- Dumg‘aza nervlari – n.sacralis orqa miyadan yuqorigi va pastki teshiklar orqali chiqadi. Simpatik stvoldan biriktiruvchi kulrang tarmoq oladi. Yuqorigi tomonga chiquvchi nervlar – n.clunii media tos-son bo‘g‘imining yozuvchi muskullari va sag‘ri terisiga tarqaladi. Pastki teshikdan chiquvchi nervlar dumg‘aza chigalini hosil qiladi, undan bir qancha alohida nervlar hosil bo‘ladi.
- Sag‘rining old tomon nervi – n.glutaeus cranialis belning oltinchi va dumg‘azaning birinchi juft nervlaridan chiqib, sag‘ri muskullariga tarqaladi.
- Sag‘rining orqa tomon nervi – n.glutaeus caudalis dumg‘azaning birinchi, ikkinchi va uchinchi juft nervlaridan chiqib, sag‘ri arteriyasi bilan sag‘ri muskullariga va sonning ikki boshli muskullariga tarqaladi.
- Son terisining orqa tomon nervi – n. cutaneus femoris dumg‘azaning birinchi va ikkinchi juft nervlaridan chiqib, sonning ikki boshli muskuli orqa qismi – nn. clunii caudalis dan teriga tarqaladi.
Dum nervlari - Dum nervlari – nn.coccygei (Cc) orqa miyadan 5-6 juft bo‘lib chiqadi, ularning barchasi simpatik nerv tomiridan biriktiruvchi kulrang tarmoq oladi. Dum nervlari barcha hayvonlarda yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linib, dumning muskul hamda terisiga tarqaladi va ularni harakatga keltiradai.
- 1. Orqa miyaning bo‘yin, ko‘krak nervlarini ayting.
- 2. Yelka chigali nervlarini ayting.
- 3. Orqa miyaning bel nervlari, bel chigali nervlarini ayting.
- 4. Orqa miyaning dumg‘aza nervlarini ayting.
- 5. Dum nervlarini ayting
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali Nukus 2020-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |