O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Reanimatsiyada jadal kuzatish va jadal parvarish qilish
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash bolimining vazifalari
- 1.5. Reanimatsiya hamshirasining vazifalari
- 1.6. Reanimatsiya yoki jadal kuzatish bolimida hamshiraning ish ornini togri tashkil etish
- Anesteziologiya va reanimatologiyada laboratoriya tahlillari va tashxislash usullari.
- Anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash boiimlarida sanitariya-epidemiologik rejimi hamda bemorlar shaxsiy gigiyenasini saqlash.
- 1.7. Anesteziologiya-reanimatologiya boiimlari va jadal davolash palatalarida tegishli hujjatlarni olib borish
1.3. Reanimatsiyada jadal kuzatish va jadal parvarish qilish Reanimatsiyaga keltirilgan bemorga darhol tez yordam ko'rsatiladi. Buning uchun bemor ko'rsatkichlari (tomir urishi, arterial qon bosimi, organizm harorati, nafas olishlar soni va holati, drenajlardan chiqadigan suyuqliklar miqdori, quyilgan suyuqlik miqdori, undan keyin sodir bo'ladigan bemor holatini, ajralib chiqqan siydik miqdori, vaqti, rangi, agar fistulalar qo'yilganbo'lsa, ulardan ajraladigan suyuqlik miqdori, quyi venoz bosimi, ajralgan ter miqdori, boylamlar holati, bemorning o'zini qanday tutishi va ichirilgan suyuqlik miqdori yoki boshqa holatlar)ni reanimatsiya varag'iga yozib borib, navbatchilik tugagandan so'ng uni jamlashtirib yuqorida qilingan ishlarni o'z imzosi bilan tasdiqlab borishga jadal kuzatish deyiladi. Jadal parvarish qilish ham reanimatsiyaning davomi hisoblanadi. Chunki og'ir holatga tushgan bemor bunday parvarishga muhtojdir, uning organizmi infeksiyaga va boshqa tasodifiy asoratlar sodir bo'lishiga juda moyil bo'lib, noxushlik holatini keltirib chiqarishi mumkin. Jadal kuzatish va jadal parvarish qilishga koma, shok holatida yotgan bemorlar juda muhtoj bo'ladilar. Ular uchun dori-darmondan ko'ra parvarish muhim ro'l o'ynaydi. 1.4. Anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash bo'limining vazifalari Anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash xizmatining asosiy funksional tuzilishini anesteziologiya-reanimatologiya bo'limi tashkil qiladi. Kasalxonalar, anesteziologiya-reanimatologiya va jadal davolash bo'limlarining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 445- sonli buyrag'ida ko'rsatib o'tilgan bo'lib, quyidagilardan iborat:
reanimatsiya va jadal davolashga muhtoj bo'lgan bemorlarning, zamonaviy davolash usullarini qo'llab, hayot uchun zarur bo'lgan a'zolarining ish faoliyatini tiklash; rejali va shoshilinch kelgan bemorlarni og'riqsizlantirishga tayyorlash va og'riqsizlan-tirish usullarini aniqlash; tashxis qo'yish, turli nil tekshirishlar va muolajalarda hamda tug'uruqlarda og'riqsizlan-tirishni tashkil qilish; kasalxonadagi tibbiyot xodimlarining reanimatsiya sohasidagi malakalarini oshirish; boshqa bo'limlardagi reanimatsiya va jadal davolashga muhtoj bemorni reanimatsiya bo'limiga ko'chirish va ularni og'ir holatdan chiqarishda jadal davolash va reanimatsiya usullarini qo'llash, ahvoli yaxshilangandan so'ng kerakli bo'limga ko'chirish; reanimatsiya bo'limidagi bemorlarning hayot uchun zarur bo'lgan a'zolarining ish faoliyatini tiklanishiga qadar reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo'llash; qabulxonaga og'ir holatda keltirilgan bemorlarga reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo'llab, terminal holatga tushmaslik choralarini ko'rish; — harakatdagi reanimatsiya xodimlari bilan doimiy aloqada bo'lib, zarur bo'lganda tashkiliy va nazariy hamda amaliy tarzda yordam berish; operatsiya paytida organizmni turli xil shikastlardan asrash va og'riqsizlantirish va operatsiyadan keyingi davrda bemorni kuzatish; kasalxona bo'limlarida o'tkazilgan muolajalar natijasida kelib chiqqan asoratlarni, noxush holatlarni o'rganib, shifokorlar konferensiyasida ma'ruza qilib, oldini olish choralarini ko'rish. Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limining katta hamshirasi vazifasiga bo'limdagi hamshiralardan tajribalisi, ishini biladigan va o'z kasbiga javobgarlikni sezadigan, vijdonli, boshqalarga qaraganda bilimdon, talabchan, oliy toifali yoki malakali hamshiralardan bin tayinlanadi. Katta hamshiraga bo'limdagi hamma o'rta va kichik tibbiyot xodimlari bo'ysunadilar. Katta hamshiraning vazifalari quyidagilar: — ish davomida kasalxona va bo'limga taalluqli bo'lgan ko'rsatma va buyraqlarga bo'ysungan holda ishni tashkil qiladi; — bo'lim boshlig'i bo'lmaganda, javobgar anesteziolog-reanimatologga bo'ysunadi; reanimatsiya bo'limi vazifalariga asoslangan holda bo'limdagi o'rta tibbiyot xodimlarining ish jadvalini, o'rganiladigan mavzular jadvalini tuzadi va bo'lim boshlig'i bilan birgalikda tasdiqlaydi; bo'limdagi mehnat intizomi va texnika xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena holatining to'g'ri saqlanishini ta'minlaydi; bo'limdagi apparatlar, asbob-uskunalarning saqlanishi, ishlatilishi va ta'mirlanishini nazorat qiladi; bo'limdagi dori-darmonlarning saqlanishi, sarf bo'lishi va ta'minlanishini hamda ularning yaroqli muddatini nazorat qilib boradi; bo'limdagi narkotik dori-darmonlarning saqlanishi va qo'llanilishini nazorat qiladi; bo'limda ishlatiladigan asboblar va anjomlarning yuqumsizlantirilishini nazorat qiladi; bo'lim hamshiralarining bilimini oshirish yuzasidan amaliy ishlar qiladi va konferensiya mavzularini bo'lim boshlig'i bilan tuzadi. Uni jadval asosida o'tishini nazorat qiladi. Katta hamshira hamma o'rta va kichik tibbiyot xodimlariga ko'rsatmalar beradi, bo'lim boshlig'iga yaxshi ishlagan xodimlar ro'yxatini taqdim etadi, kasalxonadagi hamshiralar kengashida qatnashadi, bundan tashqari uch yilda bir marta o'qib o'z bilimini oshiradi. 1.5. Reanimatsiya hamshirasining vazifalari Reanimatsiya hamshirasi vazifasiga anesteziologiya va reanimatsiya sohasi bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan o'rta tibbiyot xodimi tayinlanadi. Hamshira:
bo'lim boshlig'i, bo'lim katta hamshirasi hamda to'g'ridan-to'g'ri anesteziolog-reanimatolog shifokorga bo'ysunadi; bo'limdagi hujjatlar va buyruqlar, ko'rsatma va holatlarga tayangan holda ish ko'radi; ish davomida bo'limdagi narkoz, sun'iy nafas berish apparatlarini hamda zarur boshqa barcha asbob va jihozlarni tayyorlash hamda ishlatishni bilishi shart; infuzion terapiyada har qaysi bemor uchun kerakli dori-darmon va parvarish jihozlarini tayyorlaydi; aseptika, antiseptika, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qiladi; o'z bilimini oshirib boradi; shifokor anesteziolog nazorati ostida bemorni narkoz berishga tayyorlaydi. U sun'iy nafas o'tkazishni, donordan qon olishni va qon guruhlarini aniqlashni, to'g'ridan-to'g'ri qon quyishni va qon quyish yo'llarini, elektrokardiogrammaga yozishni va taxminan uni o'qishni bilishi kerak; bemorning nafas yo'llarini, o'pkani lavak qilish hamda lavak tarkibidagi dorilarni aniqlay bilishi kerak; infuzion terapiyadan keyin o'z-o'zidan bo'ladigan qaltirash va sovuq qotishlarda bemorga yordam bera olishi; kislorod bilan davolash, vaqti-vaqti bilan kislorod berish va bu maqsadda qaysi asboblarni tayyorlashni, ballonlar bilan muomala qilishni bilishi, kislorod bilan davolash asoratlari va uning oldini olish choralarini bilishi kerak; o'z ishi davomida elektr asboblar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi; kuzatuvda boigan bemorlarning ko'rinishiga, ko'rsatkich va tahlillariga qarab xavf-xatar yaqinlashib kelishini sezishi, oldindan tegishli choralarni ko'rishi kerak. Sun'iy nafas berish apparatlari bilan ishlaganda hamshira ularning ko'rsatkichlariga qarab bemorda salbiy tomonga o'zgarish sezsa, darhol shifokorni chaqirishi yoki bemorni apparatdan ajratib, qo'H bilan sun'iy nafas berishni davom ettirishi kerak (4-rasmga qarang). Traxeostoma, o'mrovosti venasiga, siydik qopchasi yoki epidural bo'shliqqa qo'yilgan katetrlarning holatini kuzatib turadi. Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limidagi hamshiralarning ishi boshqa bo'limdagi hamshiralar ishidan farq qiladi. Bu bo'limda 1—2 ta bemorga bitta hamshira qaraydi, ba'zan zudlik bilan bir nechta muolaja qilishga to'g'ri keladi. Bu esa hamshiradan puxta bilim, sof vijdon va chaqqonlik talab qiladi. 1.6. Reanimatsiya yoki jadal kuzatish bo'limida hamshiraning ish o'rnini to'g'ri tashkil etish Hamshiraning ish o'rnini to'g'ri tashkil etish bemorlar ahvolini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Reanimatsiya palatalari yoki reanimatsiya bo'limlarida mavjud jihozlarni ishchan holatda tayyorlab qo'yishdan maqsad har qanday tasodif va baxtsiz hodisalarga malakali yordam ko'rsatishdir. Reanimatsiya palatalarida hamshiraning ish o'rni palata ichida boiadi, bu bemor organizmida bo'ladigan o'zgarishlar va boshqa ko'rsatkichlarni o'z vaqtida aniqlab, tegishli yordam ko'rsatish imkonini beradi. Bemor reanimatsiya bo'limiga qabul qilingandan so'ng, hamshira birinchi navbatda qilinadigan ishlar tartibini tuzadi, sun'iy nafas berish apparatida turgan bemorlarga alohida e'tibor beradi. Navbatchilikni qabul qilayotgan hamshira dori-darmondan tortib, xonadagi barcha asboblar ishga taxtligini tekshiradi. Bundan tashqari hujjatlarga alohida e'tibor berishi zarur. Reanimatsiya palatasida asbob-uskunalar yetarli bo'lishi, palata shinam, yorug' bo'lishi, har bir bemor o'rni oldida kislorod yostiqchasi, kislorod berish uchun tegishli apparatura va maskalar, katetrlar, sun'iy nafas berish apparati, reanimatsiya stolchasi yoki shkaf, dorilar yoki ayrim preparatlar, qon va plazmani saqlash uchun sovutkich, steril holda tayyor turgan venapunksiya, venaseksiya qilish uchun asboblar to'plami; yozuv stoli, stullar, aloqa tizimi, har bir bemor xohlagan holatini egallashi uchun maxsus karavot bo'lishi kerak. Bunday karavot muolajalar o'tkazish, intubatsiya qilish hamda tegishli yordam berish uchun qulaydir. Palatada qon bosimini o'lchash asbobi, termometr, bemorlarni qo'lda ko'chirish uchun moslamalar, o'zi yuradigan aravachalar yetarli bo'lishi, qo'l yuvish moslamalari, tuvaklar va idishlar bo'lishi kerak; dorilar qo'yish uchun shkaf, palatani mikroblardan tozalash uchun kvars lampalari, havoni tozalash uchun konditsioner va yoritkichlar, zarur bo'lganda bemorlar karavotlari orasiga qo'yiladigan ko'chma to'siqlar, narkotiklar saqlash uchun maxsus temir shkaf va boshqalar bo'lishi lozim.
Palatalar bemorlar va kasallik (miokard infarktlar, ope-ratsiyadan keyingi bemorlar, yiringli kasalliklar uchun va hokazolar) turiga qarab bo'linadi. Reanimatsiya zali — reanimatsiya bo'limining asosi bo'lib, kattaligi 24—30 m2 ni tashkil qiladi, zal operatsiya xonasidek shinam, toza bo'lib, kvars lampasi bilan ta'minlanishi kerak. Reanimatsiya zaliga bemorlar ahvojiga qarab boshqa bo'limlar, palatalar yoki tez yordam mashinasidan – to`g`ri keltirilishi mumkin. Shuning uchun ham zalda yuqorida sanab o'tilgan hamma asbob-uskunalar va dori-darmonlar bo'lishi shart. Zalda defibrilyator va monitorning bo'lishi bemorning ahvolini kuzatish va kerak bo'lganda unga zudlik bilan yordam ko'rsatishda muhim rol o'ynaydi. Bemorlar zalda 2—3 soatdan bir necha kungacha davolanishlari mumkin. Zalga keltirilgan bemorlarning ahvoli to'satdan og'irlashib qolishini hisobga olib "navbatchi tizim" doim tayyor turish kerak. Reanimatsiya zalida ishlaydigan hamshira jarrohlik bo'limidagi yoki operatsiya hamshirasi ishlarini yaxshi bilishi zarur. Reanimatsiya zali jarrohlik bo'limiga taalluqli buyruqlarga bo'ysunadi va shu buyruqlar asosida ish ko'radi. Izolator — ahvoli og'ir, lekin hali tashxisi mavhum bo'lgan bemorlar yotqiziladigan joy bo'lgani uchun, u yerda yotgan bemorlarga ishlatilgan asbob-uskunalar alohida bo'lishi va ishla-tilgandan so'ng ham alohida zararsizlantirilishi shart. Izolator ham reanimatsiya palatasidek jihozlanadi va talablari ham bir xil. Ekspress laboratoriya — reanimatsiya bo'limining asosiy qismlaridan hisoblanib bo'lim yonida yoki ichida bo'lishi ishda ancha qulaylik yaratadi, chunki ayrim bemorlardan har soat va har damda tahlillar olib turishga va shunga qarab ish tutishga to'g'ri keladi (laboratoriya yo'li bilan kuzatish). Bu qism xodimlariga ham reanimatsiya hamshiralari yoki xodimlariga qo'yiladigan talablar qo'yiladi. Laborant yetishmaganda bo'limdagi hamshira laborant vazifasini bajaradi. Laboratoriyaning jihozlanishir ish sharoitiga qarab, intensiv palatadan farq qiladi. Bulardan tashqari, bo'limda xo'jalikxonalari, yechinib-kiyinadigan xonalar, xodimlarning dam olishi, ovqatlanishi uchun maxsus xonalar, shifokorlar xonasi bo'lishi zarur. Anesteziologiya va reanimatologiyada laboratoriya tahlillari va tashxislash usullari. Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlarini tashkil qilishda ekspress laboratoriyaning tutgan o'rni juda muhim. Yuqorida qayd qilganimizdek, bu yerda ishlaydigan laborantlar maxsus tayyorgarlikdan o'tgan, yuqori toifali bo'lishlari kerak, chunki ularning bergan xulosasi davolash usulini aniqlab beradi. Boshqacha aytganda bemorning taqdiri ularning bergan ma'lu-motlariga bog'liq. Ekspress laboratoriya va uning xodimlari reanimatsiya bo'limiga bo'ysunib, ularning vazifalari shifokor reanimatolog va hamshiralarniki kabidir. Laboratoriya sutka davomida ko'pgina ko'rsatkichlar bo'yicha tekshirishlar o'tkazib berishi kerak. Gemoglobin — qizil qon tanachalari tarkibida bo'lib, kislorod tashuvchi vazifasini bajaradi, uni aniqlash uchun chap qo'lning to'rtinchi barmog'idan qon olinib, xlorid kislotali gemometrga solinadi va suyultiriladi (standart eritmasiga qarab), javobi g/1 da beriladi. Gemotokrit — qon zardobining eritrotsitlarga nisbati, yo'qotilgan qon miqdorini aniqlashga yordam beradigan ko'rsatkich. Uni aniqlash uchun maxsus shisha idish geparin eritmasi bilan chayqaladi, „P" belgisigacha barmoqdan qon olinadi va sentrafuga qilinadi, 30 daqiqadan so'ng javobi gr. foiz hisobida beriladi; normada 42—48 gr foizgacha bo'ladi. Ayol bilan erkaklar qoni tarkibidagi gemotokrit 3—4 gr foizga farq qiladi. Qonning ivish tezligini aniqlash uchun to'rtinchi barmoqdan shisha plastinkaga qon olinadi va vaqt bo'yicha qonning ivishi aniqlanadi. Norma bo'yicha 3 daqiqadan boshlab 5 daqiqagacha iviydi. Erkin gemoglobinni aniqlash uchun barmoqdan qon olinib, xlorid kislota eritmasiga qo'shiladi, o'ttiz daqiqa kutiladi; FEKda ham o'lchanadi. Normal holatda erkin gemoglobin bo'lmasligi kerak. Bu ko'rsatkichlarga qarab gemoliz va organizmning zaharlanish darajalari aniqlanadi. Umumiy oqsil miqdorini aniqlash uchun, jigar funksiyasini aniqlash uchun ham bemor tomiridan 5 ml dan qon olinib laboratoriyaga yuboriladi. Laboratoriyada umumiy billirubin va fermentlar miqdori aniqlanadi. Buyrakning ish faoliyatini aniqlash uchun siydikning umumiy tahlili, solishtirma og'irligi, oqsil miqdori, mikroskopiyasi, rangi va tiniqligiga e'tibor beriladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, tahlil uchun berilgan idish toza bo'lishi kerak! Qonda va siydikda qand miqdorini aniqlash uchun kasalning barmog'idan nahorda reaktiv ustiga qon olinadi, siydik ham yaqorida qayd qilganimizdek tekshiriladi. Normal holatda siydikda qon bo'lmasligi, qonda esa 5—5,5 mg % siydik bo'lishi kerak. Bulardan tashqari, reanimatsiya amaliyotida gemo-kulturaga, Rayt-Xedelsonga hamda antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash maqsadida, qonning sterilligini aniqlash uchun ham tahlillar olishga to'g'ri keladi. Buning uchun maxsus tayyorlangan dori — qo'shimchalar (oziqalar) beriladi, uning ustiga steril sharoitni saqlagan holda 3—5 ml qon olinib, maxsus laboratoriyalarga yuboriladi. Kislota va ishqorlar tengligini, qondagi kislorod miqdorini yoki PCO2 ni, ishqor va kislotalarni aniqlash uchun barmoqdan qon olinadi. Orqa miya suyuqligini aniqlash uchun shifokorlar tomonidan olingan miya suyuqligi toza probirkalarga olinib laboratoriyaga topshiriladi; sitoz oqsil borligi, Panda reaksiyasi, qon bor-yo'qligi aniqlaniladi. Zarur bo'lganda qand miqdori aniqlanib, bir xulosaga kelinadi. Bulardan tashqari, tahlillar uchun balg'am, qorin bo'shlig'idan punksiya qilib va plevra bo'shlig'idan, turli xil gematomalardan yoki shishlardan suyuqliklar olinib, laboratoriyaga yuborilishi mumkin. Laboratoriya bergan javob yoki tahlil kasalni davolash uchun asos bo'ladi. Laboratoriya xodimlari o'z ishining ustasi, bilimdon, vijdonli bo'lishi, bajargan ishlarini to'g'ri tahlil qila olishlari, o'zgarishlar bo'lganda o'z fikrlari xususida shifokorlar bilan maslahatlasha olishlari kerak. Bilmaganlarini tajribali hamkasblaridan so'rab o'rganishlari, tajriba orttirishlari lozim.
Bo'limdagi sanitariya-gigiyena rejimiga ko'ra har kuni pollarni zararsizlantiruvchi vositalar bilan ho'llab ikki marta artish, palatani kuniga besh martagacha shamollatish maqsadga muvofiq, palatani kvarslash va uni maxsus daftarda belgilab borish zarur. Xodimlar qo'llari, fartuklariga maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berishlari shart. Bundan tashqari, bo'limdagi apparat va jihozlarni doimiy ravishda bakteriotsid tekshiruvdan o'tkazish, ayrim kasallarni ajratib qo'yish, vaqti-vaqti bilan xonalarni obdan tozalab turish lozim. Jarohat va apparatlar sirtidagi mikroblar kimyoviy vositalar bilan tozalanadi. Shu maqsadda etil spirtining 70 % li, 96 % li eritmalaridan foydalaniladi. Yiringli jarohatlar va apparatlar sirti ishlov berilgandan so'ng 5 daqiqa davomida mikroblar zararsizlanadi. Xlorgeksidinning 1 % li va 0,5 % li eritmalari bilan apparatlarning ayrim qismlari artilib yoki botirib olinadi, keyin suvda yuviladi. Apparat yig'ilgan holatda bo'lsa, efirga xlorgeksidinning 0,5 % li eritmasi yoki spirt solinadi va apparat orqali o'tkaziladi. Intubatsion trubkalar, maskalar, traxeostomiya trubkalari, havo o'tkazgichlar ko'p ifloslanadi, ular ham yuqorida aytilgan tartibda tozalanishi kerak. Bor kislotasi, diotsid kabi vositalar bilan zararsizlantirilganda bemorlar va apparatlar uchun ham xavfsiz bo'ladi. Xulosa qilib shunday deyish mumkin: bemorga sun'iy nafas bergandan keyin apparat ifloslanadi, ishlatib bo'lingandan so'ng har bir qismi: rezina, temir yoki plastmassa qismi, dezinfeksiyalovchi vositalar, yuqumsizlantirilishi kerak. Sun'iy nafas berish apparatlarini quyidagi tartibda zarar-sizlantiriladi: mexanik tozalash va yuvish; sterilizatsiya va dezinfeksiya; sterilizatsiya va zararsizlantirilgan asboblarni sterillangan holda avaylab saqlash. Infeksiya tarqalishining oldini olishda reanimatsiya bo'limi xodimlari, xususan reanimatsiya hamshirasining roli katta. Ular bo'limda umumiy sanitariya-gigiyena qoidalari saqlanishiga javobgardirlar. Har bir xodim ishga kelgandan so'ng yoki muolajani bajarishdan oldin qo'llarini sovun bilan yuvishi, niqoblarda ishlashi shart. Bemorlarning shaxsiy gigiyenasiga ham e'tibor berish kerak. Buning uchun hamshira bemor ko'rpa-to'shaklariga e'ibor berishi, og'iz, burun bo'shliqlarini bir necha marta tozalab tu-rishi, og'ir yotgan bemorlarning sochi, tirnog'iga e'tibor berishi, yotoq yaralarning oldini olish, ularni ko'rsatmaga muvofiq ovqatlantirish kabi profilaktik ishlarni bajarishi shart. Bemor bo'limdan ketgandan so'ng ishlatilgan har bir ko'rpa-choyshablar dezinfeksiyalovchi kameralarda zararsizlantirilishi kerak. 1.7. Anesteziologiya-reanimatologiya boiimlari va jadal davolash palatalarida tegishli hujjatlarni olib borish Anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlarida kasallik tarixi, narkozni olib borish kartasi va bemor reanimatsiya bo'limiga keltirilgandan so'ng yurgiziladigan reanimatsiya varaqasi yoki kuzatuv varaqasi asosiy hujjat bo'lib hisoblanadi. Anesteziolog kasallik tarixiga bemorni narkozga tayyorlash usullari, kerakli muolaja va tahlillarni bajarish tartibini yozadi. Bulardan tashqari, anesteziologik xavfning qay darajada ekanligini, narkoz turi, kutiladigan asoratlar va uning oldini olish yo'llarini, kasallik tarixiga batafsil yozib qo'yishi kerak. Bemor reanimatsiya yoki jadal davolashga muhtoj bo'lsa, kasallik tarixiga bemorning ahvoli, reanimatolog xulosasi va tegishli takliflarni yozadi. Kuzatuv varaqasini to'ldirish jiddiy e'tibor va o'ta aniqlik talab qiladi, chunki bemorning ahvoli har daqiqada o'zgarishi, oldin buyurilgan muolaja bemorning hozirgi ahvoliga to'g'ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun har bir muolaja va yozuvlar asoslangan holda berilishi kerak. Reanimatsiyada yotgan bemorga standart muolajalar to'g'ri kelmaydi, bemor holatining o'zgarishiga qarab muolaja ham o'zgartirilishi mumkin. Navbatchilikni topshirishdan oldin jami bajarilgan ishlar hamshira va shifokor tomonidan ko'rib chiqiladi. Reanimatsiya bo'limidagi jurnal qabul qilish yoki ko'chirish jurnali deb yuritiladi. Bu jurnalga bemorning ismi, familiyasi, kclgan kuni, tuzalib ketguncha qaysi bo'limga ko'chirilgani, kim tomonidan yuborilganligi, klinik tashxislar va bemorning taqdiri haqidagi ma'lumotlar yozib boriladi. Yuqorida aytib o'tilgan hujjatlardan tashqari, bo'limda narkotiklarni ro'yxatga olish va ularning sarflanishini nazorat qilish, qimmatbaho va noyob dorilarni ro'yxatga olish jurnali yuritiladi va hokazo. 1.8. Terminal holatlar Odam organizmi yashash jarayonida uch davr: salomatlik, kasallik va terminal holatlarni boshidan o'tkazadi. Agar inson organizmi biror salbiy ta'sirot, shikastlanish yoki kasallikka qaramasdan gomeostazni saqlay bilsa, unda sog'lom organizm hisoblanadi. Agressor yoki stress holatning kuchiga qarab organizmning himoya mexanizmlari turli vaqtda ishga tushadi. Agressor yoki kasalliklarning ta'sir birliklari gipotalomo-gipofizar, simpato- • adrenalin sistemalarni qitiqlashdan boshlanadi, ya'ni himoya mexanizmlari ishga tushadi yoki tomir urishi tezlashadi, bosim ko'tariladi, nafas olish tezlashadi, bemor qizaradi, oqaradi, ichi ketadi, qusadi, modda almashinuv jarayonlari o'zgaradi. Qisqa qilib aytganda organizm yashash uchun kurashadi, bu kurashuv natijasida uglevodlar, yog'lar, fermentlar, elektrolitlar va oqsillar sartlanib, organizmning muvozanati buziladi. Gipertermiya va boshqa sindromlar paydo bo'la boshlaydi, ana shu holat kasallik holati — kasallik davri deyiladi. Bu davrni kasallikning katabolik fazasi desa ham bo'ladi. Bu davrda organizmga biroz yordam kerak xolos, u o'zi-o'zini boshqaradi, reanimatsiya usullari ham kerak emas. Bu davrda organizmning autoregulatsiyasi (o'zini boshqarishi) saqlangan bo'ladi. Agar agressor ta'sirida yoki kasallik kuchayaversa, o'z vaqtida yordam berilmasa, organizm holdan toyadi, oldin yordamga keladigan himoya mexanizmlari aks ta'sir ko'rsatib, o'z xo'jayiniga qarshi kurasha boshlaydi, uni o'limga olib boradi, ya'ni patogenez tanotogenezga aylanadi. (Tanoto-genez — o'lish mexanizmi, greklarning afsonaviy o'lim xudosi Tanotos nomi bilan atalgan.) Bunday holatlarda alkoloz, qon aylanishi, qon aylanishining markazlashishi, giperkaogulatsiya, reologiya buziladi, hatto immun sistemaning ish faoliyati ham buziladi, turli xil reaksiyalar, sovuq qotishlar, anafilaksiyalar sodir bo'ladi, bemor hatto ovqatlansa ham unda sovuq qotish kuza-tiladi. Bemor o'z ahvolini o'zi boshqarolmaydi, shikoyat qilmasdan befarq, e'tiborsiz yotaveradi, lekin savollarga javob beradi. Ana shu holat terminal holat — terminal davr deyiladi. Bu davrda markaziy boshqarish sistemasi, to'qimalarda gormonlar ishlab chiqarish va boshqa muhim sistemalar faoliyati buziladi. Terminal holatga olib keladigan sabablarga hos sindromlarga gipovolimiya, reologiyaning buzilishi, metabolik, kaogulopatiya kabi buzilishlar yoki sindromlarning paydo bo'lishi kiradi. Agar bemorga o'z vaqtida yordam berilmasa, organizmdagi keyingi buzilishlar a'zolarga o'tadi. Umuman olganda terminal holat qaysi sabab natijasida kelib chiqmasin, unga organizmning yengilishi deb qarash va tibbiy e'tiborni kuchaytirish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kasallik bilan terminal holat o'rtasida aniq bir chegara yo'q, kutilmaganda kasallik terminal holatga o'tishi mumkin. Bemorga jadal davolash yoki reanimatsiya muolajasi kerak bo'lsa, bemorning umumiy ahvolini kuzatib borish, asosiy va yo'ldosh kasallari borligini hisobga olish,bajariladigan operatsiya hajmini, jarohat og'irligini, davolashdan keyin bo'ladigan asoratlarni hisobga olib, ish tutish kerak. Yuqoridagi ko'rsatkichlar asosida reanimatsion davolashga muhtoj bemorlar reanimatsiya bo'limiga ko'chiriladi yoki joylashtiriladi. Shunday qilib, autoregulatsiya yo'qolishidan boshlab, agressiv holat reaksiyalarini yo'qotishga hamda a'zolar ishini boshqarishgacha bo'lgan davrni reanimatolog o'z zimmasiga oladi, bemorning ahvoli yaxshilangandan so'ng tegishli bo'limga qaytariladi. Bu ishlar bir necha kunda amalga oshadi, bemorning reanimatsiya bo'limidan sog'ayib chiqishi uning holatiga qarab belgilanadi. Terminal holat quyidagi bosqichlardan iborat: o'lim talvasasi; terminal pauza; agonal holat; klinik va biologik o'lim. О 'lirn oldi yoki o'lim talvasasi holatiga quyidagi belgilar xos: bemorning hushi yo'q, qon bosimi past, yurak-tomir urishi ipsimon va tez, keyinchalik bradikardiya va nafas olish tezlashadi, patologik nafas turiga aylanadi, hamma to'qima a'zolarda chuqur kislorod yetishmovchilik belgilari bor. Terminal pauza ikki-uch daqiqa, ayrim hollarda bir nechasekund davom etadi; u sayyor asab faolligiga bog'liq. Bemor nafasi sekinlashib tezlashadi, tomir urishi ham tezlashib sekinlashadi, nafas ham to'xtashi mumkin, birozdan keyin yurak urishi davom etishi mumkin. Agonal holatda miya po'stlog'i ishdan chiqadi, po'st-loqostTmarkazlari tartibsiz ishlaydi. Bemor o'limi yaqinlashishiga qaramasdan, qon bosimi vaqtincha bo'lsa ham oshadi, tomir urishi tezlashadi, yurak ritmi yaxshilanadi, miyaning zaryad faolligi oshadi, bemor bezovtalanadi, ba'zan hushiga ham kelishi mumkin, bu urinishlar vaqtincha bo'lib, klinik o'limga o'tadi. Klinik о'1imni. — hayot bilan o'lim o'rtasidagi holat bo'lib, 3—4~daqiqani o'z ichiga oladi. 1.9. Klinik o'lim Organizmning qaysi a'zosidan boshlanmasin uning asosida gipoksiyayotadi, o'z vaqtida qo'llangan usul vachoralar bilan bemorni klinik o'limdan olib chiqish mumkin. Klinik o'lim belgilari quyidagilar: nafas va qon aylanishi to'xtagan, reflekslar yo'q, ko'z qorachiqlari kengaygan, kasal organizmi sovuq, oqargan yoki ko'kargan, qisqa qilib aytganda, hayot belgilari yo'q. Klinik o'limdan olib chiqish uni keltirib chiqargan sabablar va ko'rsatilgan yordam vaqti, organizmning oldingi holatiga bog'liq bo'ladi. Klinik o'limning biologik o'limdan farqi shundaki, klinik o'limda modda almashinuv jarayonlari sust bo'lsa ham saqlangan bo'ladi. Klinik o'lim oldindan sog'lom organizmda o'tkir shikastlar tufayli sodir bo'lgan bo'lsa, 5—7 daqiqadan so'ng, uzoq davom etgan kasallarda esa malakali yordam ko'rsatib 3—4 daqiqadan so'ng hayotga qaytarish mumkin (1-rasm ).Gipotermiyalarda klinik o'lim davri 1—2 soatgacha davom etgan holatlar ham bo'lgan. Biologik o'limda organizmda hayot uchun zarur bo'lgan barcha a'zolar faoliyati so'nadi. Yurak urishi, nafas olish to'xtaydi, bosh miya to'qimasi o'ladi, hayotga qaytarishning iloji bo'lmaydi (2-rasm). Miya shishishi turli shikast, operatsiya va zaharlanishlardan keyin sodir bo'ladi. Bundan tashqari, miya shishishiga ko'pincha gipoksiya va allergik reaksiyalar ham sabab bo'ladi. Gipertermiya, tutqanoq, kuchlibosh og'rig'i, organizmning ayrim qismlarida muskul qisqarishi, bemorning doim uxlashi, bezovtalanishi, bosh miya shishishidan darak beradi; ko'z qorachig'i kengayadi yoki anzokariya bo'lishi mumkin, pay reflekslari kuchayib patologik reflekslar paydo bo'ladi. Tomirlar urishi oldinsekinlashib, keyin taxikardiya bo'ladi, qon bosimi oshadi va orqa miya suyuqligida bosim oshadi. 2-rasm. Biologik o'lim belgilari. 1-rasm. Klinik o'lim belgilarini aniqlash: a— ko'z qorachig'ining kengayishi; b — nafasga oyna tutib ko'rish; d — arteriyani ushlab ko'rish. Davolash uchun dastlab keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi va ularga qarshi kurash choralari ko'riladi. Asosiy kasallikni davolashga qaramay miya shishishi bo'lsa, degidrotatsion terapiya qo'llaniladi. Siydik haydovchi dorilardan laziks, mannitol, mochevina, 100 g glitserin oshqozonga yuboriladi. Yuqori kontsentratsiyali 100 ml plazma, magneziy sulfat, 2,4 % li eufillin venaga, shuningdek, antigistamin dorilardan foydalaniladi. Bulardan tashqari boshga muzli xaltachalar qo'yish, gormonlar qo'llash, kislorod berish va dorilar yordamida blokada, tinchlantirish katta ahamiyatga ega. Miya о' 1 i m i. Miya shishishi miya o'limiga olib keladi. Miya shishishi natijasida tomirlar qisqaradi, miyada qon aylanishi buziladi, miya qonsizlanib qoladi va nekrozga uchraydi. Dekortikatsiya reanimatsiyadaog'irholatdagibemorlarda ko'p uchraydi. Miya to'qimalarida qaytmas holatlar sodir bo'lib, bemorning hushi bo'lmaydi, sezuvchanlikning barcha turlari yo'qoladi. Dekortikatsiyada bemor o'lmaydi, o'pka-yurak faoliyat ko'rsatadi, xolos. Uzoq vaqt tekshirishlar, savol-javoblar va tajribalar natijasida miya o'limi haqida xulosalar chiqariladi. Quyidagi belgilarga asoslanib miya o'lgan deb hisoblanadi: hushning uzoq muddatga batamom yo'qolishi; nafasni 12 soat ichida mustaqil bo'lmasligi; barcha qitiqlashlarga, ta'sirotlarga qaramasdan sezuvchanlik va reflekslarning yo'qligi; tana haroratinining pasayishi; elektro-ensefalografiyada miya zaryadlari va tomirlarda tonusning bo'lmasligi kuzatiladi.
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling