O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi baliqchilik asoslari
Download 1.19 Mb.
|
Баликчилик асослари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ola xumbosh
- Uchlabbaliq
21-rasm. Moybaliq.
Moybaliq (Chalcalburnus chalcoides) — jumurbaliq, xom- baliq; karpsimonlar oilasining bir turi. Orol, Kaspiy, Qora va Azov dengizlari havzalarida tarqalgan. O‘rta Osiyoda Sirdaryo va Amudaryodan tashqari Zarafshonda va u bilan bog‘liq suv omborlarida ham ko‘p uchraydi. Ba’zilari chuchuk suvda turg‘un yashasa, boshqalari o‘tkinchi bo‘ladi, Orol moy balig‘i esa sho‘rroq suvda o‘troq yashaydi. Bu baliqning tangachalari nisbatan yirik, boshi kichkina bo‘lsa ham ko‘zi ancha katta, og‘zi yuqoriga qaragan. Uzunligi 40 sm liklari ham bo‘ladi, lekin 24—25 sm lilari ko‘proq uchraydi. Og‘irligi 800 g. O‘troq yashaydiganlari sekin, chala o‘tkinchilari tez o‘sadi. Qorin suzgichi bilan anal suzgichining o‘rtasida o‘tkir qirrali pushtagi bor. Rangi suvning ustki qatlamida yashovchi baliqlarning rangiga o‘xshash bo‘lib, usti qora-ko‘kimtir tusda tovlanib turadi. Yon va qorin tomoni kumushrang, suzgichlari- ning osti pushti, chetlari kulrang. Moybaliq 2 yoshida voyaga yetadi. 40 mingtacha yopishqoq uvuldirig‘ini may oyida kechasi tashlaydi. Uvuldirig‘i suv tagidagi tosh va o‘simliklarga yopishib qoladi. Chavoqlari planktonlar bilan, kattalari qisqichbaqasimonlar, molluska, hasharot qurtlari bilan oziqlanadi. Yemish izlab kechasi suv betiga chiqadi, kunduzi suv tagiga tushadi, ya’ni vertikal migratsiya qiladi. Chala o‘tkinchilarining go‘shti mazali, yog‘li va xushbo‘y. Bu baliq to‘r bilan ovlanadi. Bakra (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining bakrasimonlar oilasiga mansub. Kaspiy va Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Qora va Azov dengizlarida kam uchraydi, 22-rasm. Bakra. so‘nggi yillarda Balxash ko‘lida iqlimga moslashtirilgan. Bak- raning boshqa suv havzalaridan ajralgan dengizlarda yashashi bu dengizlar bir zamonlari o‘zaro qo‘shilgan yagona havza bo‘lganligini ko‘rsatadi. Kaspiy dengizidan uvuldirig‘i olib kelinib, Orol dengizida ko‘paytirilgan. Uzunburun bakra (shokir) e’tiborga olinmasa, bakralar urug‘ining O‘zbekistondagi birdan bir vakili bo‘lgan mazkur bakra bu urug‘ning boshqa vakillaridan pastki labi ik- kiga ajralmagani, birinchi orqa cho‘gri tikanli plastinkachasi boshqalaridan kattaligi va mo‘ylovlari shokilali bo‘lishi bilan farq qiladi. Tanasining cho‘girlari 5 qator, orqasida 11—17 ta, yon to- monida 55—67 ta, qornida esa 15—16 cho‘gri bor. Eng yirik bakraning bo‘yi 2 m dan ortiqroq, og‘irligi 21—23 kg gacha. Orol bakralarining og‘irligi 16—18 kg, voyaga yetgan Kaspiy bakra- larida erkagining og‘irligi 6—45, urg‘ochisining vazni 8—78 kg bo‘ladi. Urg‘ochi bakra bo‘y jihatdan erkagi bilan bir xil bo‘lsa-da, vazni unikidan og‘irroq. Kaspiy bakrasi Orol bakrasiga qaraganda tez o‘sadi, 10 yasharining bo‘yi Amudaryoda o‘rtacha 110,8 sm, Kura daryosida 130 sm. Ularning o‘rtacha og‘irligidagi farq yana ham ko‘proq. O‘tkinchi baliq, hayotining bir qismini dengizda o‘tkazsa, urchish davrida daryoga o‘tadi. Urg‘ochisi 14 (ba’zan 12—13) yoshida, erkagi esa 9 (ba’zan 6—8) yoshida voyaga yetadi. Orol dengizida yashaydigan bakralar urchish uchun aprelning o‘rta- larida Sirdaryo va Amudaryo mansabida to‘planib, daryoning yuqorisidagi uvuldiriq tashlaydigan yerlariga suzib ketadilar. Ular, ayniqsa, katta suv toshqini vaqtida gala hosil qilishadi. Sirdaryoda Chinoz bilan Bekobod o‘rtasidagi, Amudaryoda esa Nukus hamda uning yuqorisidagi sayoz va toshloq yerlarda uvuldiriq tashlaydi. Sirdaryoda urchiydigan yeriga yoz davomida ikki ming km masofani bosib, sentabr oyining oxirlarida yetib keladi. Qishni loy bosgan chuqur kamarlarda o‘tkazadi, aprel- ning o‘rtalarida (Kura daryosida may-iyunda) tuxum tashlaydi. 1290000 tacha uvuldirig‘ini tashlagandan keyin ortiga qaytadi va bir yil deganda Orol dengiziga yetib boradi. Kelasi yil yana ur- chish uchun daryoga o‘tadi. Qisqasi, bakra 2 yilda 1 marta urchiydi. Daryo oqizib ketgan chavoqlari 12 yoshga kirguncha dengizda yashaydi, so‘ngra urchish uchun daryoga o‘tadi. Lekin Kura daryosida chavoqlarining ma’lum qismi bir qancha vaqtgacha uvuldiriqdan chiqqan yerida yashaydi. Bu bakra shokir, rus bak- rasi, beluga bilan qo‘shilishib, duragay hosil qiladi, duragaylarni faqat tajribali baliqchilargina ajrata oladi. Bakralar aterina, buzoqchabaliq, kilka kabi mayda baliqlar, molluska, xironomik, yonsuzar va ularning murtaklari kabi turli xil umurtqasiz jonivorlar, ba’zan ularning uvuldiriqlari bilan ham oziqlanadi. Voyaga yetgan baliqlar bahorda juda xo‘ra bo‘ladi, qishda ovqatdan qoladi. Ola xumbosh (Hypophthalmichthys molitrix) — karpsimonlar oilasining bir turi. Janubiy Xitoy daryolarida tarqalgan. Issiqsevar va tez o‘suvchi baliq. O‘rta Osiyoga xumboshbaliqning chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. Boshi biroz katta, ko‘krak suz- gichi ancha uzun. Ola xumbosh suv o‘simliklari va zooplanktonlar bilan oziqlanadi, shuning uchun ichagi qisqaroq. Xitoyning shimolida og‘irligi 15 kg bo‘lganida, 6—7 yoshida, Xitoyning janubida er- taroq, og‘irligi 6—7 kg bo‘lganida 4 yoshida voyaga yetadi. O‘rta Osiyoda esa vazni 10 kg da 5 yoshida voyaga yetadi. Mingtacha uvuldirig‘ini suvning o‘rta va ostki qatlamlariga tashlaydi. Ola xumbosh ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan, lekin uni O‘rta Osiyoda hovuz xo‘jaligida ko‘paytirish choralari ko‘rilmayapti. Ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi. Xumbosh O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi yirik shaharlar atrofida tash- kil etilgan hovuz xo‘jaliklaridan ko‘paytirilayotganligi sababli Toshkent kabi katta shaharlar aholisini yangi, hatto tirik baliq bilan to‘la ta’minlash mumkin. Uchlabbaliq (Opsariichthys uncirostris) — karpsimonlar oilasining bir turi. Amur havzasi, Xitoy, Yaponiya va Koreyada tarqalgan, chuchuk suv balig‘i. O‘rta Osiyoga 1960-yili uzoq sharqning qimmatli ovlanadigan baliqlaridan xumbosh va oq amur chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. O‘lkamizning sharoitiga moslashib, ko‘payib ketgan, chunonchi, Chirchiq hovuz-baliq xo‘jaligida boqiladi. Tabiiy tarqalgan yerlarida eng yiriklarining bo‘yi 32 sm gacha boradi. Amur daryosida yashaydiganlarining uzunligi 16 sm gacha. Uchlab baliqning tanasi cho‘zinchoq, tangachalari zich o‘rnash- gan. Og‘zi keng, dumosti suzgichi ancha katta. Bu baliqning hayoti yaxshi o‘rganilmagan. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling