O’rta asrlarda Yevropada falsafiy fikrlar taraqqiyoti Reja


partiyalarga, mafkuraga singdirishga harakat qildi


Download 305.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi305.55 Kb.
#1761100
1   2
Bog'liq
O’rta asrlarda Yevropada falsafiy fikrlar taraqqiyoti


partiyalarga, mafkuraga singdirishga harakat qildi. 
XX asrning boshlaridan 80 — yillarning oxirigacha dunyoning juda katta 
hududida hukmronlik qilgan bu mafkura sobiq Ittifoq tarqalishi bilan uning 
hududida o’z ustuvorligini yo’qotdi. Uning katta salbiy oqibati ayniqsa o’tmish 
madaniy va falsafiy merosiga bo’lgan munosabatda yaqqol namoyon bo’ldi. Bu 
falsafaning metodologik prinsiplari — sinfiylik va partiyaviylik holis hulosalar 


chiqarishga imkon qoldirmas edi. ularga mos kelmaydigan har qanday ta’limot 
qoralanar, hatto butunlay inkor qilinardi. O’tmish merosining qay darajada 
umumbashariy, umumjahon ahamiyatiga ega ekaniligi e’tibordan chetda qolardi. 
Bu nafaqat umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini mensimaslikka olib kelardi, 
shu bilan birga, ma’lum darajada xalqlarda milliylik ruhini, milliy merosdan 
g’ururlanish ruhini tugatishga qarshi harakat edi. O’tmish merosiga bunday 
yondoshishning zararli tomonlaridan yana biri shunda ediki, oxir-oqibatda o’tmish 
merosi bir yoqlama talqin qilinardi, ko’pincha esa ochiqdan-ochiq 
sohtalashtirilardi. Ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, ma’naviy, mafkuraviy sharoitlarni 
hisobga olmagan holda, o’tmish merosini yuqorida eslatib o’tgan prinsiplar 
qolipiga solib talqin qilinardi. 
Sunggi yillarda sosialistik lakerning parogandalikka uchrashi, sobiq ittifoq 
tarkibiga kirgan ko’pgina jumhuriyatlarda, shu jumladan, O’zbekistonda mustaqil 
milliy davlatlarning vujudga kelishi, ularning o’z xalqi milliy ruhika xos va mos 
mafkura metodologiyasi asosida muvaffakiyatli ijtimoiy-iktisodiy rivojlanib 
borayotganligi marksistik falsafaning xayot talablariga javob beraolmaydigan, 
xalqlarning ruhiga yot bo’lgan gayrimilliy ta’limot ekaniligidan dalolat beradi. 
Bu ta’limotning ba’zi tarafdorlari garbda «neomarksizm» oqimiga birlashganlar. 
Ularning bir qismi marksizmni isloh qilish, zamonga moslashtirishga harakat 
qilsalar, boshqalari esa yana Marksga qaytish lozim, deb hisoblaydilar. Kezi 
kelganda ta’kidlash joizki, marksizmga vaqt o’z bahosini berdi. Ana shu bahoni 
xolis qayd etish bu ta’limotning mustabid tuzum mafkurasiga aylantirilishi qanday 
oqibatlarga olib kelganini yaqqol ko’rsatish uchun asos bo’ladi. Bu esa o’z 
navbatida mazkur ta’limot tug’risida umuman gapirmaslik emas, balki uni tanqidiy 
tahlil etish orqali, mohiyat va mazmunini ochib berish, oqibatlarini yaqqol 
ko’rsatishga imkon yaratadi. 

Download 305.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling