O‘rta asr iqtisodiy tafakkuri
Download 56.29 Kb.
|
Jumanazarov Javohir
Rim imperiyasi yemirilgandan keyin, Gʼarbiy Yevropada juda koʼp feodal davlatlar vujudga keldi. Ularda oʼsha davrdagi katolik cherkovining qoidalari ustunlik qilardi. Barcha ilmiy fikrlarda diniy cheklashlar mavjud edi. Shuning uchun iqtisodiy savollar boʼyicha oʼrta asr mualliflarining talqinlari diniy-etnik shaklda ifoda etilgan.Gʼarbiy Yevropadagi ancha koʼzga koʼringan iqtisodiy fikrlar muallifi deb, odatda, Italiya monaxi Foma Аkvinskiy (Аkvinat) (1225–1274) tan olinadi. U IV asrning oxiri - V asrning boshida iqtisodiy muammolarga diniy-etnik yondashuvning nomuqobil dogmatik printsiplarni kiritgan, dastlabki kanonizm maktabi asoschilaridan biri hisoblangan Аvgustin Blajenniyga (Аvliyo Аvgustin) (353–430) muxoliflik qildi va uning gʼoyalarini ijodiy davom ettirdi. V–XI asrlar davomida bu printsiplarga amal qilib kelindi.Аkvinatning iqtisodiy qarashlari bilan tanishib chiqishdan oldin, dastlabki va keyingi kanonizmning oʼziga xos xususiyatlarini koʼrib chiqamiz.Oʼrta asrning dastlabki davrida hukmronlik qilgan dastlabki kanonistlar gʼoyasi savdo foydasini va sudxoʼrlik foizini qatʼiy qoraladi. Ular notoʼgʼri ayirboshlash va birovning mehnatini oʼzlashtirish natijasi sifatida tavsiflanib, gunoh sanaldi. Faqat «Odil narx» oʼrnatilgan sharoitdagina ekvivalentli va proportsional ayirboshlash boʼlishi mumkinligi uqtirildi (“Odil narx” – mehnat va moddiy sarflar bilan ifodalanadigan narx). Shuningdek, cherkov qonunlari mualliflari, antik dunyo qarashlariga xos boʼlgan jismoniy mehnatga nisbatan nafratli munosabatlarga, koʼpchilik aholining zarar koʼrishi hisobiga ayrim shaxslarning boylik orttirish huquqiga qarshi chiqdilar. Yirik savdo, ssuda operatsiyalari, gunohli ish sifatida, umuman man etilgan.Download 56.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling