Orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay
Download 451.48 Kb.
|
2-amaliyot
2-amaliyot 1.Soliq tizimi haqida tushuncha. 2. Elektro hukumat haqida tushuncha. 3. Elektron tijorat tushunchasi va ta`rifi. 2.Elektron hukumat– bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajadafoydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi. 1.Soliqlar tizimi moqiyati jiqatdan bir xil, o’zaro bog’liq bo’lgan va markazlashgan pul fondiga qamda boshqa davlat fondlariga tushadigan soliq turlarining yig’indisidir. 3.Shuni aytish lozimki, "elektron tijorat" tushunchasiga qat’iy ta’rif berish bugungi kunda oddiy ish emas. Gap shundaki, bir tomondan, ommaviy axborot vositalarida va taniqli nashriyotlarda elektron tijorat tovarlarni Internet ishlatish orqali sotib olish, deya ta’riflanadi. Ikkinchi tarafdan, ixtisoslashtirilgan nashriyotlarda elektron tijoratni juda ko‘p ta’riflari keltiriladiki, ularda ushbu global xodisaning u yoki bu hususiyati qirralari qayd etiladi. Umumiy holda bu yerda "elektron" va "tijorat" so‘zlarini tashkil etuvchilari butungi kun hisobi bilan qanday ma’no berishini bilib olish lozim. Shundan kelib chiqib, elektron tijorat tushunchalarini amaliy nuqtai nazardan aniqlashtirish bilan chegaralanamiz. Download 451.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling