O`rta asrlarda jismoniy tarbiya reja
Download 20.66 Kb.
|
O`RTA ASRLARDA JISMONIY TARBIYA
G’arbiy Yevropa shaharlarining aholilari feodal ritsarlardan mustaqil bo'lib olishga harakat qildilar. Ular qo’llariga qurol tutgan holda kurashib, o’z erkinligini olishlari lozim edi. Bu esa ularni shaharlar atrofida devorlar qurishga va handaqlar qazishga, qorovullik xizmatini o’tashga va harbiy jismoniy tayyorgarlik bilan shug’ullanishga majbur qilgan.
Shaharliklar orasida yugurish, sakrash, tosh uloqtirish, og’irlikni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, qilichbozlik, yoydan o’q otish, kurash va to’p o’ynash kabi jismoniy mashqlar keng tarqalgan. Ular bu mashqlar yuzasidan uyushtiriladigan musobaqalarni bayram kunlari o’tkazgan. Shaharliklar tomonidan qilichbozlik va o’q otish birodarlik uyushmalari tashkil etilgan. Shaharliklar va dehqonlar o’rtasida o’tkaziladigan xalq jismoniy tarbiyasi xalq an’analari asosida amalga oshirilgan. Dastlabki vaqtlarda bu davlatlarda barcha mehnatkashlar harbiy xizmatni o’tashga majbur bo’lgan erkin yer egalaridan iborat edi. Ular qirol yoki harbiy boshliq chaqirig’i bilan qurollangan holda yetib kelishlari va harbiy yurishlarda qatnashish uchun tayyor bo’lishlari kerak edi. Lekin harbiy ta’lim yaxshi tashkil etilmagan, chunki aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning uyushgan harbiy ta’lim tizimi shakllanmagan edi. Dehqonlar uchun harbiy jismoniy tarbiya faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur bo’lgan. Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakteri birinchi navbatda jismoniy tarbiyadan foydalanish maqsadlarida namoyon bo’lgan. Dehqonlar jismoniy tarbiyadan mehnat va jangovar faoliyatga tayyorlash vositalaridan biri sifatida, yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o’z qudratini mustahkamlash vositasi sifatida foydalanganlar. Feodal aslzodalar o’zlarining harbiy jismoniy tarbiya tizimlarini yaratishda xalqning jismoniy mashqlar va o’yinlar sohasidagi ijodidan keng foydalanganlar. O’rta asrlar davomida madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sport ham rivojlangan. Bir necha yuz yillar davomida katolik dini aqliy va jismoniy tarbiyaga salbiy ta’sir o’tkazib kelgan. Xristian dini ta’lim va tarbiya sohasida o’zining hukmronligini ustun qo’yib, bunda faqat ruhiyat va oxirat haqida ta’limot xalq ongiga singdirilgan. Dinning ta’siri natijasida maktablar va universitetlarda jismoniy tarbiyaga e’tibor berilmagan. Qadimgi slavyanlar kuchli va jasur bulib Boltik dengizida uz kemalarida Daniya va Britaniyagacha xarbiy yurishlar qilgan. Ular Kiyev Rusdan Dnepr buylab okimga tushib Vizantiyaga xujum kilib Kora dengizdan kechib utganlar. Ular kul jangida maxoratli edilar. Slavyanlar - yugurish, tusikdan sakrash, mushtlashishi, kurash, ogirlik kutarish va ovchilik bilan Shugullangan. Chexlar esa uzok vakt nemets ritsarlarining tojovuziga karshi janglarda chalgilarni, galla yanchish zanjirlarini ishlatishgan. VII asrda arablar davlati tarkib topdi. Ular otda jang qilish yengil nayzalarni otish, kilichbozlik (otda) bilan Shugullangan. Vizantiya va Garbiy yevropa davlatlari arablardan otda yurish va yoydan uk otishni urgandilar. “Chovgan” o`yini ham arablardan urganilgan. XII-XIII asrlarda Chovgan Vizantiya saroy aslzodalarning sevimli tomoshalariga aylandi. Fransiyada “chikane” deb nomlandi. Keyinchalik ot ustida tup o`yini sifatida tarkib topdi. Evropada yangi davlatlarning vujudga kelishi taraqqiyotning barcha soxalarida, Shu jumladan feodallar va xalq ommasining jismoniy tarbiyasiga ham xal kiluvchi ta’sir qilar edi. Feodalizm davrining eng rivojlangan vaktida feodallarning jismoniy tarixi muxim urin oladi. Feodal farzandlari 7 yoshgacha oilada tarbiyalanib 7 yoshdan boshlab maxsus tashkil etilgan ritsarlarni tayyorlovchi maktablarda ta’lim olishar edi. 7 yoshdan 14 yoshgacha bolalar jismoniy tarbiya bilan Shugullanib, bush vaktlarida qurollar eng badavlat feodallarning saroylarida xat vazifasini bajarar edilar. 14 yoshga kirganlar o`smirlar qurol kutaruvchi vazifasini bajarishga utkazilardi. 21 yoshgacha maxsus tayyorganlar ukituvchilar yordamida qurollarni ishlata bilish xarbiy yiginlarda katnashish va boshqa mashqlar bilan Shugullanishar edi. 21 yoshli yigitlar ma’lum sinovdan keyin ritsarlar unvonini olishga muvofiq bulishardi. Ritsarlar bulishi uchun 7 xil vazifani bajarishni bilish kerak: 1. Otda yurish 2. Kilichbozlik 3. Suzish 4. Ov qilish 5. Kamondan yoy otish 6. Shaxmat uynash 7. She’r tukishni bilish kerak edi. Feodal aslzodalarning xarbiy jismoniy tayyorgarligicha va ritsar otryadlarning xarbiy harakatlari tayyorgarligiga yakun edi. Urug`chilik tuzumining yemirilishi jarayonida yangi ishlab chikarish munosabatlarining asoslari kurila bordi: bu yangi ishlab chikarish munosabatlari ishlab chikarilishning rivojlanishi munosabati. Taraqqiy etgan feodalizm davrida ogir qurollangan feodal askarlari otda yurish, ogir kilich, uzun nayza, tukmokni ishlatishar va kuchli, chakkon edilar. Feodallarni tarbiyalashda “etti xil ritsarlik fazilatlari” otda yurish, kilichbozlik, kamalak otish, suzish, ov qilish, Shaxmat uynash va she’r tukishni bilib olishdan iborat edi. 7 yoshdan ancha boy feodal kal’asida paj unvoni berilib ritsarlikga tayyorlash boshlangan. 14 paj qurolbardorlikka utkazilib ular kilich va pshora tikish xukukiga ega bulishgan va maxsus ukituvchilar raxbarligida kalkonlarni kiyib uzok masofaga yugurish, xandak va devordan sakrab utish, kal’a devoriga chikish, suvda suzish, Shaxmat uynash bilan Shugullangan, 21 yoshda ritsarli unvoni berilgan. Ritsarlarning turnirlari xarbiy sport musobakalariga aylanib Fransiya, Germaniya, Angliya, Chexiya, Polsha va Ispaniyada keng utkazilgan. Turnirlar 2 boskichdan: 1-boskich, xarbiy o`yinlar. 2-boskich, sport yakkama-yakka kurashi edi. Turnirlar maxsus maydonda utkazilgan. 2-otryad o`rtasida xujum. XIV asrda uk otadigan qurol paydo bulishi bilan otlik ritsarlar va ritsarlik turnirlari tushkunlikka tushdi. Feodallarning sevimli sport o`yini kichik koptok (xozirgi tennis koptogi) o`yini edi. Katta tup bilan “sul” xalq o`yini rivojlandi (futbolni eslatadi). Feodallar kungil ochish o`yinlarian akrabatika mashqlari edi. Saroyda akrabatika ukituvchilari bor edi. Yovvoyi xayvonlarni ov qilish keng tarkalgan. Vizantiyada to turklar bosib olguncha (1453 yil) sirk tomoshalari, o`yinlari keng tarkalgan edi. Ingliz o`yinlari “kriket”, “sul”, “kemping”, “lapta”ga uxshagan o`yinlar esa nemislarda tarkalgan. XIV asrda Shvetsariyaning 16-18 yoshlik yigitlari maxsus jismoniy tayyorgarlikni utar edilar. Download 20.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling