Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Ikrom OTAMUROD,
O‘zbekistonda xizmat 
ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
1951-yili tug‘ilgan.
“Sopol siniqlari”, “Sen”, “Ichkari 
va tashqari”, “Istarim”, 
“Yobondagi yolg‘iz daraxt”, 
“Qush”, “Huviyyat” kabi kitob 
va dostonlari, “Ruhimning 
qayg‘usi”, “Ko‘nglim o‘zing”, 
“Tavr”, “Tag‘azzul”, “Xaritaga 
tushmagan joy”, “Muqaddar” 
singari kitoblari chop etilgan..
Men tufroqning
bir gardiman...
* * *
… Tasalli 
mening 
ruhimdadir.
Ruhim o‘zimning
tegrasidagi chidamini,
o‘ziga qiladi
Sabr…
* * *
… Hur harorati
borliqqa
qo‘ndirib,
boylanib borar
tabiatning 
bag‘rin qizdirib…
* * *
… Vaqt kelib,
bordi-yu
o‘zligingni topsang,
o‘zligingning 
o‘zligidir
o‘zliging
o‘zlik…
* * *
…Sayyoraga
uchar edi 
raketa,
benihoya
ro‘y berardi
tezlikda dardi…
* * *
… Kangul
maydonidagi
sira,
gavdaga yugurayotgan
harakat
intig‘i…
* * *
…Daraxt,
ko‘kka
tikasan 
nigohingni,
daraxt –
yerga singdirasan
ohingni…
* * *
…Zaminga
ildizini 
singdirar maysa,
yomg‘irning 
qatida qovushib…
* * *
… Taajjublanib
qoladi to‘rg‘aylar
og‘ir havoda…
To‘rg‘aylar – ramz siroti,
to‘rg‘aylar doimo uchar
Sog‘inch makonida…
www.ziyouz.com kutubxonasi


29
adabiy-ijtimoiy jurnal
* * *
Bir zumda 
to‘xtamoq 
bo‘lmas,
ehtimol…
* * *
…Sadoqat 
ruhi 
yashnaydi –
ishonchning 
xislatida…
* * *
…Yer siynasida 
taqdir tuzuvchi
iqlim
bo‘ladi intizor…
* * *
…Bahorning kunlarida 
shunday 
aylanadi
sabo 
salqini…
* * *
… Men – 
tufroqning
bir
gardiman.
Horg‘in 
ko‘ksim 
tavallosi 
siyrilib-siyrilib
boradi 
doimo 
yolg‘iz…
* * *
…Chirildoqlar
chirillaydi
xo‘rsinib:
giyohlarning
butalarning,
yantoqlarning,
yulg‘unlarning
hilqiga ko‘nib…
* * *
…Men boraveraman
intiq-intiq
ufqqa ilashib.
Ufq tanho…
* * *
…Odam 
tosh
qoyasida
turibdi,
umr xotirasida
o‘ltirib…
* * *
…Bo‘shliqda
behaddir, 
cheksiz 
surat oqimi…
* * *
…Tunning 
zulmatida 
charaqlar hilol,
charaqlar quyosh
kunning royida…
* * *
…Yarashiq yashaydi
muddatsiz
hayotning o‘ziga…
* * *
…Bir xil hol,
bir xil tus,
bir xil sira,
bir xil asno
toraytirib-toraytirib 
boraverar
kenglikni…
…Nogoh…
* * *
…Sarob…
…Sahro…
…Sukut…
…Yo‘rig‘ida tirg‘alib tovlanadi…
…Sukut…
…Sarob…
…Sahro…
…Tovlanadi yo‘rig‘ida tirg‘alib…
…Sahro…
…Sukut…
…Sarob…
…Tirg‘alib tovlanadi yo‘rig‘ida…
www.ziyouz.com kutubxonasi


30
NASR
R
avshanning otasi og‘ir xastalikdan vafot etgach ikki opasi 
bilan uni onasi yolg‘iz o‘zi katta qildi. Ravshan bir amallab kolle-
jni bitirdi-yu, ro‘zg‘or tashvishini batamom yelkasiga oldi. Mana 
o‘n yildirki duradgorlik bilan mashg‘ul. Uylanib uch farzandli 
bo‘ldi. Ammo yuragida bir armon bor: otasi o‘g‘lining olim bo‘lib, 
el ichida shuhrat topishini orzu qilgan edi. Onasi buni bot-bot es-
lab turadi. Mushtipar endi armonlarining ushalishini nevaralari-
dan umid qiladi. Ravshanga garchi olimlik nasib etmagan bo‘lsa 
ham, onasini xursand qilish o‘yida. Qo‘li ishdan bo‘shagan paytlari 
darhol kitobga yopishadi. Ko‘rgan kishi ustachilik asbobi kabi 
uning qo‘lidan kitob tushmaganidan hayratlanadi. Dunyoning ish-
lari qiziq ekan. Bir kuni omadi chopdi. Uning uchun hayot tarziga 
aylangan adabiyotlardan test savollari ga osongina javob berib, in-
tellektual teleo‘yinda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘g‘lining kayfiyati chog‘ligi sababini bilishga qiziqqan onasi:
– Yo, tavbangdan ketay! Tinchlikmi? – deb so‘radi. – Yo‘l 
bo‘lsin?
– Siz chiroyli kiyinib oling, bugun televizorga chiqamiz. Men 
yosh olimlar teleo‘yinida qatnashadigan bo‘ldim. Ularning hamma 
savollariga to‘g‘ri javob berganim uchun endi teleo‘yinda ham o‘zim-
ni ko‘rsatishim kerak. Bilib qo‘ying, diplomsiz olimman, o‘g‘lim oliy 
dargohda o‘qimadi deb, bundan buyon o‘kinmasangiz ham bo‘ladi.
– Kelin ham boradimi? – ona ko‘zoynagini olib, “kuh-kuh” deya 
ro‘molining uchi bilan oynalarini artdi-da, qaytadan taqdi.
– Hozircha bu keliningizga syurpriz! Ikkalamiz boramiz. Tez 
tayyor bo‘ling!
– Syurprizing ham bor bo‘lsin, bolam…– Ona shunday deya, das-
turxonga duo qildi va sekin o‘rnidan turdi. – Bir nimalarni boshlab 
yurasan-da…

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling