O’rta darajadagi testlar


Download 234.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi234.85 Kb.
#1558927
Bog'liq
O\'rta darajadagi testlar



O’RTA DARAJADAGI TESTLAR
1. Kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchiligi orqasidan 
ortirgan obro’si va qo’lga kiritgan ma’lum ilmiy bazasi nima deb ataladi? 
A) Nomoddiy aktivlar; 
B) Kompaniya imiji; 
C) Moddiy aktivlar; 
D) Kompaniya tovar-moddiy zaxiralari; 
2. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo’lgan moliyaviy ahvolini 
oldindan ko’ra bilish va moliyaviy reja ko’rsatkichlarini asoslash deb nimaga 
aytiladi? 
A) Moliyaviy bashoratlash; 
B) Moliyaviy rejalashtirish; 
C) Moliyaviy tahlil; 
D) Moliyaviy nazorat; 
3. Xalqaro sayohatlarga birinchi bo'lib kredit kartochkalarni ishlatishni taklif 
qilgan korxona? 
A) Dinner's Club; 
B) VISA; 
C) Master Card; 
D) American Express; 
4. O’rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga oshganligini 
ko’rsatuvchi ko’rsatkich …………. deb ataladi. 
A) inflatsiya indeksi; 
B) inflatsiya riski; 
C) inflatsiya darajasi; 
D) inflatsiya nominali; 
5. Moliya tizimining davlat moliyasiga tegishli bo‘g‘inlarini ko‘rsating. 
A) Davlat byudjeti, davlatning maqsadli jamg`armalari, davlat krediti; 
B) Tijorat korxonalari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi; 
C) Respublika va mahalliy byudjetlar, moliya bozorlari; 
D) Davlat korxonalari moliyasi va moliya bozorlari; 
6. Moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik bo’linmalari, 
moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan 
nazorat bu - …. 
A) joriy nazorat; 
B) yakuniy nazorat; 
C) dastlabki nazorat; 
D) ichki nazorat; 


7. Amalga oshirish vaqtiga ko‘ra moliyaviy nazoratning shakllarini 
ko`rsating. 
A) dastlabki, joriy, so‘ngi; 
B) ichki, tashqi, oraliq; 
C) dastlabki, joriy; 
D) dastlabki, oraliq, so‘ngi; 
8. ………….. investitsion portfelning umumiy riskini kamaytirish maqsadida, 
bir nechta riskli ativlarni xarid qilish orqali risk darajasini pasaytirishdir. 
A) Risk sug’urtasi; 
B) Riskni birlashtrish; 
C) Riskni xejirlash; 
D) Riskni diversifikatsiyalsh; 
9. Aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari keltirilgan qatorni belgilang. 
A) Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi koeffitsienti; tovar-moddiy 
zaxiralarning 
aylanuvchanligi 
koeffitsienti; 
aktivlarning 
aylanuvchanligi 
koeffitsienti; 
B) Sotuvlar daromadliligi koeffitsienti; aktivlar daromadliligi koeffitsienti; 
aksiyadorlik kapitali daromadliligi koeffitsienti; 
C) Qarzlar koeffitsienti; foizlarni qoplash koeffitsienti; 
D) Joriy likvidlik koeffitsienti; kritik baholash koeffitsienti; 
10. Kompaniya 
faoliyati 
tahlili 
uchun 
qanday 
asosiy 
moliyaviy 
koeffitsientlardan foydalaniladi? 
A) Rentabellik, aktivlarning aylanuvchanligi, moliyaviy “dastak”, likvidlik, 
bozor qiymati; 
B) Aktivlarning aylanuvchanligi, moliyaviy “dastak”, aksiya bahosi; 
C) Debitorlik 
qarzlarining 
aylanuvchanligi, 
kreditorlik 
qarzlarining 
aylanuvchanligi; 
D) Foizlarni hisoblash, qaytaruvchanlik, aylanuvchanlik; 
11. Moliyaviy rejalashtirishning necha turi mavjud? 
A) 2 turi: strategik va joriy moliyaviy rejalashtirish; 
B) 3 turi: strategik, holisona va joriy moliyaviy rejalashtirish; 
C) 2 turi: strategik va oraliq moliyaviy rejalashtirish; 
D) 2 turi: joriy va oraliq moliyaviy rejalashtirish; 
12. Aylanma kapital deb nimaga aytiladi? 
A) Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi 
farq; 
B) Kompaniyaning aylanma aktivlari; 
C) Kompaniya aylanma aktivlarining joriy majburiyatlariga nisbati; 
D) Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari yig’indisi. 


13. Aktivlarni boshqaruvchi firmalar qanday vazifalarni bajaradi?
A) Ular maslahat beradilar va ko’p hollarda o’zaro va pensiya fondlarini 
hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari 
manfaatlari yo’lida boshqaradilar; 
B) Ular hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish 
uchun zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beradi; 
C) Ular banklarni moliyalashtirishda vositachi bo’lib xizmat qiladi; 
D) Ular hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish 
uchun zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beramaydi; 
14. Axborot xizmatlarini ko’rsatuvchi firmalar nima bilan shug’ullanadi?
A) Moliyaviy axborotlarni yig’ish va tarqatish bilan shug’ullanishadi; 
B) Moliyaviy maslahat beradilar va ko’p hollarda o’zaro va pensiya fondlarini 
hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari 
manfaatlari yo’lida boshqaradilar; 
C) Hukumat va boshqa tashkilotlarga o’z faoliyatini moliyalashtirish uchun 
zarur mablag’larni jalb qilishga yordam beradi; 
D) Sug’urta kompaniyasining yoki brokerlik firmasining bir bo’lagi bo’lishi 
mumkin; 
15. Biror bir korporatsiya o’z moliyaviy hisobotini chop etirsa unga nima ilova 
qiladi? 
A) Tushuntirish xati; 
B) Majburiyatlarini ro’yxati; 
C) Asosiy vositalari ro’yxati; 
D) Aksiyadorlar kengashi xulosasini; 
16. Moliyaviy leverij bu ……………….. 
A) Kompaniyaning qarz majburiyatlarini o’z kapitaliga nisbati; 
B) Korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi; 
C) Debitorlik qarzlarining aylanuvchanligi; 
D) Kompaniyaning bankrot bo‘lishi ehtimoli; 
17. Moliyaviy hisobot funksiyalarini ko’rsating. 
1) firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda 
o’tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali bo’lgani to’g’risida ma’lumot 
berish; 2) firma egalari va kreditorlariga kompaniya faoliyati samaradorligining 
asosiy reja ko’rsatkichlarini aniqlash; 3) menejerlar faoliyatini tartibga solish 
imkonini berish; 
4) Qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish 
jarayonida foydalanish. 
A) 1,2,3,4; 
B) 1,2,3; 


C) 2,3,4; 
D) 1,3,4; 
18. O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi ..... 
A) oliy tashqi audit va moliyaviy nazorat organi hisoblanadi; 
B) moliya nazoratining yuqori organi hisoblanadi; 
C) davlat nazoratini amalga oshiruvchi yuqori nazorat organi hisoblanadi; 
D) byudjet nazorati va auditi organi hisoblanadi; 
19. Venchur kompaniyalari va investitsion banklarning eng bir-biridan 
farqlanuvchi asosiy jihati to’gri berilgan javobni aniqlang. 
A) investitsiya banklarning mijozlari yirik banklar hisoblansa, venchur 
kompaniyalarning mijozlari faoliyatini endi boshlagan firmalar hisoblandi; 
B) investitsiya banklarning mijozlari faoliyatini endi boshlagan firmalar 
hisoblansa, venchur kompaniyalarning mijozlari yirik banklar hisoblandi; 
C) investitsiya banklarning mijozlari sug’urta kompaniyalari hisoblansa, 
venchur kompaniyalarning mijozlari yirik banklar hisoblandi; 
D) investitsiya banklarning mijozlari faoliyatini endi boshlagan firmalar 
hisoblansa, venchur kompaniyalarning mijozlari pensiya fonlari hisoblanadi; 
20. Uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish orqali 
risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etuvchi moliyaviy vositachi 
tashkilot to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 
A) sug’urta kompaniyalari; 
B) banklar; 
C) o’zaro fondlar; 
D) kredit uyushmalari; 
21. Prezident devoni moliya tizimiga qanday ta’sir ko’rsatadi? 
A) Moliya tizimini faoliyatini tartibga solidi; 
B) Davlat byudjetini ko’rib chiqadi; 
C) Moliyaviy qonunlarni qabul qiladi; 
D) Davlat qarzining tegishlilik darajasini belgilash; 
22. Bir guruh investorlar tomonidan sotib olinadigan va professional 
investitsiya kompaniyasi yoki boshqa biror moliya muassasasi tomonidan 
boshqariladigan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa aktivlarning tashkiliy 
shakllantirilgan to‘plami …………… deb ataladi. 
A) o’zaro fondlar; 
B) investitsion banklar; 
C) sug’urta kompaniyalari; 
D) kredit uyushmalari; 
23. Bir aksiya hisobidan sof aktivlar bahosi ko’rsatkichi (NAV –net assets 
value) qanday aniqlanadi? 


A) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular 
muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga bo‘linadi; 
B) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular 
muomalaga chiqargan barcha aksiyalar soniga ko’paytiriladi; 
C) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular 
muomalaga chiqargan barcha aksiyalar qiymatiga bo‘linadi; 
D) fond portfelidagi barcha qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati ular 
muomalaga chiqargan barcha aksiyalar qiymatiga ko’paytiriladi; 
24. Amalga oshirsa bo’ladigan rejalardan eng yaxshisini tanlashga yordam 
beradigan miqdoriy model ……………………………. deb ataladi. 
A) optimallashtirish modeli; 
B) diskontlash modeli; 
C) byujdet cheklovi modeli; 
D) annuitet modeli; 
25. Ijtimoiy moliyaviy siyosatning tarkibini ko`rsating. 
A) pensiya siyosati, immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga 
moliyaviy yordam ko’rsatish siyosati; 
B) pensiya siyosati, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam 
ko’rsatish siyosati; 
C) pensiya siyosati, immigratsion siyosat; 
D) immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy guruhlariga moddiy yordam 
ko’rsatish siyosati. 
26. Odam bo’lajak davrda bajaradigan ishi uchun oladigan daromadning 
keltirilgan qiymati - …………….deb ataladi. 
A) inson kapitali; 
B) doimiy daromad
C) jamg’arma kapitali; 
D) investitsiya kapitali; 
27. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar 
savdosidan iborat bo’lgan firmalar nima deyiladi? 
A) moliyaviy vositachilar; 
B) moliyaviy oqim; 
C) xalqaro firma; 
D) xususiy firma; 
28. Moliyaviy tizim funksiyalariga quyigilardan qay birlari kiradi? 
1) riskni boshqarish; 2) resurslarni birlashishi va kapitaldagi ishtirok ulushining 
bo’linishi; 3) resurslarni vaqt (zamon) va makonda joylashtirish; 4) hisob - kitob 
to’lov tizimi; 5) informatsion qo’llab quvvatlash; 6) stimullashtirishning psixologik 
muammolarini yechish. 


A) 1,2,3,4,5,6; 
B) 1,3,5; 
C) 2,4,5,6; 
D) 3,5,6. 
29. Investitsion loyihalarda yoki kreditni qaytarish sxemasida bo’lajak pul 
tushumlari yoki to’lovlari yildan yilga o’zgarmay qolishi …………….. deb ataladi. 
A) annuitet; 
B) diskontlash; 
C) sof joriy qiymat; 
D) diskont stavka. 
30. Moliyaviy tizim quydagilardan qaysilarni o’z ichiga oladi?
1) moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi bozorlar; 2) vositachilar va firmalar; 2) 
xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari qabul qilayotgan moliyaviy 
qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institut; 4) mahsulot ishalab 
chiqaruvchi korxonalar; 5) telekomunikatsion tizim. 
A) 1,2,3; 
B) 1,2,3,4,5; 
C) 3,4,5; 
D) 2,4,5. 
31. Keltirilgan qiymati inson kapitaliga teng bo’lgan iste’molga sarflanadigan 
xarajatning doimiy darajasi – ……………………. deb ataladi. 
A) doimiy daromad; 
B) inson kapitali; 
C) jamg’arma kapitali; 
D) investitsiya kapitali; 
32. Har qanday firmani aynan qanday biznes bilan shug‘ullanishini oldindan 
belgilab olish jarayoni … deb ataladi. 
A) strategik rejalashtitrish; 
B) taktik rejalashtitrish; 
C) aniq rejalashtitrish; 
D) to’g’ri rejalashtitrish; 
33. Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgilab olgach, 
kompaniya menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tadqiqot o‘tkaziladigan 
laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxonalar va boshqa uzoq muddatli 
aktivlarni qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning barchasini 
boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak bo‘ladi va bu 
jarayon …... deb ataladi. 
A) investitsiyalarni rejalashtitrish; 
B) aktivlarni rejalashtitrish; 
C) mablag’larni rejalashtitrish; 


D) kapitallarni rejalashtitrish; 
34. “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p foyda keltirishi uchun 
ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra, umumiy manfatlarga 
xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga qanchalik yordam 
berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda tashvishga soladi. 
Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan individ, uning maqsadiga 
kirmaydigan natijaga ko‘rinmas qo‘l tomonidan yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan 
borib, u ko‘pincha haqiqatda qilmoqchi bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning 
rivojlanishiga samaraliroq yordam beradi”. Ushbu fikrlar muallif kim? 
A) A.Smit; 
B) D.Rikardo; 
C) K.Marks; 
D) J.Sey; 
35. Quyidagilardan qaysi biri kredit kartalarga misol bo'la oladi? 1) VISA 
Card; 2) Master Card; 3) American Express Card; 4) Labour Card; 5) UzCard. 
A) 1, 2, 3; 
B) 2, 3, 5; 
C) 1, 2, 4; 
D) 1, 2, 5; 
36. ………….. deb, bahosi boshqa aktivlar, masalan, aksiyalar, qayd qilingan 
daromadga ega qimmatli qog‘ozlar, xorijiy valyuta yoki qandaydir mahsulotlar 
bahosiga bog‘liq bo‘lgan moliyaviy vositalarga aytiladi.
A) Hosilaviy qimmatli qog'ozlar; 
B) Oddiy aksiyalar; 
C) Optsion; 
D) Obligatsiya; 
37. Ichki audit ... 
A) korxonalarda moliya-xo‘jalik faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashish, minimal mavjud resurslardan foydalangan 
holda maksimal foydalilikni ta’minlashga qaratilgan nazorat; 
B) uchinchi shaxs nazorati bo‘lib, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy 
nazorat obyekti bilan bog‘liq faqat o‘zaro munosabatlar savollarini qarab chiqishga 
qaratilgan nazorat; 
C) aniq davr bo‘yicha hamma masalalar bo‘yicha nazorat obyektlarini 
tekshirish va faoliyatini baholashga qaratilgan nazorat; 
D) fondlarining o‘lchami va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi 
mutanosiblikni aniqlashga qaratilgan, auditorlarlik tashkilotlari tomonidan olib 
boriladigan nazorat. 
38. Quyidagilardan qaysi biri BMT qoshidagi nodavlat tashkilot - Oliy Nazorat 
Organlarining Xalqaro Tashkilot (INTOSAI)ni tuzishga sabab bo‘lmagan? 


A) jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish; 
B) ko‘p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi; 
C) jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendentsiyalarining kuzatilishi; 
D) biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi; 
39. Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita 
bo‘yicha foiz stavkasi miqdori qanday omillarga bo’g’liq? 
A) hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati va to’lanmaslik riski; 
B) hisob-kitob pul birligi, to‘lov muddati va mijozning kreditga layoqaliligi; 
C) hisob-kitob pul birligi, mijozning kreditga layoqaliligi va kredit kelishuvi 
shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski; 
D) mijozning kreditga layoqaliligi, to‘lov muddati va kredit kelishuvi 
shartlarining qarz oluvchi tomonidan bajarilmaslik riski; 
40. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining qanday bahosi uning mulki bahosidan 
uning qarz majburiyatlari summasini ayirish orqali aniqlanadi? 
A) sof bahosi; 
B) orttirilgan bahosi; 
C) brutto bahosi
D) to’la bahosi. 
41. Kredit kartochkalaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni taklif qiluvchi 
firmalar ushbu kartochkalardan qanday foyda oladilar? 
A) kartochkalarni qo‘llagan holda tovarlar sotishni amalda qo‘llayotgan 
chakana savdogarlar to‘layotgan komission va kartochka egalariga kreditdan 
foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to’lovlaridan; 
B) hisobdagi qoldiq va kartochkaning o'g'irlanishidan; 
C) operatsiyalarning o‘tkazilishiga sarflangan xarajatlari va kartochka 
egalariga kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to’lovlaridan; 
D) kartochka egalari o‘z majburiyatlarini qoplash qobiliyatiga ega 
emasliklardan; 
42. Qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang? 
A) qarz majburiyatlari; 
B) aksiyalar; 
C) hosilaviy qimmatli qog‘ozlar; 
D) valyutalar; 
43. Quyidagilardan qaysilari moliya tizimini harakatlantiruvchi elementlar 
hisoblanadi? 
A) oldi – sotdi savdolari, debitor va kreditorlik qarzlari, kreditlar; 
B) oldi – sotdi savdolari; 
C) telekomunikatsiya bozori; 
D) debitor va kreditorlik qarzlari; 


44. ………... deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha ma’lum bir 
aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa sotish 
majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi;
A) Forvard kontaktlar; 
B) Sug'urta polisi; 
C) Schot-faktura; 
D) Ishonchnoma; 
45. Korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlarning direktorlar 
kengashi orqali tayinlasalar, menejerlarning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
A) imkon qadar aksiyadorlar manfaatlarini ko’zlab qaror qabul qilishdan; 
B) faqat korporatsiyani manfatini himoya qilishdan; 
C) yangiliklar yaratishdan; 
D) daromadni ko’paytirishdan; 
46. Asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum parametrlariga, masalan, 
muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat siyosati vazifalarini amalga 
oshirishga ko’maklashishdan iborat bo’lgan moliyaviy vositachilar kimlar?
A) Markaziy banklar; 
B) Tijorat banklari; 
C) O’zaro fondlar; 
D) Investitsiya institutlari; 
47. Takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz 
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun 
ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga 
yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlash …………. deyiladi. 
A) moliyaviy siyosat; 
B) moliyaviy nazorat; 
C) moliyaviy bashoratlash; 
D) moliyaviy tartibga solish; 
48. Moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi ... 
A) jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmush darajasi va sifatini 
oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratishdir; 
B) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish 
uchun moliyaviy sharoitlarni yaratishdir; 
C) jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish 
uchun moliyaviy sharoitlarni yaratishdir; 
D) jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti va aholi turmush darajasini oshirish uchun 
moliyaviy sharoitlarni yaratishdir; 
49. Quyidagilardan qaysilari moliya tizimini harakatlantiruvchi elementlar 
hisoblanadi? 


A) oldi – sotdi savdolari, debitor va kreditorlik qarzlari, kreditlar; 
B) oldi – sotdi savdolari; 
C) telekomunikatsiya bozori; 
D) debitor va kreditorlik qarzlari. 
50. Quyidagilardan qaysi biri Davlat kreditining funksiyasi hisoblanmaydi? 
A) rag`batlantirish;
B) taqsimlash; 
C) nazorat; 
D) tartibga solish.
 

Download 234.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling