O‘rolava Gulshod Tolliboyevnaning “ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars o‘tishda didaktik o‘yinlardan foydalanish”


Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash. Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni


Download 317.5 Kb.
bet2/2
Sana20.09.2020
Hajmi317.5 Kb.
#130439
1   2
Bog'liq
Boshlang`ich sinflarda in


Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash. Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni;

Bilishi kerak:

  • atamalar: nuqta, kesma, doira, kvadrat, uchburchak, ko‘pburchak, uzunlik, santimetr, detsimetr, metrni;

  • ishora (belgi): sm (santimetr), dm (detsimetr), m(metr), kg (klogramm)ni.

Uddalay olishi kerak:

  • kesma uzunligini chizg‘ich yordamida o‘lchash, kesma uzunligini santimetrlarda, detsimetrlarda, detsimetr va santimetrlarda yozishni;

  • chizg‘ich yordamida berilgan uzunlikdagi kesmani chizishni;

  • rasmlardan, modellardan, atrofdagi narsalardan eng sodda geometrik shakllar uchburchak, doira, kvadrat, ko‘pburchak, kesmalarni topa olish; bu shakllarni bir-biridan farqlashni;

___qismlardan geometrik shakllarni tuzishni, shakllarni qismlarga ajratishni.

2-Sinf uchun matematikadan asosiy ta`lim dasturi mazmuning me`yorlari.

Son va hisoblashlar

  1. ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘hish va ayirish (takrorlash).

  1. ichida bir xonali sonlarni o‘nlik orqali o‘tib qoshish va ayirish.

  1. ichida sonlarni xona birliklari orqali o‘tib og‘zaki va yozma qo‘shish hamda ayirish usullari.

Qo‘shish va ayirish amallarining tarkibiy qismlari va natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanish (noma`lum tarkibiy qism) ni topish.

Yig‘indi va qoldiqni topishga oid, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish)ga, ayirmali taqqoslashga oid, noma`lum qo‘shiluvchini, noma`lum ayriluvchini, noma`lum kamayuvchini topishga oid sodda masalalarni yechish.

Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shishga oid, sonni orttirish (kamaytirish)ga, yig‘indi va qoldiqni topishga oid, ayirmani va yig‘indini (arifmetik amallar va ifoda tuzish bilan) topishga oid tarkibli masalalarni yechish

Vaqtni (bir soat ichida) topishga (hisoblashga) oid sodda masalalar yechish.

0, 1, 10 sonlari ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lish.

Jadval ichida ko‘paytirish va bo‘lish.

Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish; sonlarni bo‘lish yordamida taqqoslash.

Sanoq sonlarni ayirmali va karrali taqqoslashga doir, sonlarni bir necha birlik bir necha marta orttirish (kamaytirish)ga oid; baho, miqdor va qancha turishini topishga doir, bitta narsaning massasini, narsalar sonini hamda narsaning massasini topishga doir sodda masalalarni, birlikka keltirishga oid tarkibli masalalar echish.

Amallardan biri ko‘paytirish yoki bo‘lish amali bo‘lgan ikki amalli tarkibli masalalarni echish.

Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash

- O‘zlari ega bo‘lgan hayotiy tajribalarini sestemalashtirish va geometrik shakllar atrof muhitdagi buyumlarning obrazi ekanini tushunib yetish;

- turli-tuman geometrik shakllar (burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, doira) bilan tanishish, mos atamalarni bilish va qo‘llay olish, bu shakllarni aniqlay olish, ularning ba`zi xossalari bilan tanishish;

- har xil ko‘pburchaklarning perimetrlarini topishni o‘rganish;

- yuz o‘lchov birligi – kv. sm (kvadrat santimetr) bilan tanishish, ko‘pburchakning yuzini topishga o‘rganish.

Tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar

Son va hisoblashlar

Matematikani o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni;

Bilishi kerak:

- atamalar: qo‘shiluvchi, yig‘indi, kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma, ifoda, ifodaning qiymati, ko‘paytirish, ko‘paytuvchi, ko‘paytma, bo‘lish, bo‘linuvchi, bo‘linma, ...marta kam, ...marta ortiq;

- ishora (belgi) va belgilashlar, ∙(ko‘paytirish belgisi), : (bo‘lish belgisi), x (iks)ni;

- bir xonali sonlarni qo‘shish jadvali va ayirishning shunga mos hollari (avtomotizm darajasiga yetkazilgan ko‘nikmalar)ni;

- 2-3 amalli ifodalarda, chunonchi, qavsli ifodalarda amallarni bajarish tartibi.

Uddalay olishi kerak:

- 100 ichida sonlarni og‘zaki qo‘shish va ayirishni o‘rganilgan usullar asosida bajarishni;

-100 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirishni ustuncha shaklida yozish bilan hisoblay olishni;

- ko‘paytirishning asosiy xossasini ifodalash va uni hisoblashlarda qo‘llay olishni:

- bir o‘zgaruvchili ifodaning qiymatini shu o‘zgaruvchining berilgan qiymatlarida hisoblab topishni, sodda masalalarni tanlash va amallar komponentlari orasidsagi bog‘lanishlar asosida yechishni:

- o‘rganilgan xildagi 1-2 amalli matnli masalalarni yechishni.



Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni:

Bilishi kerak:

- atamalar: to‘g‘ri burchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, aylana markazi, aylana radiusi.

- belgilashni: mm (millimeter), kvadrat santimetr (kv.sm)

Uddalay olishi kerak:

- sirkuldan foydalanib, aylana va doira chizishni;

- ko‘pburchak perimetrini topishni.

3- Sinf uchun matematikadan asosiy ta’lim dasturi mazmunining me’yorlari.



Son va hisoblashlar

  1. ichida natural sonlar haqida tasavvurga ega bo‘lish, sonlarning natural qatori qurilishi o‘ziga xos xususiyatlarini tushinib yetish

Sonlarning o‘nlik yozuvi prinsipini egallash.

Rimcha raqamlash va undan foydalanish haqida tasavvurga ega bo‘lish.



  1. ichida sonlarni qo‘shish va ayirishning (yozma va og‘zaki) barcha hollari bilan bog‘liq usullarini egallash.

  1. ichida sonlarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullarini egallash.

Nollar bilan tugaydigan sonlarni bir xonali sonlarga, yaxlit o‘nliklarga va yaxlit yuzliklarga ko‘paytirish va bo‘lish usullarini egallash.

Sonning qoldiqli bo‘lishni bajarishni o‘rganish.

Uch xonali sonni bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lishning yozma usullarini egallash.


    1. amalni o‘z ichiga olgan (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarning bajarilish tartibi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish.

x+123=140, x-436=152, x·4=140 , 810–x=135 ko‘rinishdagi tenglamalarni (tanlash usuli va berilgan hamda izlanayotgan son orasidagi o‘zaro bog‘lanish asosida) to‘g‘ri va tez yechishga o‘rganish

1-2 amalli matnli masalalarni yechish bilan bog‘liq tajribalar orttirish.

Massa, o‘lchov birliklari: tonna, sentner, kilogramm, gramm haqida, ular orasidagi moslik haqida tasavvurga ega bo‘lish.

Vaqt o‘lchovi birliklari: soat, minut, sutka, yil, oy, hafta, sekund, asr haqida va ular orasidagi moslik haqida tasavvurlarga ega bo‘lish.



Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lshash.

O‘zlari ega bo‘lgan hayotiy tajribalarini sistemalashtirishni davom ettirish va geometrik shakllar atrof-muhitdagi buyumlarning obrazi ekanini tushunib yetish.

Uzunlik o‘lchovi birligi-kilometr bilan va uning belgilanishi: km (kilometr) bilan tanishish.

Uzunlik o‘lchovi birliklari: kilometr, metr, detsimetr, santimetr va millimetrlar orasidagi munosabatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish.

Yuz o‘lchovi birligi-kvadrat detsimetr va uning belgilanishi: kv dm (kvadrat, detsimetr) bilan tanishish.

Murakkab shakllardan tanish shakllarni topa olish.

Geometrik shakllarning ko‘rinishini o‘zgartira olishga o‘rganish.

Tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar

Son va hisoblashlar

Matematikani o‘rganish natejasida o‘quvchi quyidagilarni:

Bilishi kerak:

— 0 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar ketma-ketligini, bu sonlar qatorining tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni tushunishni;

— kattalik (uzunlik, massa, vaqt) o‘lchovi birliklari jadvalini va bu bilimlarni amalda va masalar yechishda qo‘llashni;


  • narxi, miqdori, qiymati, me’yori, umumiy massasi kabi miqdorlar orasidagi o‘zaro munosabatni bilish va bu bilimlarni matnli masalalarni yechishda qo‘llashni.

Uddalay olishlari kerak:

100 ichida sonlarni o‘qish, yozish va taqqoslash;

-100 ichida va 1000 ichida amallar bajarilishga keltiriladigan hollarda to‘rt arifmetik amallarni to‘g‘ri og‘zaki bajarishni; hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirishni;

-1000 ichida sonlarni yozma qo‘shish va ayirishni; hisoblashlarning to‘g‘riligini tekshirishni,

-2-3 amalli (qavsli va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartib qoidalarini qo‘llashni;

-1-2 amalli (amallar bo‘yicha, reja bo‘yicha, ifoda tuzish bilan) masalalar yechishni.



Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o‘lchash. Geometrik shakllarni o‘rganish natijasida o‘quvchi quyidagilarni:

Bilishi kerak:

- uzunlik o‘lchovi birliklari orasidagi munosabatlarni;

- geometrik shakllarning ko‘rinishlarni o‘zgartirish usullarini.

Uddalay olishi kerak:

- o‘rganilgan geometrik shakllarni nafaqat alohida, balki boshqa shalkllar bilan turli uyg‘unlikda namoyon bo‘luvchi atrof-muhitdagi buyumlar, modellar, rasmlar, chizmalardan qiynalmay topa olishni;

- chizg‘ich yordamida kesma uzunligini (to‘g‘ri to‘rtburchak tomonlari uzunligining yig‘indisini) o‘chash va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish.

2.3 Boshlang‘ich sinflarda misol va malalar yechishda Induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo‘llari

Dastlab bolalar hisoblashga oid turli mashqlar bajaradilar. Keyin esa ular masalalar yecha boshlaydilar. Masala tushunchasi bilan tanishtiruvga oid tayyorgarlik ishlari.

Tayyorgarlik davridagi ishdan maqsad- bolalarga real hayotda yuz beradigan holatli hodisani simvollar, belgilashlar yordamida matematika tiliga o‘tkazish, ya’ni matematik model tuzish imkoniyatini anglatishdan iboratdir. Bu holatda rasmlar yordamida masalalar tuzishning zarurati yo‘q. Yaxshisi kichik hikoya shaklida bayon etilgan holatni bolalar matematik belgilar bilan daftarga yozib olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Hikoya uchun D+P=D yoki Q-D=P sxematik shakldagi yozuvlar yo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, ,,ikki tasvir keltirilgan (tasvirlar doskaga ilinadi yoki kompyuter orqali ekranga tushiriladi )-mana bu rasm bo‘yicha men tuzgan hikoyaga diqqat qilinglar’’

1. “Olmaning bir shoxida 3 dona olma, boshqa shoxida esa 1 dona olma bor edi, har ikkala shoxidagi olmalar soni 4 ta ekan ’’. Bu hikoyani yozib olish uchun qanday shakldan foydalanish mumkin? (birinchisi 3+1=4)

2. “Olmaning shoxida 4 dona olma bor. Shuning bittasini uzib olishdi, shoxida endi 3 dona olma qoldi’’. Bu hikoyani matematik belgilar bilan qay ko‘rinishda yozib olish mumkin? (4-1=3).

3. “Bir shoxida bir dona olma bor edi. Ikkinchi shoxida esa undan 3 dona olma ko‘p edi’’. Hisoblab ko‘ringchi, ikkinchi shoxida qancha olma bor ekan? (1+3=4).

4. “Bir shoxda 3 dona olma bor edi. Ikkinchisida esa undan 2 ta kamroq ’’ –ikkinchi shoxda qancha olma bor ekan? (3-2=1). Bolalar asta-sekin shunday hikoyalar tuzishga kirisha boshlaydilar. Sxematik shakl ular uchun yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Tayyorgarlik bosqichida quyidagi topshiriqdan (masaladan) ham foydalanish mumkin:

“Qush uyasida 6 ta chumchuq bor. Ularga yana bir gala chumchuqlar kelib qo‘shilgach, qushning soni 9 ta bo‘ldi. Inga necha qush kelib qo‘shildi?’’ .Bolalar mashg‘ulot davomida namoyish taxtasida 6 ta qush tasvirini terib qo‘yadilar. Keyin ularning soni 9 taga yetgunga qadar qushlarning tasvirini qo‘shib teradilar (Har gal bir donadan qo‘shib borishlari ham mumkin). So‘ng uyaga kelib qo‘shilgan qushlar sonini ko‘rsatadilar.

Ko‘rgazmali vositalar yordamida vaziyatni bolalar tushunib olishlariga, keyinchalik esa, shu mazmundagi masalalarni yechishda harakat yo‘lini to‘g‘ri tanlashlariga omil bo‘ladi. Bu bosqichda arifmetik amallarni tanlash haqidagi masalalarni ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas, chunki, yechim qushlarni bevosita sanab chiqish yo‘li bilan hal etiladi.

“Masala’’ iborasini qo‘llashdan avval uning boshqa xil topshiriqlardan farqini bolalarga tushuntirib berish kerak. Buning uchun quyidagi 2 masalani taqqoslash mumkin.

1. Ikkita oq va bitta qizil rangli mashinalar tasviri tushirilgan rasmdan foydalaniladi. O‘quvchi so‘raydi: “Rasmda nimani ko‘ryapsiz?’’ (Ikkita oq va bitta qizil mashina ). “Rasmdagi mashinalar soni qancha?’’ (3 ta).

O‘qituvchi misoldagi barcha ma’lumotlar aniq ekanligini ta’kidlaydi (Hammasi rasmda ko‘rinib turibdi). Shundan so‘ng boshqa masalani ko‘rib chiqishni tavsiya etadi.

2. “Karimda 3 ta, Po‘latda esa 5 ta marka bor edi. Karim va Po‘latda jami qancha marka bor?’’ O‘qituvchi dastlab 3 ta markani olib, konvertga soladi, keyin 5 ta markani olib, shu konvertga soladi.

-“Bu masalada biz uchun nima ma’lum va nima nomalum?’’

(Karimda 3 ta, Po‘latda 5 ta marka borligi ma’lum. Ammo, ulardagi jami markalar soni noma’lum).

- Bu savolga javob berish uchun arifmetik amallarni qo‘llash kerak, ya’ni ma’lum markalar miqdorini qo‘shish yoki ayirish kerak bo‘ladi. Xo‘sh, shu amallarning qay biridan foydalanish mumkin? (Qo‘shish).

- Hozir bajarmoqchi bo‘lgan vazifa ham masala deb ataladi. Masalaning shartlari shunday: ,,Karimda 3 ta, Po‘latda 5 ta marka bor edi. Savol: Karim va Po‘latda jami qancha marka bor?’’

Mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchi masalada nima ma’lum va nima noma’lum ekanini tushuntiradi. So‘ng yechimni yozuv shaklida (3+5=8 marka ) va javobni (8 marka) ko‘rsatadi.

Shu mashg‘ulotda qoldiqni topish bo‘yicha ham masalani yechish mumkin. Masalan ,,Tupda 7 bosh pomidor o‘sayotgan edi. Shundan 2 tasini uzib oldilar. Tupda qancha pomidor qoldi Stolda pomidor (yoki boshqa o‘simlik - olma, nok, anor, bodring) modeli bo‘ladi.O‘qituvchi o‘quvchini yoniga chaqirib, 7 ta pomidorni olib, alohida idishga joylashtirishni so‘raydi.

- Tupda 7 ta pomidor borligini bilamiz. Yana nimani bilamiz? Shundan 2 tasi uzib olinganini bildik.

- Endi, bolalar nima qilishimiz kerak?

Konvertga (idishga) yana 2 ta pomidor qo‘shib qo‘yishimiz kerakmi yoki 2 ta pomidorni ajratib olishimiz kerakmi? (pomidorni uzib olishgan, demak, pomidorlar kamaygan. Shuning uchun konvertdan (idishdan) 2 ta pomidorni ajaratib olishimiz kerak bo‘ladi).


  • Masalani qaysi amalni qo‘llash bilan yechishimiz mumkin?
    (ayirish amali 7-2=5. Bu masalani yechimi barobar 5 ta pomidor qolgan). Ko‘rgazmali ashyolardan foydalanish jarayonida predmetlarni qayta-qayta sanashga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shunda zaruriy arifmetik amalni tanlash zaruriyati tushunarli bo‘ladi. Yana mashg‘ulot davomida vaziyatni yaratish kerakki, arifmetik amalni tanlash - masala shartlarini tahlil etish bilan fikrlashga asoslanishi lozim. Qo‘shish, ayirish, sonlarni bir necha birlikka ajratish yoki kamaytirish bilan bog‘liq masalalarni yechish jarayonida bolalarni masala shartlarini tahlil etish, ma’lum va noma'lumlarni to‘g‘ri aniqlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni bog‘lash, arifmetik amal tanlashni asoslashga o‘rgatish zarur.

- Bolalar masalani yechish uchun kerakli arifmetik amalni ongli ravishda tanlashga o‘rganishlari uchun masalani quyidagi shakldagi matnini ham tavsiya etish mumkin. "Daraxtga 10 ta qush qo‘ngan edi. Ulardan avval 2 ta qaldirg‘och, keyin yana 4 ta qaldirg‘och uchib ketishdi. Daraxtdan qancha qaldirg‘och uchib ketdi?"

Masalaning tahlili ko‘rgazmali vositalar yordamida olib borilishi tavsiya etiladi. O‘qituvchi masala shartlarini bo‘lak-bo‘lak qilib o‘qib, matnni rasmlar orqali tushuntiradi. "Daraxtda 10 ta qaldirg‘och qo‘ngan edi. (Rasmlarni ko‘rsatdi). Avval 2 ta qaldirg‘och uchib ketdi. (Rasmlardan 2 tasini ayirib, konvertga soladi). Keyin yana 4 ta qaldirg‘och uchib ketdi. (Yana 4 ta qaldirg‘och rasmini olib, konvertga soladi).

O‘qituvchi bolalarga masala shartini chuqur anglatib, nima ma'lum, nima noma'lumligini aniqlashga hamda qaysi amal orqali uni yechish (noma'lumni topish) mumkinligini tushintiradi.

So‘ngra bolalarning diqqatini masala shartida bo‘lgan 10 soniga qaratadi.

- Biz masalani yechishda bu sondan foydalandikmi? (Yo‘q, u ortiqcha ekan).

Bunday vaziyat bolalarni masala shartlarini diqqat bilan tahlil etib, uni yechish zaruriy amalni tanlashga majbur etadi.

Masalalar yechishning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o‘zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta'kidlab, programmada shunday deyiladi: "Natural sonlar arifmetikasi va nolni o‘rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo‘llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan bog‘lanadi".

Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog‘lanishlarni, amal komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi (yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiradi).

Sodda masalalar o‘quvchilarni matematik munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Sodda masalalardan ulushlar, qator geometrik tushunchalar va algebra elementlarini o‘rganishda ham foydalaniladi.

Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yechilishi uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham bilimlarni o‘zlashtirishga, olingan bilimlarni mustahkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi.

Sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda, o‘z ichiga "yashirin informatsiyani" oladi. Bu informatsiyani qidirish, masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda quyidagi malakalar hosil bo‘lmog‘i lozim.



1. Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.

Masala ustida ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. O‘quvchilar hali o‘qish malakasiga ega bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o‘rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida, har bir o‘quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o‘qib chiqishi zarur. Masala matni o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan bir-ikki marta o‘qiladi, ammo bunda bolalarni masalani bir marta o‘qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga asta-sekin o‘rgata borish kerak.



2. Masalani dastlabki analiz qilish (ma'lumni noma'lumdan ajarata olish malakasi). Ma'lumni noma'lumdan, muhumni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanishni ochish - bu eng muhim malakalardan biri. Bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil yechishni o‘rganib bo‘lmaydi.

3. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og‘zaki ishlagandan keyin uning mazmunini matematik atamalar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, sxemalar, jadvallar).

Shunga e'tibor berish kerakki, barcha hollarda qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan ham, masala shartining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib, son ma'lumotlarini tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi.

4. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslash va murakkab masalani amalga oshirish, so‘ngra yechish rejasini tuzish malakasi. Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga to‘xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi va uchinchi o‘quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya'ni ba'zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o‘zgartiriladi.

Murakkab masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasiga oid qo‘llanmalarda masalani tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi,

Masalaning sintetik tahlili deyilganda, mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son ma'lumotini birlashtirish natijasida bu ma'lumotlardan nimani bilish mumkinligi aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma'lumot bilan boshqa ma'lumot birlashmasiga o‘tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish davom ettirilaveradi.



XULOSA

Maktab matematika kursida xulosalar uchta turi, yani induktiv, deduktiv va analogik xulosalar o‘rganilgan.



Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi.

Induksiya uch xil bo‘ladi: chala induksiya, to‘la induksiya va matematik induksiya.

Umumiy ma’lumotlarga tayanib ayrim yoki xususiy xulosa chiqarish deduksiya deyiladi.

Xulosa chiqarish metodlaridan yana biri bu analogiyadir.

O‘xshashlikka asoslanib xulosa chiqarish analogiya deyiladi.

Bolalarning masalalarni yecha bilishi boshlang‘ich ta’lim matematikasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shartdir. Masalalar yechishni o‘rganish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari har tomonlama kamol topadilar, bilim oladilar va tarbiyalanadilar.

Bitiruv ishining xulosasi sifatida masalalar ustida ishlashning quyidagi usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini bo‘lajak ham kasblarimga ham tafsiya qilaman.

1. Yechilgan masala ustida ishlash. Ko‘p o‘quvchilar yechish rejasini masala yechilib bo‘lingandan keyin takroriy tahlildan so‘ng tushunib oladilar. Takroriy tahlil vaqt talab qiladi, lekin u o‘zini oqlaydi.

2. Masalani turli usullar bilan ishlash. Vaqt yetishmasligi tufayli masalalarni turli usullar bilan yechishga kam e’tibor beriladi. Lekin buni bilish matematik rivojlanish darajasining ancha yuqori ekanligidan dalolat beradi! Bundan tashqari, yechishning boshqa usulini topishga o‘rgangan bo‘lish ham katta rol o‘ynaydi.

3. Masala analizini to‘g‘ri tashkil etish – berilganlardan savol yoki teskarisi.

4. Masala syujetini tasavvur etish. O‘qituvchi muhim detallarga e’tibor beradi. Hayolan situatsiyasiga qatnashish, uni rasm, diagramma, jadval yordamida modellashtirish.

5. O‘quvchilarning mustaqil masala tuzishi. Masala tuzing:

,,...ga ko‘p (kam)”, ,,...marta ortiq (ko‘p)” kabi so‘zlarni ishlatib;

– 1,2,3amalli masalalar;

– berilgan rejaga yoki tajribaga ko‘ra;

– berilgan ifodaga ko‘ra va hokazo.

6. Berilganlari keragidan ko‘p yoki kam bo‘lgan masalalar yechish;

7. Masalalarning savolini o‘zgartirish;

8. Masala berilganlariga ko‘ra turli ifodalar tuzish va ular nimani anglatishini tushuna bilish. Masala javobini ular orasidan tanlash;

9.Yechilgan masalani tushuntirish.

10.Masalalarni va ularning yechilishini taqqoslash usulidan foydalanish;

11.To‘g‘ri va noto‘g‘ri yechimni doskaga yozish;

12. Masala shartini boshqa amallar bilan yechiladigan qilib o‘zgartirish;

13.Tugallanmagan yechimni tugatish;

14.Masala yechilishida qaysi savol ortiqcha;

15.Berilganlarini o‘zgartirib yangi masala tuzish ;

16.Teskari masalalar yechish.

Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. I Sh.M. Mirziyoev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”. – 2017.

  2. 7. Bikbayeva N.U, Yangaboyeva YE, Girfanova K.M To‘rtinchi sinflarda matematika darsligi Toshkent ,,O‘qituvchi’’, 2013-yil. 208 bet

  3. 8. Burhonov S, Xudoyorov O‘, Norqulova Q.Uchinchi sinf matematika darsligi. Toshkent ,, Sharq’’, 2014-yil. 208 bet

  4. 9. Bekboyeva N.U , Yangiboyeva E.Ya .Ikkinchi sinf matematika darsligi.-T. O‘qituvchi’’, 2005-yil 208 bet

  5. 10.Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi. Toshkent ,,Ilm-ziyo‘’, 2005-yil. 208 bet

  6. 11. Jumayev M.E. Boshlang‘ich matematika nazariyasi. Toshkent ,,Arnaprin’’ 2005-yil. 208 bet

  7. 12. Jumayev M.E va boshqalar. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil etish. Toshkent ,,T.D.P.U’’, 2006-yil. 208 bet

  8. T.G‘afforova “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” Toshkent. Tafakkur 2012 yil.

  9. www.ziyonet.uz


ILOVALAR
Mavzu: 0‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish. 614-620- misol va masalalar.

Tayanch tushunchalar: 0‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirishga doir misollar yechish.

Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.

Jihozlar: Darslik, chizg‘ich mavzuga doir plakatlar.

Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadi: Ta’limiy: 0‘quvchilarda uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.



Tarbiyaviy: Ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan muhabbatni o‘stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: mustaqil ishlash malakasini shakllantirish.

Kutilayotgan natijalar: Uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi

Tavsiya etilgan mediya manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga matn , jadval, sxemaga o‘tkaza olish.

Axborotlarni statistic ma’lumotlarning ko‘rinishlarning bir turidan ustunli,chiziqli va doiraviy diogrammalar,jadvallar,chizmalar boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;

Uchta sonning o‘rta arifmetigini topish;

Mustaqil ravishda turli media manbalaridan axborotni izlab topa olish, dastlabki tahlil qila olish.


Dars jarayoni va texnologiyasi


Dars

bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy

qism


O‘‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshi- riladi.




2

min














2-bosqich. Refleksiya (ehtiyojlarni belgilash)

aniqlash


Uch xonali sonlar ichida o‘nlik va yuzlikdan o‘tib ayirish haqida munozara qilinadi.

Munozara

3

min


3-bosqich.

Yangi


mavzu

bayoni


Darslikdagi 614- va 615-misollarni yechish orqali o‘nlik va yuzlikdan o‘tib ayirish qoidalari tushuntiriladi.

Savol-

javob


10

min


4-bosqich. Yangi mavzuni mus- tahkamlash

O‘quvchilar 616-617 -topshiriqlarni bajaradilar. Zarur hollarda ularni bajarishda o‘qituvchi yordam beradi.

618-topshiriq ustida ishlash.



Mustaqil ish, savol- javob

mustaqil


15

Min


10 min

5-bosqich.

Baholash


Darsdagi faolligiga qarab o‘quv­chilar baholanadi.

Baholash

3

min


6-bosqich. Uyga vazifa berish

619-misol va 620-masala uyga vazifa sifatida beriladi, tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

tushuntirish

2

min


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

Darsga hozirlik ko‘rish.

Darsning maqsadini aytish.

II.O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.



∕Uyga berilgan vazifa tekshirib baholanadi.



II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan mavzuni aniqlab, tekshirib baholayman.



Aqliy hujum

1) Kamayuvchi 20, ayiriluvchi 6, ayirmani toping.

2) Kamayuvchi 80, ayiriluvchi 10, ayirmani toping.

3) Kamayuvchi 50, ayiriluvchi 15, ayirmani toping.

4) 36 va 6 sonini ayrilmasini toping.

5) 24 va 4 sonini ayrilmasini toping.

III.Yangi mavzu bayoni.

614-misolni yechish orqali uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ustun shaklida ayirish tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ustun shaklida ayirish qoidasini yoddan bilishi kerakligi ta’kidlanadi.



  • 423 156 ______________

267

615-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.

234-176= 58 555- 366=189 743-257=486
346- 158= 188 635-147= 488 825- 358=467

423-254= 169 671-482=189 947-559=388

616 - masalaning yechilishi:

1) ikkinchi kuni sotildi - 524- 256 = 278 (ta);

2) ikki kunda sotilgan kitoblar farqi - 278 - 256 = 22 (ta).

IV. Mustahkamlash.

617-topshiriqda chiziladigan ABCD to‘rtburchakning perimetri: 27 + 25 + 21 +40 = 113 (mm) ;

KLMN to‘rtburchakning perimetri:

25 + 35 + 27 + 40 = 127 (mm 127 mm = 12 sm 7 mm.

618 - topshiriqdagi boshqotirmaning javobi:

Donishmand o‘z tuyasini ham qo‘shgan. Shunda aka-ukalardagi tuyalar 18 ta bo‘lgan. Katta o‘g‘il 18 ta tuyaning yarmisi – 9 ta tuyani, o‘rtancha o‘g‘il 18 ta tuyaning uchdan biri – 6 ta tuyani, kichik o‘g‘il
18 ta tuyaning to‘qqizdan biri – 2 ta tuyani olgan. Ortib qolgan 1 ta tuyaga, ya’ni o‘z tuyasiga minib, donishmand yo‘lini davom ettirgan.

V. Uyga vazifa:

619-misoI va 620- topshiriq uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.


620-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Do‘konda 320 ta fanta va nestle bor edi. Tushgacha 96 ta fanta va 78 ta nestle sotildi. Hammasi bo‘lib sotilmagan nechta fanta va nestle qolgan?i

VI. Dars yakuni. O‘quvchilar bilimini baholash va rag‘batlantirish

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.



Uyga qo‘shimcha topshiriq: Uch xonali sonlarni o‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ustun shaklida ayirish qoidasini yod olish.
TINGLOVCHINING MALAKA OSHIRISH DAVRIDA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISHI VA MUSTAQIL BILIM ORTTIRISHI BO‘YICHA BAJARILGAN ISHLARI

O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani haqida esse.

Talandli yozuvchi O‘tkir Hoshimov 1941 yilda 4 avgustda Toshkentda Do‘mbirabod mahallasida tug‘ilgan.

2013 yil 24-may Juma kuni og‘ir xastalik tufayli Toshkentda vafot etdi.

Davlat universitetida o‘qigan. Turli taxririyat va nashriyotlarda ishlagan. Kitob o‘qish barobarida O‘tkir Hoshimov pochtada xat tashuvchi bo‘lib ishlagan. Aynan mana shu ish O‘tkir Hoshimovni oddiy odamlarning kitobidagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga oshno qildi.

O‘tkir Hoshimov O‘rta Osiyo Respuplikalarining qator teatrlarida namoyish qilingan “To‘ylar muborak” “Sizdan ugina bizdan bugina” kabi pesalarning muallifidir.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani qayta-qayta juda ko‘p nashr etilgan bo‘lsada ,bu asarga kitobxonlarning talabi hamon susaygani yo‘q. Bu romanning boshqa romanlardan farqi shundaki , romandagi barcha voqealarni har bir berilgan obrazning o‘zi tasvirlab bergan.

O‘tkir Hoshimov so‘zlaydi:

“Bu kitobdagi ko‘p odamlarni o‘zim ko‘rganman. Ko‘plari bilan gaplashganman. Tilimning uchida turgan yana bir andisha bor. Ehtimol , siz bu kitobda fojea ko‘proq bo‘lib ketmaganmi,degan xayolga borishingiz mumkin. Chunku hayot doimo xursandchilikdan iborat emas.

2-jahon urushida million odam halok bo‘lgan. Mushkul damlarda iymonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz hayoti bugungi zamonda bizga o‘rnak bo‘lsa ne ajab” deb aytib o‘tganlar. Romanda juda ko‘p obrazlar berilgan. Ulardan asosiysi Muzaffar obrazidir.

Muzaffar hayotida juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi. U sevib qolgan qizning ismi Munavvar edi. Munavvar yoshlik chog‘idayoq vafot etadi. Ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan Muzaffar bunday og‘ir kunlarda ham o‘z kuchiga tayanib,irodali bo‘ladi. Romanda ko‘plab fojialar aks ettirilgan bo‘lib, bularning barchasi Muzaffarning yaqinlari edi. Muzaffar hech qachon taslim bo‘lmaydi va oxir boshliq darajasiga ko‘tariladi.

Romanning “Ikki eshik orasi” deb nomlanishining asosiy sababi inson tug‘ilgandan o‘limigacha ya’ni ikki eshik orasida bo‘lgan voqealarni aks ettiradi.


Tinglovchi –O‘rolova Gulshodning o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan

YO‘L XARITASI

(“Yo‘l xaritasi”da belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha 3(5) yillik tadbirlar nomi va mazmuni, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natijalar diagnostikasi)




Amalga oshiriladigan tadbir (muammo)

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati (yil, oy)

Kutilayotgan natijalar diagnostikasi

1-yil

1

Kundalik hayotimizda bo‘ladigan jamiyatdagi barcha o‘zgarishlardan doimo habardor bo‘lib borish vat alabalarga yetkazish

Har kun dars boshlanishidan oldin gazeta va jurnallarda va telivedenie orqali olingan ma’lumotlar asosida

O‘quv yili davomida


O‘quvchilarning siyosiy bilimlari va axborot kompetensiyasi oshadi

2...

Fan va texnika yutuqlaridan, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va tajribalardan xabordor bo‘lib borish va darslarda foydalanish

Boshlang‘ich sinflarning har bir darslari orqali

O‘quv yili davomida


Fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari oshadi

2-yil

1

“1- sentyabr Mustaqillik kuni” munosabati bilan

tadbir o‘tkazish



Ma’naviy –mariyiy ishlar rejasi asosida

2020 -yil 4-sentabr

Tadbirni o‘tkazish orqali o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqorolik va milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish

2

Yuksak huquqiy va umumiy madaniyatni egallashga harakat qilish

“Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim jurnaliga obuna bo‘lish va kitoblar mutoala qilish

2020 -2021- o‘quv yillari davomida

Kasbiy kompetentliligim oshadi.

3

“So‘z turkumlari” mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi

Ochiq dars maktab boshlang‘ich ta’lim uslub birlashmasi

2020 -yil dekabr

So‘z turkumlari tushunchasini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyasilarni shakllantirish

4

“Oquvchilarni tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatga olib chiqish”

Sayohat Samarqand shahri bo‘ylab

2020 -yil may

Sayohat qilish orqali o‘quvchilarda vatanga bo‘lgan muhabbatni oshirish

3-yil

1

“Yil o‘qituvchisi ko‘rik tanlovi”da ishtirok etish

Tanlovga tayyorlanish va ishtirok etish

2021- yil aprel

Ko‘rik tanlovida ishtirok etish orqali o‘z ustimda ishlashni rivojlantirish

2

Pedagogik faoliyat jarayonida umumiy madaniyat borasida to‘plangan tajribalardan foydalanish

Milliy va umumiy madaniy kompetentlikni shakllantirish orqali.

O‘quv yili davomida

Pedagogik faoliyatimning samaradorligi oshadi.

3

Respublika konferensiyalarida ilmiy maqola va yezislar bilan qatnashish

Konferensiya va anjumanlar uchun maqolalar, tezislar tayyotlash

O‘quv yili davomida

2020- 2021- o‘quv yillari

4

Ota onalar majlisini o‘tkazish

Tarbiyaviy ishlar rejasi orqali

Jadval bo‘yicha

O‘quvchilarni bilim darajasi, tartib intizomini rivojlantirish

4-yil

1

“Gazeta va jurnalarda maqolalar, namunali dars ishlanmalarini e’lon qilish

“Boshlang‘ich ta’lim”jurnali va”Ma’rifat”gazetasi

2021-2022 yil dekabr,fevral

O‘z bilim darajamni oshirish va uni ommalashtirish

2

Dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda yuksak huquqiy madaniyatni shaklalantirish

Darslarning didaktik imkoniyatlaridan foydalanish tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish

O‘quv yili davomida

O‘quvchilarning huquqiy bilimlari va savodxonligi oshadi.

3

Xorijiy (ingliz) tilida erkin so‘zlashish malakalarini egallash

Xorijiy tilni o‘rganish va lug‘at ustida ishlash

O‘quv yili davomida

Xorijiy tilda so‘zlashish ko‘nikmalari oshadi

4

“O‘quvchilarni yuqori sinfga tayyorlash”

Maktabda

2022 -yil may

O‘quvchilarni o‘qish samaradorligini oshirish

5-yil

1

“1- sinfga o‘quvchilarni qabul qilish”

1- sinfga boradigan o‘quvchilarning ro‘yxatini aniqlash

2022 -yil sentabr

O‘quvchilarni maktabga moslashishini ta’minlash

2

Jamiyatimizda va halqaro miqiyosda qabul qilingan huquqiy meyyoriy hujjatlarning mazmunini o‘rgatish va o‘quvchilarga o‘rgatib borish

Huquqiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish, faoliyatimda qo‘llash

O‘quv yili davomida

Huquqiy savodxonligim takomillashadi

3

Pedagogik faoliyat jarayonida internet materiallaridan unumli foydalanish

Darslarning samaradorligini oshirish uchun taqdimotlar tayyorlash

O‘quv yili davomida

AKT va internetdan foydalanish kompetentligim oshadi.

4

“O‘z bilim darajamni oshirish maqsadida malaka oshirish kursida tahsil olish’

XTXQTMO hududiy markazi

2023- yil aprel

Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, bilim darajamni oshirish, yangilik o‘rganish va uni o‘z ish faoliyatimda foydalanish



i





Download 317.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling