Orol muammosi haqida ba’zi mulohazalar1
Download 25.27 Kb.
|
bahtiyorov asadbek
OROL MUAMMOSI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR1 O’z davrida dunyoning eng yirik ko’llarida qatorida kattaligi jihatidan to’rtinvhi o’rinda turgan esa, o’zining suv sarhadlaridan mahrum bo’lib, chalajon holga tushib, bugun dunyoning eng yosh cho’liga aylandi. Orol dengizi suv sarhadlarining qisqarib, suvlardan bo’shab qolgan sarhadlarda minglab chaqirim qum-tuz maydonlarining vujudga va ularning chang-to’zon aralashmasi orqali havoga ko’tarilib bugun dunyoning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda: u yerlardan ko’tarilgan chang-tuz aralash to’zonlar O’rta Osiyo tog’lariga ko’tarilib, ular natijasida tog’lardagi muz-qorlar erimoqda, bundan tashqari chang-to’zonlar Shimolga tomon uchib oq ayiqlar hayotiga ham xavf solmoqda. Orol muammosi haqida so’z yuritishdan oldin uning tarixi haqida ba’zi ma’lumotlar bilan tanishsak. Orol dengizi Tan sulolasi davrida Xitoy imperiyasining gʻarbiy chegarasining bir qismi boʻlgan. Hofizi Abru kabi musulmon geograflari 1417-yilda Amudaryoda ham, Sirdaryoda ham burilishlar tufayli Orol dengizining yoʻqolib ketgani haqida yozganlar. Rus ekspeditsiyasi Aleksey Butakov 1848-yilda Orol dengizining birinchi kuzatuvlarini o'tkazdi va uni birinchi bor xaritaga tushirdi. Birinchi paroxod uch yildan so'ng Orol dengiziga yetib keldi. Uni azaldan Amudaryo va Sirdaryo daryolari suv bilan ta’minlab keladi. Aholining Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan sug’orish ishlarida foydalanganidan ortgan suvlari Orolga borib quyilgan. Biroq bu ikki daryo gohida o’z yo’nalishlarini Kaspiy dengizi tomon burib turgan, ana shu davrlarda Orol dengizi hududlari keskin qisqarib, ba’zida qurishgacha ham brogan. Uning maydoni o’rtacha hisoblaganda 68000 km.kv. ni tashkil qiladi2. Bu esas bugungi kunda Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarining birgalikdagi hududlaridan ham katta deganidir3. Dengiz akvatoriyasiga yiliga 82–176 mm yogʻin yogʻadi. Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km³ yer osti suvlari qoʻshilib turgan. Mutlaq dengiz sathi 2000-yillarning boshlarida 31 m gacha pasayib ketdi. 2001-yilda Buyuk Orol dengizi (Janubiy) Gʻarbiy va Sharqqa boʻlingan. 2003-yilda dastlabki maydonning toʻrtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan. Bugungi kunda eski chuqur dengiz oʻrniga umumiy maydoni 38000 km.kv. boʻlgan yangi qum va tuzli choʻllar mavjud. Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun iqlimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida oʻzgarib turgan. Misol tariqasida aytish mumkinki, 1785-yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835-50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan. Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-san, baliqchilik bilan va, qisman, chorvachilik, ondatra4 urchitish va sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan baliq ovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun posyolkasida (sharqiy sohil), Uyali va Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Orol dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻliqligidan, bu ikki daryo suvi sug’orishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi natijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan quyiladigan suv miqdori yildan yilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi jadal surʼatlarda pasaya boshladi. Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: birinchisi — kichik va sayoz shimoliy qismi (shoʻrligi – 8-13g/l); ikkinchisi — nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz sharqiy qismi (shoʻrligi – 69-72 g/l); uchinchisi — eng chuqur hisoblangan gʻarbiy qismi (shoʻrligi - 68-69 g/l). Rossiya konferensiyasi Orol dengizi qurishi sekinlashganini xulosa qilib uni shu holatda saqlashga chaqirdi5. Orol muammosi bugun dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov rahbarligida 1996-yilda Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi tashkil etilgan va bir qancha samarali ishlar amalga oshirilgan. Bugunda ham O’zbekiston Orolni qutqarish ishlarini izchil davom ettirib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‘ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko‘tarilmoqda. Bu esa, Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Bu fojianing oqibatlarini yumshatish, kelgusida insoniyatni bunday ofatlardan ogoh etish uchun barcha choralarni ko‘rishimiz kerak. Bu borada tabiat bilan uyg‘un bo‘lishga intilib yashagan ajdodlarimizning tajribasiga tayangan holda, Orolboyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e’lon qilish boyicha BMT Bosh Assambleyasining rezolutsiyasini hayotga tatbiq etish borasida quyidagi tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim: Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 500 ming gektar yashil maydonlar barpo etib, ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish; Orolboyida xalqaro “Yashil iqlim” va “Global ekologik jamg‘arma”larning bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish; xonadon, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharlarda yo‘l boylari va dala chetlariga har yili kamida 200 million tup daraxt ekish, hududlarimiz iqlimiga mos ko‘chatlarni yetishtirish, sug‘orish hamda parvarish qilish tizimi asosida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berish; daraxtlarni noqonuniy kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilib, parklar va “yashil zonalar” hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatishni qat’iyan taqiqlash. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda “yashil hududlar”ni ko‘paytirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi. Kelgusi besh yilda Orolning qurigan hududida yana 1 million gektar o‘rmonzor va butazorlar barpo etiladi. Natijada Qoraqalpog‘istonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni 4 million gektarga yetkaziladi6. Ma’lumki, 2021-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan Orolboyi mintaqasi “Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb e’lon qilindi. Aynan shu va shu kabi ishlar “Orol muammosi” Xalqaro muammo ekanligini ko’rsatib turibdi. Orolboyi hududida sog‘liqni saqlash, ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, yoshlar tadbirkorligi, ayollar bandligi yo‘nalishlaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi Trast jamg‘armasiga jami 1 milliard dollar grant va imtiyozli kreditlar jalb qilinadi. Orolning qurishi keltirib chiqargan eng asosiy muammolardan biri bu: aholi yashash sharoitining og’irlashganligi, shuningdek, aholi salomatligining keskin yomonlashgani bo’ldi. Jumladan, 1986-yilda bolalar o’limi har ming kishiga 71,5 kishini tashkil qilar, bu esa ayrim tumanlar hisobida 90–113 % ni tashkil qilardi. Buyrakka tosh yig’ilishi kasalliklari 10, oshqozon-ichak kasalliklari 3 baravar ko’paydi. Yuqumli kasalliklar bilan, ayniqsa, sil bilan kasallanganlar soni 80-yillarda 2 martaga oshib ketgan7. Bundan tashqari Orol bo’yida joylashgan shaharlar: Qo’ng’irot, Mo’ynoq kabi shaharlar aholisi azalda baliqchilik bilan shug’ullanib kelgan, Orolning qurishi natijasida ular ishsiz qolib, ijtiomiy ahvoli yomonlashdi. Ularning aksariyati ko’chib ketdi yoki davlat ijtimoiy muhofazasiga olindi. “Orol fojeasi” so’ngi yillarda insoniyatning tabiatga bo’lgan shavqatsiz munosabati mahsulidir. Buning jabrini endi butun insoniyat totishga majbur. Biz –bugungi avlodning vazifamiz – Orolni qutqarishdir. Hech bo’lmaganda uni o’z holicha saqlab qolgan holda, u yerni qutqarishga harakat qilishdir. 1 102-guruh talabasi Baxtiyorov Asadbekning O’zbekistonda amalga oshirilgan islohotlarning nazariy konseptual masalalari fanidan yozgan maqolasi 2 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi 3 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qashqadaryo_viloyati 4 Dala sichqonlari oilasiga mansub kemiruvchi. Mo’ynasi uchun ko’paytiriladi va ovlanadi. 5 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Orol_dengizi 6 Mirziyoyev Shavkat. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To’ldirilgan ikkinchi nashri. – T: O’zbekiston nashriyoti. 298-300 b. 7 O’zbekiston tarixi II qism. Q. Rajabov va boshqalar. O’zbekiston NMIU. Toshkent. 156-160 b. Download 25.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling