ulkan oltin resurslariga ega bo’lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, 41 ta oltin koni, shu jumladan 33 ta oltin-ma’dan koni qidirib topildi. Yevrosiyo qit’asida eng yirik hisoblangan Muruntov koni jahondagi ulkan konlar qatoriga kiradi.
Samarqand viloyatida oltin ma’danli Zarmiton va boshqa oltin konlari axtarib topildi. Shu konlarni o’zlashtirishni jadallashtirish bo’yicha o’tkazilayotgan tenderda dunyoda katta nufuzga ega bo’lgan Avstraliya kompaniyasi g’olib deb topildi. Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinida infratizimi yuksak darajada rivojlangan Qizilolmasoy va Ko’chbuloq konlari topildi. Endilikda, ushbu konlarda cheklangan hajmda qazib chiqarish ishlari olib borilmoqda. Ana shu konlarni o’zlashtirish bo’yicha o’tkazilgan xalqaro tenderda mashhur Yaponiya kompaniyalari g’olib chiqishdi. Keyingi yillarda jahondagi eng yirik oltin rudali mintaqa Qizilqumda Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristantov, To’rboy singari yangi konlar qidirib topilmoqda va o’rganilmoqda.
O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy viloyatida Visokovoltnoe, O’qjetpes va Kosmonachi konlari ishlatishga tayyorlab qo’yilgan. Namangan viloyatida Oqtepa koni o’rganilmoqda.
O’zbekistonda uranning mineral xom ashyo bazasi vujudga keltirilgan, uning negizida Navoiy kon metalurgiya kombinatining bir qator korxonalari ishlab turibdi. Uranning qidirib chamalangan zahiralari qumtoshga taalluqli bo’lib, ularni yuqori samarali va ekologik jihatdan muxofazalangan yer ostida ishqorini yuvish usuli yordamida qazib olish mumkin.
Respublikamiz Uchquloch va Xondiza konlarida jamlangan qo’rg’oshinning ko’plab zahiralariga ega. Xondizada qo’rg’oshin va ruh bilan birga mis, kumush, kadmiy, selen, oltin ham mavjud.
Markaziy Qizilqumda fosforit konlari qidirib topilgan bo’lib, ular kimyo va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari uchun qimmatli xom ashyo, qishloq xo’jaligi uchun o’g’it ishlab chiqarish imkonini beradi.
Orol dengizi va unda yondosh hudud O`rta Osiyo mintaqaviy ijtimoiy ekosistemasining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 47 ming km2 aholi soni 3 mln kishidan ortiqroq. Sovet hokimyati yillarida ilgari ko`chmanchi chorvachilik va sug`oriladigan dehqonchilik mavjud bo`lgan. Orol buyi jadal sug`orishga asoslangan ko`p tarmoqli qishloq xo`jalik ishlab chiqarish o`lkasiga aylandi. 1950 yil Orol xavfzasida 2,9 mln gektar yer sug`orilardi. Hozirga kelib sug`oriladigan yer maydoni 7 mln ga yetdi.
Bu yerlar ittifoqda jami paxtaning 95 foizini, sholining 40 foizini, meva va uzumning uchdan dan bir qismini beradi. Orolning suv tizimi normaga yaqin bo`lgan davrga nisbatan har yili qishloq xo`jalik ishlab chiqarish hajmi 3,8 dan 15,8 mln gacha o`sib bordi. Aholi tez ko`payishiga qaramay jon boshiga daromad 1,8 marta oshdi.
Orol dengizi qit’a ichkarisidagi suvi oqib chiqib ketmaydigan tuzli hamda dengiz va ko`p xislatlariga ega suv havzasidir. U Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalarning tropic cho`llari tashqarisida joylashgan . Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suv yetkazib beradi.
Dengiz suv holati bir tomondan yuqori fikr etilgan daryolarning suv keltirishi, ikinchi tomondan suv yuzasidagi bug`lanishlar bilan yuzaga keladi. Bu holatlar iqlimiy geotektonik va antropogen omillar dengizning morfologik jihatlari bilan bog`liq 60 yillargacha Orol dengizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga tutashuvchi suvlari (yiliga 56 km3) va yog`in-sochin suvlari (9 km3) dengiz yuzasidan bug`lanadigan suv hajmini 65 km3 qoplardi. Bunda suv hafzasi maydoni 67 ming km2 ni hajmi 1064 km2 ni eng chuqur joyi 69 metrni tuzlanish darajasi 9,6 – 10,3 % ni tashkil etardi. Keyingi 10 yilliklar mobaynida sug`orish va sanoatni rivojlantirish uchun lqaytarilmas suv iste’molining o`sishi shuningdek qator yillardagi qurg`oqchilik Orol dengiziga daryo suvlari quyilishining asta-sekin kamayishiga hatto butunlay to`xtab qolishga olib keladi. 90 yillar boshlariga kelib dengizning sathi 38 metrgacha pasaydi, suv hajmi 400 km3 gacha kamaydi. Minerallashuv 21 gr/l ga ko`paydi. Paxta maydonlarini sug`orish uchun suvdan bejtartib foydalanish keyingi yillarda orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlarining keskin qisqarishiga olib keldi.
Dengiz sathi 14 metardan ziyod pasaydi, suv maydoni 60 yillar boshlaridagiga nisbatan uchdan birga kamaydi. Suv hajmi 60 % ga kamaydi. Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida daryolari suvining sifati yomonlashdi. Iste’molga deyarlik yaramay qoldi. Yerlari qurg`oqlashib sho`rlanmoqda. Ekologik sistemasi hayvonot va o`simlik dunpyosi chuqur inqirozga uchramoqda. Sug`oriladigan yerlarning tuproq unumdorligi pasaymoqda. Natijada odamlar salomatligi uchun xavfli ekologik va sanitar epidemiologic vaziyat vujudga kelmoqda.
Hozir (1985-90) Orol dengizining qurib qolgan tubi 26 ming km2 ga cho`zilgan. Ana shu maydondan Orol dengizining hamma tomonga million tonnaga yaqin qum va chang uchib boradi. Keyingi yillarda iqlim ancha yomonlashdi. Yoz issiq qish esa juda sovuq bo`la boshladi. Changli bo`ronlar soni ko`paydi. Kasalga chalinish darajasi ayollar va bolalarda ko`tarildi, o`lim ham ko`paydi. Orol dengizining chekinishi natijasida paydo bo`lgan qurin qaqshab yotgan yerlar shamol ko`taradigan chang to`zon va tuzlar o`chog`idir. Chang-to`zon 200 km dan ham uzoqqa yetib boradi. Atmosferaga har yili 15 mln tonnadan 75 mln tonnagacha chang ko`tariladi. Keyingi yillarda O`zbekiston olimlari Orol dengizining qurigan [tubini tadbiq qildilar. Ayro faza materiallaridan keng foydalanildi, ayrosuratlarga olish o`tkazildi. Amudaryo deltasi asosan yumshoq qumloq yer va alyuvial (daryo suzlari oqizib kelgan) jinslardan tashkil topgan, kam sho`rlangan. Bu yerda shamol va suvdan yemirilish uyg`unlashib, o`nqir-cho`nqir murakkab relf hosil qiladi. Mustahkamalangan qumloq maydonlarda ko`p yillik o`simliklar – saksovul, yulg`un, to`qay nihollari va boshqalar yaxshi rivojlanmoqda. Orolning sharqiy qismidagi 1 mln gektarli oqtepa arxepalegi tuzlar to`planishining eng yirik manbayidir. Bu arxepelak qizilqum shimoliy sharqiy qismining davom etib kelgan past baland va ariqsimon qumlaridan shakllangan. Balandligi 10-15 metr.
Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelifi qatlamlar litalogiyasi ko`rib borishning jadalligi va yer osti suvlarinign chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galageo kimyoviy jarayonlarning uzoq davomli bosqichi o`tadi.
Orol mintaqasi ijtimoiy ekologik buxronning sabablari.
1. Ko`p suv talab qiladigan ishlab chiqarishga mo`ljallangan rivojlantirish, joylashtirish va ularning xomashyo xarakteri.
2. Qishloq xo`jaligi ekinlarining ekologik jihatdan asoslanmagan tuzilmalari joriy qilinishi.
3. Bir qator xollarda yerlarni kengaytirish va sug`orish ishlari sifatida e’tibor bermay hosildorlikni past melioratsiyalash qiyin bo`lgan zaminlash o`zlashtirilgan.
4. Ayrim hollarda sug`orish tizimlarini loyixalashtirish, qurish ishlari sifatsiz bajarildi.
5. Sug`orish me’yorlari ko`p hosildorlikka erishishni o`ylab yetarli asoslanmagan holda belgilandi.
6. Aholi hayot kechirish sifati yaxshilashga qaratilgan butun xo`jalik siyosiy faoliyatining ijtimoiy mo`ljallari kuchsiz edi.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling