O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Miya o'limida reanimatsiya usullari
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 11. Miyani himoya qilish
- NAZORAT SAVOLLARI
- II bob ELEMENTAR OPKA-YURAK REANIMATSIYASI 2.1. Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari haqida tushuncha
- 2.2. Opka-yurak reanimatsiyasi
1.10. Miya o'limida reanimatsiya usullari O'pka-yurak reanimatsiyasi muvaffaqiyatli o'tkazilgandan keyin yurak ishi yaxshilanadi, qon aylanishi tiklanadi, qon bosimi ko'tariladi, tomir urishi yaxshilanib, bemor o'zi nafas ola boshlaydi, lekin bemor hali hushiga kelmaydi. Bu holat shifokorlarni tegishlicha choralar ko'rishga chorlaydi. Har qanday muvaffaqiyatli reanimatsiyadan keyin ham organizmda asoratlar qoladi. Bu holatlar reanimatsiyadan keyingi holat yoki klinik o'lim paytida sodir bo'lgan metabolik moddalar buzilishi va gipoksiya natijasi deb hisoblanadi. Zamonaviy reanimatsiyaning vazifalaridan biri terminal holatdagi kasallarning asab sistemasida boiadigan patologik jarayonlarni o'rganish va ularga qarshi kurashishdan iborat. Bizga ma'lumki, og'ir holatlarda miyada modda almash-inishi buziladi, neyronlar ishdan chiqadi, miya to'qimalarida ADF, ATF fermentlari kamayib ketadi, energiya zahirasi esa 3—4 daqiqaga yetadi. Keyinchalik neyronlar nekrozga uchray boshlaydi. Shuning uchun vaqtni o'tkazmasdan muolajani boshlab, miyada qon aylanishini yaxshilash, to'qimalarni kislorod bilan ta'minlash, elektrolitlar tengligini yaxshilash, mikrosirkulatsiyani ta'min-lashga erishish zarur. O'pka-yurak reanimatsiyasi bilan bir qatorda miya reanimatsiyasi to'g'risida ham bosh qotirib hamma choralarni ko'rish kerak, aks holda miya to'qimalarida qaytmas holatlar sodir bo'ladi, ya'ni miya o'ladi. Miya ishemiyasi qanday sababga (kalla-miya shikasti, insult, boshqa giptoksik holatlar) kelib chiqishidan qat'iy nazar, davolash choralari iloji boricha tez amalga oshirilishi kerak. Ishemiya zonasining tarqalmasligiga, bu zonani pasaytirishga harakat qilish lozim. 1. 11. Miyani himoya qilish Qo'llaniladigan profilaktika tadbirlari shunday o'tkazilishi kerakki, miya kislorodga ehtiyoj sezmasin. Bunda fizik yoki gipotermiya yo'li qo'llanilib maxsus apparatlardan foydalaniladi yoki muzli xaltachalar qo'yish mumkin. Shunday yo'llar bilan ham 50—80 % muvaffaqiyatga erishish mumkin ekan. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, organizm harorati 2ГС gacha tushirilganda total ishemiyaga uchragan miya faoliyati tiklanadi. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, organizm harorati 35°С dan tushirilsa, yurak, nafas va qon aylanish sistemasi bunga bardosh bera ol-maydi. Gipotermiya, uchun maxsus apparatlarbo'lmagandabo'yin tomirlari va boshga muz xaltachalar qo'yib, harorat qo'ltiq ostidan va to'g'ri ichakdan o'lchanadi. Agar harorat 2—3 gradusga farq qilsa, gipotermiya to'g'ri bajarilganidan darak beradi. Bundan tashqari, nevrovegetativ blokadalar yordamida miyani ishemiyadan (qonsizlanishdan) asrash mumkin. O'z vaqtida nafas o'tkazuv-chanligini ta'minlab, nafas yo'li orqali kislorod berib turish muvofiqdir. Kislorod doimiy ravishda, tegishli miqdorda fovdasi bo'lmaydi. Dorilar yordamida miyada bo`ladigan metabolik jarayonlarni va ishemik zonalami 50 % ga kamaytirish mumkin. Bunday dorilarga quyidagilar kiradi: barbituratlar, tinchlantiruvchilar, lidokain, magneziy sulfat, kalsiy antogonistlari, miya to'qimalarida metabolizmni va qon aylanishini yaxshilash uchun kovinton, trental, ensefahol, notropil, serebrolizin, degidratatsion terapiya, miya ichida bosimni pasaytiruvchi dorilar, ayrim jarayonlar uchun aloe, lidaza kabi dori-darmonlar. Miyada ishemiya chegarasini kamaytirish uchun autoregulatsiyani tartibga keltirish kerak. Buning uchun gipervolemiya va yengil gipertenziya holatini organizmda saqlash maqsadga muvofiqdir. Shuni yaxshi bilish kerakki, asidoz gipoksiya holatlarida, organizmda, xususan, miya to'qimalarida turli xil radikallar paydo bo'ladi. Shu erkin radikallar neyronlarni nekrozga uchratishi mumkin. Radikallarning bundaysalbiy ta'sirini yo'qotish maqsadida barbituratlar metionin, askorbin kislotasi, vitamin E kabilarni (ular antigipoksantlar guruhiga kiradi) keng qo'llash kerak. Gemodinamik yo'l bilan qon bosimini normadan biroz yuqori saqlab, miyada qon aylanishini yaxshilash va destruktiv o'zgarishlarni kamaytirish mumkin. Bunga erishish uchun gipervolimiy a holatini tashkil qilish kerak. Bu dofamin qo'llash yo'li bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi perfuzion bosimni bir me'yorda saqlash, uni aniqlash, infuzion terapiya miqdorini belgilash katta ahamiyatga ega. Perfuzion bosimni aniqlash uchun orqa miya pimksiyasi qilinib, miya bosimi o'lchanadi, keyin esa arterial bosim o'lchanib o'rtachabosim aniqlanadi. O'rtachabosim bilan miya ichi bosimi farqi perfuzion bosim deyiladi. Kalla ichidagi bosimni kamaytirish, metabolik usullar hamda neyrojarrohlik yo'llari bilan miyada ishemik zonalami va destruksiyani kamaytirish zarur. Orqa miya punksiyasi tashxjs qo'yish va davolash maqsadida o'tkaziladi va buning uchun quyidagilar tayyorlanadi: yod, novokain, shpris, igna, leykoplastir yoki bog'lam uchun mato, toza fiziologik suyuqlikda chayqalgan idish, punksiya uchun maxsus igna, mandreni bilan. Orqa miya punksiyasida kasal chap yonboshiga yotqizilib, oyoqlari qomi tomonbukiladi. Punksiya 3-4- yoki 4-5-bel umurtqa oralarida amalga oshiriladi. Olingan suyuqlik laboratoriyaga tahlil uchun yuboriladi. NAZORAT SAVOLLARI Anesteziologiya va reanimatsiya sohalarining rivojlanishi necha davrni o'z ichiga oladi? O'zbekistonda anesteziologiya-reanimatologiya xizmatining tashkil qilinishi va rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz? Jadal davolash nima? Reanimatologiya va jadal davolash bo'limlari katta hamshirasi va reanimatsiya hamshirasining vazifalari nimalardan iborat? Reanimatsiya yoki jadal kuzatish bo'limidagi hamshiraning ish o'rni qanday tayyorlanadi? Anesteziologiya va reanimatologiyada laboratoriya tahlillari va tashxislash usullari haqida nimalarni bilasiz? Anesteziologiya va reanimatsiya bo'limlari va jadal davolash palatalarida tegishli hujjatlar qanday olib boriladi? Klinik o'lim nima? Miyani himoya qilish usullariga nimalar kiradi? TESTLAR /. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat Dasturi to g 'risida "gi Farmoni qachon e Ion qilingan ? A. 1998-yil 10-oktabr. B. 1991-yill4-sentabr. C. 1998-yil 10- noyabr. D. 1997-yil 17-avgust. E. 1998-yil 8-dekabr.
A. 2003-yil 6- fevral. B. 2002-yil 18-avgust.
E. 2004-yil 24-mart. 3. Ko'p tarmoqli kasalxonalar reanimatologiya-anesteziologiya va jadal davolash bo 'limlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat? A. Reanimatsiyavajadaldavolashgamuhtoj bemorlarga hozirgi zamon davolash usullarini qo'llab, hayot uchun zarur a'zolar ish faoliyatini tiklash. B. Rejali va shoshilinch keltirilgan bemorlarni og'riqsizlantirishga tayyorlash va og'riqsizlantirish usullarini belgilash. С Bemorlarni kasalxonadan tuzalib chiqqandan keyingi dispanserizatsiyasi, davolash va profilaktika ishlarini olib borish. D. Qabulxonaga og'ir ahvolda keltirilgan bemorlarga reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo'llash. E. Reanimatsiya bo'limidagi bemorlarning hayot uchun zarur a'zolarining ish faoliyatini tiklashgacha reanimatsiya va jadal davolash usullarini qo'llash. 4. Terminal holatlarning qaysi birida bemorga o'pka-yurak reanimatsiyasi natija bermaydi? A. O'lim talvasasida. B. Terminal pauzada. C. Agoniya holatida. D. Klinik o'limda. E. Biologik o'limda.
A. Organizmning hayot bilan o'lim o'rtasidagi holati. B. Barcha reflekslar so'ngan, bradikardiya sodir bo'ladi. C. Nerv sistemasi faoliyati buzilgan. D. O'tkir tomir yetishmovchiligi holati. E. Yuqoridagilarning barchasi kuzatiladi. II bob ELEMENTAR O'PKA-YURAK REANIMATSIYASI 2.1. Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari haqida tushuncha Bu jarayon uch bosqichda kechadi: birinchi bosqich — atmosfera havosining nafas olish a'zolari orqali o'pkagacha borishi; ikkinchi bosqich — havoning o'pka alveolalaridan to'qimalarga o'tishi; uchinchi bosqich — to'qimalardagi nafas olish jarayoni. Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari, nafas markazi bilan boshqariladi. Markaz bosh miyaning Varolyov ko'prigida va karotid sinusida joylashgan. Bundan tashqari, nafas olish va uni boshqarishda ko'krak qafasi, uning asab-mushak apparati, o'pka va havo o'tkazish yo'llari ham qatnashadi. Burun teshigidan to ovoz boylamigacha yuqori nafas yo'llari, ovoz boylamlaridan o'pka alveolalarigacha pastki nafas yo'llari deb ataladi. O'pka ko'krak qafasida joylashgan bo'lib, juft a'zo hisoblanadi. Chap o'pka ikki: yuqori va pastki bo'limdan; o'ng o'pka esa uch: pastki, o'rta va yuqori bo'limlardan iborat. O'pka to'qimalari yumshoq bo'lib, kengayuvchanlik xususiyatiga ega. Yuqori nafas yo'llari (burun teshiklari, hiqildoq, traxeya va bronxlar) orqali kelgan havo o'pka alveolalarida almashinadi. Bu jarayon qizil qon tanachalari orqali amalga oshiriladi yoki toza kislorod karbonat angidrid gazi bilan almashinadi va nafas yo'llari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish jarayonida nafas mushaklari (diafragma, qovurg'alararo mushaklar, bo'yinning ayrim mushaklari) qatnashadi. Nafas olganda ko'krak qafasi, o'pka hajmi kengayadi, ya'ni havo bilan to'ladi. Bu havo sog'lom kishilarda 700—800 sm kub.ni tashkil qiladi. Nafas chiqarish jarayoni sust jarayon bo'lib, nafas mushaklari bo'shashuvi bilan amalga oshiriladi va o'pka hajmi qisqaradi. Sog'lom kishi bir daqiqada tinch holatda 16—18 marta nafas olib nafas chiqaradi. Nafas hajmi spidometr bilan o'lchanadi. Nafas olganda nafas yo'llari havoni isitadi, namlaydi va tozalab pastki nafas yo'llariga o'tkazadi. O'pkada havo almashinish jarayoni kislorod va karbonat angidrid gazining porsial bosimlari farqi hisobidan amalga oshiriladi-Kislorodning porsial bosimi o'pkada yoki alveola havosida 10O mm. simob ustuniga, vena qonida esa 40 mm simob ustuniga teng-CO2 ning porsial bosimi alveola havosida 40 mm simob ustuniga, vena qonida esa 46 mm.sim.ust.ga teng. To'qimalarga kislorodni olib borishda, nafas pigmenti — gemoglobinning ahamiyati katta. Bu pigment o'ziga kislorodni yopishtirib olib to'qimalarga otib beradl yoki oksigemoglobinga aylanadi. Oksigemoglobin to'qimalarga O2 ni berib, kislorodga boy bo'lmagan, ishlatilgan gemoglobinga aylanib qaytadi. Gipoksiya — organizmda kislorodning yetishmasligi. Anoksiya esa organizmda kislorodning umuman bo'lmasligi natijasida yuzaga keladi. Organizmda 5—6 daqiqaga yetadigan kislo— rod zahirasi bo'ladi, xolos. O'pkaning nafas olishi organizmni kislorod bilan ta'minlashi, uni sarflashi, karbonat angidrid gazini chiqarib tashlashdan tashqari, boshqa funksiyalariga ham to'xtalib o'taylik.
Biologik faol moddalarning (seratonin, gistamin, prostog— landinlar) ta'sirini kuchsizlantirib, ularni eritib yuboradi, ayrim zaharli dorilarni zararsizlantiradi. Organizmda issiqlik quwatini ishlab chiqarishda va uni sarflashda muhim o'rinni egallaydi. Sutkada 350 kkal. issiqlik ishlab chiqaradi, gemodinamikani boshqarto turadi. Yurak urishi va nafas olishning to'xtashi bemor hayotdan ko'z yumdi degan gap emas. Bizga ma'lumki, biologik o'limga o'tishdan oldin 3—4 daqiqani o'z ichiga oladigan klinik o'lim bor. Shu 3—4 daqiqa orasida organizmga zarur bo'lgan kislorodni berib nafas olish, qon aylanish tiklansa, bemorni albatta hayotga qaytarish mumkin. Fiziologiyadan ma'lumki, miya to'qimalari kislorod yetishmovchiligiga 3—5 daqiqa bardosh beradi. Ana shu vaqt ichida yuqorida aytib o'tilgan shartlar bajarilmasa, miya to'qimalarida qaytmas jarayon sodir bo'lib, miya o'ladi. Bunday holatlarda bemor taqdirini daqiqalar emas, soniyalar hal qiladi. Eng yaxshi tashkil qilingan tez yordam xizmati ham falokat yuz bergan joyga 10—20 daqiqasiz yetib bora olmaydilar. Reanimatsiya ishlarini o'z vaqtida bajarish uchun aholini, barcha soha xizmatchilarini oddiy reammatsiya usullarini bajarishga o'rgatish kerak. Qon aylanishining to'xtashi ikki xil ko'rinishda bo'ladi yoki boshqacha aytganda ikki asorat natijasida yurak to'xtaydi. Asistoliya va fibrilatsiya, ya'ni yurak mushaklarining qaltirab-titrab harakat qilishi yoki qisqarishi. Ko'pincha yurak mushaklari diastoliya fazasida to'xtaydi, fibrilatsiyaning tez va sust o'tishi yurak mushaklarining tarangligiga bog'liq.
O'pka-yurak reanimatsiyasi. quyidagi tartibda amalga oshiriladi: nafas yo'llari o'tkazuvchanligini ta'minlash; og'izdan-og'izga, og'izdan-burunga sun'iy nafas berish; yurakni bilvosita va bevosita massaj qilish yo'li bilan (3-rasm); bemor komada bo'lsa koma holatini aniqlash; bemorni to'liq yechintirib butun tanasini ko'zdan kechirish, haroratini o'lchash; — tutqanoqlar yoki qaltirashlar bo'lsa ularni yo'qotish (reanimatsiya o'tkazilayotganda bemor notinch bo'lsa, tutqanoqlar tutib tursa, uni tekshirib ahvolini belgilash va yordam ko'rsatish ancha murakkablashadi); qonda glukoza miqdorini aniqlash; og'riqsizlantirish (mone'lik bo'lmasa) choralarini ko'rish. Bulardan tashqari, qon aylanishini defibrilatsiya qilish, yurak bo'shlig'iga dorilar yuborish yo'li bilan ham tiklashga harakat qilinadi. Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash — birinchi navbatda bajariladigan muolaja. Bu ishni to'g'ri va tez bajarilsa, reanimatsiya muvaffaqiyatli o'tkaziladi, aks holda reanimatsiyaning qolgan elementlarini bajarish befoyda. Koma va narkoz paytlarida yoki behush bo'lgan bemorlarda til orqaga ketib, nafas yo'llarini berkitib qo'yadi. Og'ir jarohatlar natijasida singan tishlar, ezilgan to'qimalar, balg'am va laxta qon, qusuq mahsulotlari ham nafas yo'llarini berkitib qo'yadi. Laringospazm, bronxospazmlar, nafas yo'lining qisilishi va allergiyalarda nafas yo'llari shishib, berkilib qolish hollari sodir bo'ladi. Nafas yo'llarining bunday berkilib qolishiga mexanik berkilish yoki asfiksiya deyiladi. 3-rasm. Yurakni yopiq usulda uqalash: a — ko'krak yoshidagi bolani; b — maktabgacha va maktab yoshidagi bolani. Mexanik berkilish to'liq va qisman bo'lib, to'liq berkilganda, o'pkaga umuman nafas o'tmaydi, bemor ko'kargan bo'ladi, og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilmaydi. Qisman berkilganda havo yuborilganda yoki bemor o'zi nafas olsa, qovurg'alar orasi kengayadi, nafas olishda nafas mushaklari qatnashadi, bemorda gipoksiyaklinikasi ko'zgatashlanadi. Birinchi navbatda nafas yo'llarini tozalash uchun bemor tekis va qattiq joyga chalqanchasiga yotqiziladi, qisgan kiyimlari yechiladi va muolaja quyidagicha bajariladi: bemorning bo'yni orqaga maksimal qayiriladi; jag'i oxirigacha ko'tariladi; pastki va yuqorigi jag'i oldinga chiqariladi (4-rasmga qarang). Shunda nafas yo'llarida qarshilik kam bo'ladi. Ikkinchi qilinadigan ish nafas yo'llarini yot narsalar — suv va balg'amdan tozalash. Tozalash uchun mexanik usul qo'llaniladi, ya'ni qisqichlarga marli o'rab havo yo'li artiladi. Tovush boylamlarigacha ketib qolgan yot narsalarni olish uchun bemorning epigastrial sohasidan diafragmaga qarab kuch bilan itariladi, shu usul bir necba marta takrorlanadi. Bulardan tashqari, nafas yo'llarini tozalashda elektr so'rgichlardan foydalaniladi. Nafas yo'llarini tozalashda laringoskopiyaning roli katta. Nafas yo'llari tozalangan, o'tkazuvchanligi ta'minlangan bo'lsa bemor og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilib tushadi. Shundan keyin ikkinchi bosqich — o'pka-yurak reanimatsiyasining navbatdagi ikkinchi elementiga o'tiladi. Og'izni-og'izga qo'yib sun'iy nafas beriladi, ya'ni bemor o'pkasiga ma'lum bosim (700 ml) ostida havo yuboriladi (4-rasm). Sun'iy nafas berishning Selvestr Holger, Nilson va Sheffefi kabi usullari ham mavjud, lekin ularni bajarish qiyin bo'lgani uchun ham qo'llaniladi. Og'izni-og'izga qo'yib nafas berish texnikasi quyidagicha bajariladi: bemor stol ustiga yoki qattiq joyga yotqiziladi; bemor yoniga cho'kka tushiladi, boshi-bo'yni orqaga qayrilib, ikki barmoq bilan burni qisiladi (mabodo burun qisilmasa og'izdan bosim ostida yuborilgan havo burundan chiqib ketadi). Og'izni atmosfera havosi bilan to'ldirib, bemor og'ziga og'izni jips qo'yib, kuch bilan bemor o'pkasiga yuboriladi va bir vaqtning o'zida ko'krak qafasining ko'tarilishi kuzatiladi. Agar ko'krak qafasi ko'tarilib tushsa, sun'iy nafas berish to'g'ri va foydali bajarilayotgan hisoblanadi. Aks holda nafas yo'llari o'tkazuvchanligi ta'minlanmagan bo'ladi. Shunday nafas berishni bir daqiqada 16—18 marta takrorlash kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, nafas yuborilganda burun qisilgan, chiqarilganda esa burun va og'iz ochiq bo'lishi va iloji bo'lsa qorinning epigastril sohasiga bosib turish kerak, bu oshqozonga havo ketishidan saqlaydi, natijada oshqozondagi mahsulot nafas yo'llariga chiqmaydi. Biror sababga ko'ra bemor og'zi ochilmasa, yuqoridagi usul burun orqali bajariladi. Bolalarga sun'iy nafas berilayotganda bolaning og'ziga burni bilan qo'shib nafas beriladi, bunda havo kam miqdorda va tez-tez, ya'ni 22—25 marta beriladi. Sun'iy nafasni maxsus niqoblar, trubkalar yoki Ambu apparatlari yordamida berish ham mumkin. Oddiy o'pka-yurak reanimatsiyasining uchinchi elementi — yurakni tashqi massaj qilish yo'li bilan qon aylanishini ta'minlash. Bu yo'l bilan qon aylanishi 40—45 % gacha tiklanadi. Ko'krakka bosish tartibini o'zgartirsak, 50—60 % gacha yetishi mumkin. Sun'iy qon aylanishi mexanizmi yurakning to'sh-ko'krak suyagi bilan umurtqalar orasidagi qisilishiga asoslangan, ya'ni yurakni tashqi massaj qilganda qon aorta va o'pka arteriyalariga otilib chiqadi. Tashqi massajni bajarish uchun kasal qattiq joyga yotqiziladi, qo'llari yon tomonga yoyilgan holda bo'lib, ko'krak qafasi chap tomon 3—5- qovurg'alari ustidan, qo'l kaftining birini ikkinchisining ustiga qo'yib, shunday kuch bilan bosish kerakki, ko'krak qafasi 3_4 sm pasaysin, ya'ni ko'krak qafasiga 50—55 kg kuch bilan bosiladi (5-rasm). Bu muolaja bir daqiqada 70—80 marta bajarilishi kerak. Agar massaj to'g'ri bajarilsa, butun organizm 45—60 %, miya esa 90 %, buyrak 15 %, yurak 35 % gacha qon bilan ta'minlanadi. Massaj qilinayotgan paytda massajchining qo'llari to'g'ri turishi va ma'lum kuch bilan bosishi kerak, aks holda massajdan ko'p asorat olish mumkin. O'pka-yurak reanimatsiyasi og'ir muolaja bo'lib, katta kuch talab qiladi. Shuning uchun ikki reanimator ishtirokida o'tkaziladi; biri sun'iy nafas berish, ikkinchisi tashqi massaj qilish bilan shug'ullanadi. Yurakni massaj qilish sun'iy nafas berishga qaraganda og'ir muolaja hisoblanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling