O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Sonlarning tartib va miqdor ahamiyati


Download 2.5 Mb.
bet31/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Sonlarning tartib va miqdor ahamiyati

Besh yoshli bolalar turmushda tartib sonlardan foydalan- salarda, ko'pincha ularni noto'g'ri, miqdor sonlar o'rnida ish- latadilar. Shuning uchun tartib sonlarning ahamiyatini tushuntirib berishlari zarur.
Sonning tartib ahamiyatini ochib berish uni sonlarning miqdo­riy ahamiyati bilan taqqoslashi imkonini beradi. Narsalaming nechta ekanligini bilish kerak bo'lganida ular bir, ikki, uch, to'rt va hokazo deb sanaydilar. Ya’ni, shu tartibning o'mini topish uchun boshqacha sanaladi. „Nechanchi? Sanoq bo'yicha nechanchi?“, — savoliga javob berayotib: „Birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo“, — deb sanaladi.
Bolalar ko'pincha nechanchi? qanday? savollarini bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Keyingi savol narsaning sifat xossalarining rangini, o'lchamini ajratib ko'rsatishni talab etadi. Qancha?, nechanchi?, sanoq bo'yicha nechanchi?, qanday? savollarini
navbatma-navbat ishlatish ularning ma’nosini ochib ko‘rsatish imkonini beradi.
Bolalarga qancha? so‘rog‘iga javob berish uchun narsani qanday tartibda sanashning ahamiyati yo‘q ekanligi haqida bir necha bor aytib o‘tilgan. Ular endi narsaning boshqa narsalar o‘rtasidagi tartibini aniqlash uchun qay tartibda sanash muhim ahamiyatga ega ekanligini bilib oladilar. Pedagog (tarbiyachi) ayni bir narsalami har xil yo‘nalishlarda sanab ko‘rsatadi. U quyidagicha tushuntiradi. Masalan, yettita tasma ichida ko‘k rangli tasma sanashni chapdan o‘ngga qarab boshlasak, u uchinchi o‘rinda turadi.
Bolalar narsalaming o‘rnini aniqlash uchun ularni har xil yo‘nalishlarda sanab ko'radilar. Narsalar — sanoq bo‘yicha nechan- chi o‘rinda ekanligini aniqlash uchun sanash yo‘nalishini ko‘rsatish (chapdan uchinchi, o‘ngdan beshinchi va hokazo). Sanoq materiali sifatida dastlab rangi va o'lchami bilan bir-biridan farq qiluvchi bir xil narsalar, masalan, rangli tasmalar yoki doirachalar, har xil balandlikdagi archa va hokazolar, keyinchalik esa har xil ko‘rinishdagi narsalai yig‘indisi, masalan, o‘yinchoqlar ishlatiladi. Bolalar har xil o‘lchamdagi qog‘oz tasmasi va shu kabilar asosida ham tartib bilan sanashni mashq qiladilar.
Bolalar tartib bilan sanashni mashq qilishlari natijasida nar­saning o‘rnini aniqlaydilar. Tartib bo‘yicha aniq o‘rinni topadilar. Ba’zi bolalar narsalarning o‘rnini aniqlayotib, tartib sonlami miq- dor sonlar bilan almashtirib yuboradilar. Pedagog (tarbiyachi) bolalaming qanday sanayotganliklarini eshitib turadi va ulaminig xatolarini ko‘rsatadi.
Tartib bilan sanash ikki yoki undan ortiq narsalar to‘plamini taqqoslash, figuralar gumhini narsalami o‘lchamlari bo‘yicha joylashtirish bilan qo‘shib olib boriladigan aralash mashqlar, ayniqsa samaralidir.

0

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10




До воаоДо


  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling