Orol dengizi qurigan tubining hozirgi ahvoli Reja
Download 19 Kb.
|
1 2
Bog'liqorol dengizi qurigan tubining hozirg
Aim.Uz Orol dengizi qurigan tubining hozirgi ahvoli Reja: Orol va Orol buyi muammosi. Ekologik vaziyat keskinlashishining asosiy omillari. Orol dengizi ]qurigan tubining hozirgi ahvoli. Orol mintaqasi ijtimoiy ekologik buxroning sabablari. Orol va Orol buyi muammolarini hal etish yo`llari. Mana Orol qurib bormoqda essiz Topolmay yetibmiz dardiga chora O`zi zuv dardiga topolmay davo Bizdan yordam so`rar Orol bechora. Uyg`un Orol dengizi va unda yondosh hudud O`rta Osiyo mintaqaviy ijtimoiy ekosistemasining shimolida joylashgan. Umumiy maydoni 47 ming km2 aholi soni 3 mln kishidan ortiqroq. Sovet hokimyati yillarida ilgari ko`chmanchi chorvachilik va sug`oriladigan dehqonchilik mavjud bo`lgan. Orol buyi jadal sug`orishga asoslangan ko`p tarmoqli qishloq xo`jalik ishlab chiqarish o`lkasiga aylandi. 1950 yil Orol xavfzasida 2,9 mln gektar yer sug`orilardi. Hozirga kelib sug`oriladigan yer maydoni 7 mln ga yetdi. Bu yerlar ittifoqda jami paxtaning 95 foizini, sholining 40 foizini, meva va uzumning uchdan dan bir qismini beradi. Orolning suv tizimi normaga yaqin bo`lgan davrga nisbatan har yili qishloq xo`jalik ishlab chiqarish hajmi 3,8 dan 15,8 mln gacha o`sib bordi. Aholi tez ko`payishiga qaramay jon boshiga daromad 1,8 marta oshdi. Orol dengizi qit’a ichkarisidagi suvi oqib chiqib ketmaydigan tuzli hamda dengiz va ko`p xislatlariga ega suv havzasidir. U Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalarning tropic cho`llari tashqarisida joylashgan . Dengizga Amudaryo va Sirdaryo suv yetkazib beradi. Dengiz suv holati bir tomondan yuqori fikr etilgan daryolarning suv keltirishi, ikinchi tomondan suv yuzasidagi bug`lanishlar bilan yuzaga keladi. Bu holatlar iqlimiy geotektonik va antropogen omillar dengizning morfologik jihatlari bilan bog`liq 60 yillargacha Orol dengizi nisbatan barqaror edi. Amudaryo va Sirdaryoning unga tutashuvchi suvlari (yiliga 56 km3) va yog`in-sochin suvlari (9 km3) dengiz yuzasidan bug`lanadigan suv hajmini 65 km3 qoplardi. Bunda suv hafzasi maydoni 67 ming km2 ni hajmi 1064 km2 ni eng chuqur joyi 69 metrni tuzlanish darajasi 9,6 – 10,3 % ni tashkil etardi. Keyingi 10 yilliklar mobaynida sug`orish va sanoatni rivojlantirish uchun lqaytarilmas suv iste’molining o`sishi shuningdek qator yillardagi qurg`oqchilik Orol dengiziga daryo suvlari quyilishining asta-sekin kamayishiga hatto butunlay to`xtab qolishga olib keladi. 90 yillar boshlariga kelib dengizning sathi 38 metrgacha pasaydi, suv hajmi 400 km3 gacha kamaydi. Minerallashuv 21 gr/l ga ko`paydi. Paxta maydonlarini sug`orish uchun suvdan bejtartib foydalanish keyingi yillarda orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryo suvlarining keskin qisqarishiga olib keldi. Dengiz sathi 14 metardan ziyod pasaydi, suv maydoni 60 yillar boshlaridagiga nisbatan uchdan birga kamaydi. Suv hajmi 60 % ga kamaydi. Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimlarida daryolari suvining sifati yomonlashdi. Iste’molga deyarlik yaramay qoldi. Yerlari qurg`oqlashib sho`rlanmoqda. Ekologik sistemasi hayvonot va o`simlik dunpyosi chuqur inqirozga uchramoqda. Sug`oriladigan yerlarning tuproq unumdorligi pasaymoqda. Natijada odamlar salomatligi uchun xavfli ekologik va sanitar epidemiologic vaziyat vujudga kelmoqda. Hozir (1985-90) Orol dengizining qurib qolgan tubi 26 ming km2 ga cho`zilgan. Ana shu maydondan Orol dengizining hamma tomonga million tonnaga yaqin qum va chang uchib boradi. Keyingi yillarda iqlim ancha yomonlashdi. Yoz issiq qish esa juda sovuq bo`la boshladi. Changli bo`ronlar soni ko`paydi. Kasalga chalinish darajasi ayollar va bolalarda ko`tarildi, o`lim ham ko`paydi. Orol dengizining chekinishi natijasida paydo bo`lgan qurin qaqshab yotgan yerlar shamol ko`taradigan chang to`zon va tuzlar o`chog`idir. Chang-to`zon 200 km dan ham uzoqqa yetib boradi. Atmosferaga har yili 15 mln tonnadan 75 mln tonnagacha chang ko`tariladi. Keyingi yillarda O`zbekiston olimlari Orol dengizining qurigan [tubini tadbiq qildilar. Ayro faza materiallaridan keng foydalanildi, ayrosuratlarga olish o`tkazildi. Amudaryo deltasi asosan yumshoq qumloq yer va alyuvial (daryo suzlari oqizib kelgan) jinslardan tashkil topgan, kam sho`rlangan. Bu yerda shamol va suvdan yemirilish uyg`unlashib, o`nqir-cho`nqir murakkab relf hosil qiladi. Mustahkamalangan qumloq maydonlarda ko`p yillik o`simliklar – saksovul, yulg`un, to`qay nihollari va boshqalar yaxshi rivojlanmoqda. Orolning sharqiy qismidagi 1 mln gektarli oqtepa arxepalegi tuzlar to`planishining eng yirik manbayidir. Bu arxepelak qizilqum shimoliy sharqiy qismining davom etib kelgan past baland va ariqsimon qumlaridan shakllangan. Balandligi 10-15 metr. Orol dengizi tubining qurigan doirasi mikrorelifi qatlamlar litalogiyasi ko`rib borishning jadalligi va yer osti suvlarinign chuqur yoki yuza joylashganligiga qarab galageo kimyoviy jarayonlarning uzoq davomli bosqichi o`tadi. Orol mintaqasi ijtimoiy ekologik buxronning sabablari. Ko`p suv talab qiladigan ishlab chiqarishga mo`ljallangan rivojlantirish, joylashtirish va ularning xomashyo xarakteri. Qishloq xo`jaligi ekinlarining ekologik jihatdan asoslanmagan tuzilmalari joriy qilinishi. Bir qator xollarda yerlarni kengaytirish va sug`orish ishlari sifatida e’tibor bermay hosildorlikni past melioratsiyalash qiyin bo`lgan zaminlash o`zlashtirilgan. ayrim hollarda sug`orish tizimlarini loyixalashtirish, qurish ishlari sifatsiz bajarildi. sug`orish me’yorlari ko`p hosildorlikka erishishni o`ylab yetarli asoslanmagan holda belgilandi. Aholi hayot kechirish sifati yaxshilashga qaratilgan butun xo`jalik siyosiy faoliyatining ijtimoiy mo`ljallari kuchsiz edi. Download 19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling