O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi
Download 1.11 Mb.
|
Реаниматсия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksigenoterapiyaning
- 3.4. Tebranma massaj
- 3.5. Konikotomiya
- 3.6. Traxeostomiya
- 3.7. Bronxial astma
- NAZORAT SAVOLLARI
- OTKIR YURAK-TOMIR YETTSHMOVCHILIGIDA REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH
- 4.2. Qon aylanishining buzilishi
- 4.3. Otkir yurak-tomir yetishraovchiligi
6-rasm. Sun'iy nafas berish bilan birga yurakni yopiq usulda uqalash. Sun'iy nafas berish ko'rsatkichlariga bemor ko'krak qafasining tuzilishiga, o'pkasining hajmiga, kasallik turiga qarab baho beriladi. Bemorga nafas yetishmaganda maskalar, intubatsion trubkalar orqali yoki Ambu apparati vositasida yordamchi sun'iy nafas berish ham mumkin. Bemor o'zi mustaqil nafas olsa, gipoksiyabelgilari yo'qolib, hushiga kelsa, nafas mushaklari nafas olish jarayonida faol qatnashsa, qon bosimi turg'un bo'lsa, mikrosirkulatsiya yaxshilansa, siydik ajralish me'yoriga kelsa, sun'iy nafas berishni to'xtatish mumkin. Sun'iy nafas berishga muhtoj bemorlar ahvoli og'ir bemorlar hisoblanadi. Ularning parvarishiga alohida e'tibor berish kerak (6-rasm). Oksigenoterapiyaning quyidagi usullari qo'llaniladi: nafas yo'llariga kislorod yuborish yoki ingalatsiyali oksigenoterapiya; giperbarikoksigenoterapiya; entral oksigenoterapiya; transfuzial oksigenoterapiya; ekstrakorporal oksigenoterapiya (medikamentoz, gipoksiyaga qarshi terapiya). Ingalatsiyali oksigenoterapiya maxsus apparatlar bilan amalga oshiriladi. Ular yordamida bemorga 40—60 %, ba'zan 100 % gacha kislorod berish mumkin. Kislorod bemorga turli katetrlar, niqoblar, intubatsion naychalar, traxeostomik naychalar orqali uzatiladi. Giperbarik oksigenoterapiyada kislorod maxsus apparatlar yordamida bemor organizmiga yuqori bosim ostida yuboriladi. Ekstrakorporal oksigenoterapiya maxsus klinikalar yoki ilmiy-tekshirish maqsadlarida qo'llaniladi. Hozirgi paytda bu usul amalda keng qo'llaniladi. Bunda dorilar yordamida gipoksiyaga qarshi kurashiladi, ko'pincha , dizoksiya (yoki to'qimalarda kislorod sarfining buzilishi) holatlarida ishlatiladi. Bunda to'qimalarda modda almashinuvi yaxshilanadi. Dorilardan droperidol, amina-zin vabettaadrenolitiklar qo'llaniladi. Ayrim guruh antigipok-santlar to'qimalarda metabolizm jarayonini to'xtatadi, ularga: barbituratlar, Gomk, vitamin, E-kofermentlar, aminokislotalar, unitiol, metiluratsillar kiradi. To'qimalarda metabolizmni boshqarish uchun (dorilar yordamida) mikrosirkulatsiyani, reologiyani yaxshilash, umumiy qon aylanish hajmini to'ldirish, o'pka-yurak faoliyatini yaxshilash kerak. To'qimalar faoliyatini yaxshilash uchta: energiya beradigan mahsulot, kislorodni uzatish, energiyani to'qimalarga yetkazish, metobolitlarni olib chiqish jarayonini bajarish zarur. Reanimatologning vazifasi shu uchala jarayonni to'g'ri tashkil qilishdan iborat. Respirator terapiyani oksigenoterapiyaning davomi desa ham bo'ladi. Balg'am nafas yo'llariga to'planib qolgan ahvoli og'ir yoki koma holatidagi bemorlar uchun bu xavflidir. Shifokor tezda bronxlarda paydo bo'ladigan balg'amning o'zi chiqishiga erishishi (bu degani, bronx ichki devorida joylashgan mukotsillar tomonidan balg'amni chiqarish, yo'talish orqali alveolalar ichidan balg'amni nafas yo'llariga chiqarish); balg'amni sun'iy yo'l bilan chiqarishi kerak. Bu maqsadda posdural drenaj va yo'talni qo'zg'atish usullari qo'llaniladi. Bu usulda vibratsion uqalash (ko'krak qafasini silkitib massaj qilish) ham katta foyda beradi. Aerozol terapiya usuli qo'llanilganda maxsus ingalyatorlar, purkagichlar va dorilar kerak bo'ladi. Dorilardan gormonlar, tripsin, Bobrov apparati, antigistaminlar, antibiotiklar, bronxolitiklar, shuningdek suv qo'llaniladi. Dorilar yuqorida aytganimizdek, nafas yo'llariga maxsus purkagichlar bilan purkaladi. Preparatlar balg'amni eritib, yopishqoqligini kamay-tiradi. Traxeoinstilatsiya, bu—intubatsion naycha yoki mikro-traxeostoma orqali yuqorida sanab o'tilgan dori yoki suyuqliklarni to'g'ridan-to'g'ri nafas yo'llariga yuborishdir. Posdural drenaj, ya'ni bemorning holatini o'zgartirish bilan balg'amni chiqarib tashlash mumkin. Ko'pincha bemor boshini pasaytirib, karavotning oyoq tomoni ko'tariladi. Yurak yetish-movchiligi va miya shikastlarida gemodinamikaga ta'sir qilish mumkin. Posdural drenaj tebranma (vibratsion) massaj bilan birga qo'llanilganda foydali bo'ladi. 3.4. Tebranma massaj Bu davolash usuli foydali bo'lishiga qaramasdan ayrim xodimlar tomonidan kam qo'llaniladi. Uni har 30—40 daqiqada takrorlash kerak. Tebratma (vibratsion) massaj qilish uchun bemorning ko'krak qafasiga, qovurg'alari ustiga qo'l kafti yoki yonboshi bilan yengil tez-tez uriladi, ko'krak qafasi ma'lum kuch bilan bosiladi, bemor turli tomonlarga aylantiriladi va yo'tal qo'zg'atiladi, posdural holat beriladi yoki elektrso'rg'ich bilan balg'am tortib olinadi. Tebratma massaj balg'amni bronxlar devoriga yopishib qolishdan saqlaydi, uni suyultiradi, gazlarning o'pkada bir tekis tarqalishini ta'minlaydi, havo almashinishi — perfuzion munosabatni o'pkada yaxshilaydi. Posdural drenaj va tebratma massaj shifokor ko'rsatmasi bilan qo'llaniladi. Aks holda ayrim asoratlar (broxospazm, qon ketish, pnevmotoraks) kelib chiqishi mumkin. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda oksigenotera-piyaning ahamiyati katta. Oksigenoterapiya uchun turli xil aralash-malardan tozalangan va maxsus laboratoriya nazoratidan o'tgan tibbiyotda ishlatiladigan toza kislorod qo'llaniladi. Kislorodni organizmga turli yo'llar bilan yetkazish mumkin. Oksigenoterapiya o'tkazishda Bobrov apparati keng qo'llaniladi. Bobrov apparati 1—2 litr hajmdagi shisha idish bo'lib, og'zi tiqin bilan berkitilgan. Shisha idish ichiga Г-simon shisha naychalar o'rnatilgan, naychalarning biri uzun bo'lib, deyarli shisha idish tubigacha boradi, ikkinchisi shisha idishning 1/3 qismigacha kiritilgan, ikkala shisha naycha ham tiqin orqali tashqariga chiqarilgan. Oksigenoterapiya o'tkazish uchun apparat sterillangan suv bilan yarmigacha to'ldiriladi, suv iliq bo'lishi kerak. Kislorod ballonidan yoki maxsus jo'mrak orqali keladigan kislorod oqimi apparatdan chiqarilgan Г-simon naychaning uchiga keladi. Apparat ichida kislorod pufakchalari paydo bo'lib, suv qaynaganday tovush chiqaradi. Kislorod apparat ichida namlanib isiydi, kalta Г-simon naycha vositasida maxsus katetrlar orqali bemor burniga yoki intubatsion naychaga ulanadi. Kislorodni ko'paytirib yoki kamaytirib berish bemor ahvoliga bog'liq. Bobrov apparatini aerozol terapiyada qo'llasa ham bo'ladi. Buning uchun shisha idish ichiga turli xil antibiotiklar, gormonlar yoki fermentlar solib muolajalar o'tkaziladi. Bobrov apparati bilan kislorod berganda organizm kislorod * bilan 65—70 % ta'minlanadi. Oksigenoterapiyada amalda dastaki apparat — Ambu qopchasi keng qo'llaniladi. Bu qopcha ishlatish uchun qulay, hatto kislorod bo'lmaganda ham bemor atmosfera havosi bilan yaxshi ta'minlanadi. Bunda uni bemorga to'g'ri qo'yib, nafas berish rejimiga rioya qilish kerak. Ambuning afzalligi shundan iboratki, unda nafas chiqarish klapani bor va manbadan kislorod olish uchun maxsus teshik ham mo'ljallangan. Bu qopcha bilan bemorga uzoq vaqt davomida sun'iy nafas berish mumkin, shuningdek, uni bir kishi boshqaradi. Niqobi plastmassadan, sterilizatsiya qilish qulay. Ambu qopchasi tez yordam mashinalarida bemorlarni tashish paytida foydalanishga juda qulay. Reanimatologning asosiy vazifalaridan biri organizmda qaytmas holatlar sodir bo'lmasdan, gipoksiyasabablarini aniqlab, uni davolashga kirishishdan iborat. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda oksigenoterapiyaning ahamiyati katta. Kislorod berish yo'li bilan davolashda dastlab nafas yo'llari o'tkazuvchanligini ta'minlash kerak. Oksigenoterapiya yoki antigipoksik terapiya, ingalatsiya va dorilar yordamida shoshi-linch terapiya amalda keng qo'llaniladi. Kislorod bilan davolash foydali bo'lishi bilan birga uning zararli tomoni ham bor. Kislorod organizmdagi azotni yuvib chiqaradi (denitrogenatsiya), boshqacha qilib aytganda molekular kislorod organizmga zaharli ta'sir qiladi. Denitrogenatsiya natijasida shilliq qavatlar shishadi, o'pkada atelektazlar, alveolalarda yallig'lanish kelib chiqadi, surfaktant kamayib ketadi. Kislorodning organizmda ko'payib ketishi yoki giperoksiya natijasida karbonat angidrid to'qimalarda ushlanib qoladi, erkin radikallar ko'payib, to'qimalarda metabolizmjarayoni buziladi. Bu holat bosh miya va o'pka faoliyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Natijada bemor koma holatiga tushib qolishi ham mumkin. Agar o'pkada shuntlar ko'paygan bo'lsa, 100 % li kislorodli terapiya ham yordam bermaydi. Bunday holatlarda ventilatsiya hajmini, o'pkada qon aylanishi va gemoglobinni ko'paytirish choralarini ko'rish kerak. O'tkir nafas yetishmovchiligida yoki unga qarshi kurashish uchun bemorlarni intubatsiya qilish yo'li bilan davolash muhimligini olimlar isbotlaganlar. Intubatsiya qilishdan maqsad nafas yo'llarini sanatsiya qilish, dorilarni o'pka ichiga yuborishdir. Intubatsiya o 'tkazishda turli xil hajmdagi intubatsiya naychalari, o'tkazgichlar, karsang, salfetka va shariklar, laringoskop, Makentosh ilmog'i bilan shpris, og'iz bo'shlig'ini tamponlash uchun bint, naychani mahkamlash uchun moslama va boshqa zarur narsalar oldindan tayyorlab qo'yiladi. Bemor chalqanchasiga yotqizilib, yaxshi uxlatilgandan va kislorod yetarlicha berilgandan so'ng chap qo'l bilan laringoskop yordamida til chap tomonga olinadi, hiqildoqusti tog'ayi ko'tarilib, ovoz boylamlari va boylamlar orasidagi yoriqlar ko'riladi. Boylamlar orasidagi yoriqqa intubatsiya nayi yuboriladi. Intubatsiya nayini shunday qo'yish kerakki, ikkala bronxga yoki o'pkaga boradigan havo teng miqdorda bo'lsin. Buni bilish uchun o'pka-larning har joyidan nafas eshitilib, intubatsiya nayi mustah-kamlanadi. Ko'pchilik holatlarda intubatsiya nayi o'ng bronxga ketib qoladi. Chunku uning anatomik tuzilishi, ya'ni o'ng bronx traxeyadan 65°, chap bronx esa 45° burchak ostida ajraladi. Intubatsion trubka bronxlaming ajralish joyiga yoki bifurkatsiyaga qo'yilsa, havo ikkala o'pkaga ham teng miqdorda ketadi. Intubatsiya asoratlari. Intubatsiyani texnik jihatdan ehtiyot bo'lib berish kerak. Shoshma-shosharlik bilan bajarilganda lablar, til, shilliq qavatlar jarohatlanishi mumkin. Boshni orqaga qayirganda ehtiyot bo'lish shart, bo'yin umurtqalari va orqa miyaga shikast yetishi ham mumkin. Eng ko'p uchraydigan asoratlardan biri nayning oshqozonga o'tib ketishidir. Ko'p harakat qilinsa yoki nay to'g'ri tanlanmasa tovush boylamlari jarohatlanib tovush chiqmay qolishi mumkin. Bulardan tashqari, nay bronxlaming devorlariga uch qismi bilan yopishib qolib, uning o'tkazuvchan-ligiga xalaqit qilishi mumkin. Intubatsiya nayi qaytib chiqishi yoki yaxshi mustahkamlangan bo'lmasa, bronxdan chiqib ketishi mumkin. Intubatsiya paytida tishlarning sinishi tez-tez uchrab turadigan holat. Bunday paytda intubatsiya vaqtincha to'xtatiladi. Eng xavfli asoratlardan biri regurgutatsiya. Bu asorat intubatsiya paytida ham, undan keyin ham sodir bo'lib, traxeya va bronxlaming oshqozondagi massa va oshqozon shirasi bilan berkilib qolishi natijasida bronxospazm, laringospazm, bronxlardan sekretning ko'p ajralishi, o'pka alveolalarida shishning paydo bo'lishi, atelektaz va zotiljamlarning sodir bo'lishiga olib keladi va Mendelson sin-dromi nomi bilan yuritiladi. Bu sindromning kelib chiqishida oshqozonning to'laligi, kirish narkozida kislorod bilan to'yintirish maqsadida oshqozonga havo yuborish, ya'ni oshqozondagi bosimni yana oshirish, kuchli miorelaksantlarni qo'llash, oshqozon kardial qismi sfinkterining bo'shashi, ovoz boylamlarining ochilishi va intubatsiya qilish jarayonining cho'zilib ketishi, yutkich bo'shlig'ini yaxshi tamponlamaslik (berkilmashgi) va boshqa sabablar * Mendelson sindromiga sabab bo'ladi. Bu sindrom behush yotgan bemorlarda 100 %ni tashkil qiladi. Bu sindromdan kelib chiqadigan o'lim 76 % ga yetadi. O'limga sabab nafas yo'llarining aspiratsiyasi (berkilib qolishi) hisoblanadi. Mendelson sindromini davolashda birinchi navbatda qilinadigan ishlar nafas yo'llaridan qusuq mahsulotlarini olib tashlash, bronxospazm va zotiljamning oldini olish, o'pkada nafas olish jarayonini ta'minlash, umumiy qon aylanish hajmini tartibga solishdan iborat. Elektrso'rg'ichni qo'llash, bronxlarni fiziologik suyuqlik bilan yuvish, antibiotiklar va spazmolitiklar qo'llash hamda infuzion terapiya, kerak bo'lganda sun'iy nafas berish va respirator usullari yaxshi yordam beradi. Aspiratsion sindrom va uning asoratlari bilan kurashishdan ko'ra uning oldini olish osonroqdir. Bu maqsadda bemor intubatsiyaga tayyorlanadi, bunda oshqozon bo'sh bo'lishi zarur. 3.5. Konikotomiya Konikotomiya o'ta tez operatsiya bo'lib, intubatsiya qilishning iloji bo'lmaganda qo'llaniladi. Bu muolaja nafas yo'Uariga yot narsalar (ovqat, go'sht, suyak va boshqalar) tushganda asfiksiya rivojlanib, bemor ko'karib ketadi, shunda zudlik bilan o'rta tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. Zudlik bilan bajarilmasa bemor o'lishi mumkin, chunki bunday holatlarda soniyalar ham katta ahamiyatga ega. Operatsiya mikrotraxeostomiya yo'li bilan amalga oshiriladi. Dyufo ignasi bilan tog'aylar orasi teshiladi, igna orqali o'tgan havo bemor hayotini saqlab qolish uchun yetarli. Mikrotraxeostoma bilan yo'talni ham qo'zg'ash mumkin yoki igna orqali katetr yuborib, nafas yo'Uariga dorilar yuborish ham qo'llaniladi. Konikotomiyani bajarish uchun bemor chalqancha yotqiziladi, yelkalari ostiga lo'lacha qo'yiladi, boshi orqaga tashlanadi. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan qalqonsimon tog'ayning pastki cheti va uzuksimon tog'ayning yuqori cheti orasidagi chuqurcha paypaslab topiladi. Bu chuqurcha konik boylamga (uzuksimon-qalqonsimon boylam) to'g'ri keladi. Katta va o'rta barmoqlar hiqildoq tog'aylarining yon tomonlariga qo'yilib, teri tortiladi. Bir vaqtning o'zida boshni silkituvchi muskullar va bo'yin qon-tomir to'plami ham chetga suriladi. Skalpel yordamida barcha yumshoq to'qimalar ko'ndalang kesiladi (kesim uzuksimon tog'ayning yuqori chetiga yaqinroq turadi) va hiqildoq burmaosti bo'shlig'i ochiladi. Kesimga traxeostomik konyulya (yoki manjetli intubatsion naycha) kiritilib sun'iy nafas beriladi. Qalqonsimon va uzuksimon tog'aylar orasidagi masofa naychani kiritish uchun kichiklik qilsa, uzuksimon tog'ay halqasi kesiladi (krikotomiya). Erkin nafas tiklangandan so'ng odatdagi pastki yoki yuqorigi traxeostomiya amali bajarilib, traxeostomik naycha burmaosti bo'shlig'idan traxeyaga ko'chiriladi. Kanyulya burmaosti bo'shlig'ida uzoq muddatga qolib ketganda perixondrit rivojlanib, hiqildoq chandiqlar bilan yopilib qolishi mumkin.
Tomoqda va yuqori nafas yoilarining o'tkazuvchanligi buzilganda, yo'tal yo'li bilan nafas yo'llaridagi balg'amning chiqishini iloji bo'lmaganda nafas yo'lining berkilib qolishiga xavf tug'ilganda, sun'iy nafas berish jarayoni uzoq — bir necha kunlab davom ettirish zarurati bo'lganda, yuqori nafas yo'llarida operatsiya o'tkazishga to'g'ri kelganda yoki ular jarohatida, nafas yo'llari falajida va nafas yo'llari kuyganda intubatsiya qilishning iloji bo'lmagan paytlarda traxeostomiya amali bajariladi. Traxeostomiya nafas yo'llarini ochish bilan bir qatorda nafas yo'llariga infeksiya va sovuq havo kirishiga imkon yaratadi. Shuning uchun ham traxeostomiyada bemor parvarishi katta ahamiyatga ega.
Gipoksiya, giperkapniya, nafas olishda qovurg'alararo mushaklarning qatnashuvi, nafas olish va chiqarishda xirillagan ovoz chiqishi laringospazmning klinik belgilaridir. Davolashda keltirib chiqargan sabablarga qarshi choralar ko'riladi. Kerak bo'lsa, miorelaksantlar yuborilib intubatsiya qilinadi, buning iloji bo'lmasa, konikotomiya va traxeostomiya qilinib kislorod yuboriladi, bemor tinchlantiriladi. Traxeostomiya va konikotomiya o'tkazish uchun quyidagilar kerak bo'ladi: qo'lni zararsizlantirish uchun yod, spirt, og'riq-sizlantirish va mahalliy anesteziya uchun novokain eritmasi, shpris ignasi bilan, o'tkir skalpel, salfetkalar, maxsus tishli ilgaklar, traxeya kesilganda uni ko'tarib turish uchun bir tishli ilgak, traxeostomiya uchun maxsus naychalar. Har xil o'lchamda yarani tikish uchun ip-igna, qon to'xtatish uchun bir nechta qisqich, Dyufo ignasi, turli xil hajmdagi katetrlar. Traxeostomiyada parvarish paytida birinchi navbatdagi vazifa aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilishdir; traxeostomiya uchun naycha atrofidagi aseptik boylam uch-to'rt marta almashtiriladi, naycha esa besh-yetti marta tozalanib, natriy xlor eritmasi bilan bronxlar yuviladi, kerak bo'lsa, antibiotiklar qo'shiladi. Bronxlarni tozalashda elektrso'rg'ichlardan foydalaniladi. Bronxlarga katetr yuborganda uchlikni ochib qo'yish kerak. Tortib chiqarishda uchlikning ochiq qismi bosh barmoq bilan berkiladi, natijada vakuum sodir bo'lib, bronxga tushirilgan katetrdan balg'am chiqa boshlaydi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. O'ng bronxni tozalash uchun bemor boshini chap tomonga buradi, chap bronxni tozalash uchun esa, aksincha. Traxeostomiya qo'yilgan bemorlar stoma orqali ko'p suyuqlik yo'qotadilar. Infuzion terapiya o'tkazganda yoki sun'iy nafas berish paytida ham buni hisobga olish kerak. Bundan tashqari, traxeostomiya orqali tomchi usulida yoki fraksion yo'l bilan nafas yo'llari namlab turiladi. Parvarish yaxshi bo'lmasa, bemorda zotiljam, absess va o'pka gangrenasi kabi asoratlar sodir bo'lishi mumkin. Traxeostomiyada yoki sun'iy nafas berishda yotgan bemorlar bir necha bor yonboshga aylantirib turiladi. Ko'krak qafasi massaj qilinadi, perkussiya yo'li bilan tebratma massaj qilinib, bronxlar devoridan balg'amlar ko'chiriladi va so'rg'ich orqali olib tashlanadi. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolashda navbatdagi usullardan eng muhimi sun'iy nafas berishdir. Bu usul yuqorida qayd qilganimizdek, shoshilinch yordam amaliyotida keng tarqalgan. 3.7. Bronxial astma Asmatik holat bronxial astma kasalligida kuzatiladi. Bronxial astma kasali ko'p tarqalgan kasallik bo'lib, bu kasallik natijasida bo'ladigan o'lim 2—3 % ni tashkil qiladi. Hozirgi paytda bu kasallik bolalar orasida ham keng tarqalgan. Bronxial astmada nafas yo'llari berkilib yoki torayib qoladi, bronxlar yoki traxeyaning berkilib qolishiga sabab turli xil qitiqlovchi yot narsalar (xususan, suyuqlik va balg'amlar, nafas yo'llarining yallig'lanishi) ta'sirida bronxlar spazm holatiga keladi — bronxospazm sodir bo'ladi. Bronxospazm, bu — bronxlar silliq muskullarining qisqarishi, bronxning yallig'lanish natijasida ajralgan suyuqliklardan to'lib qolishi, shilliq qavatning shishishi, mayda bronxlarning esa berkilib qolishidir. Ayrim kasalliklar ham bronxial astma klinikasini beradi, ya'ni ularda ham bronxlar qisilib qolishi mumkin. Bunday holatlarga o'pka shishishi, bronxoektaz kasali, nafas yo'llarining surunkali kasalliklari xuruji, Mendelson sindromi, bronxlarning o'sma kasalligi va boshqalar misol bo'lishi mumkin. Bronxial astma shartli ravishda infeksion allergikva atipik turlarga bo'linadi. Infeksion allergik bronxial astma yuqori va past nafas yo'llari, o'pka bronxlar yallig'lanishi natijasida kelib chiqadi. Atipik formasi esa bemorni biror allergen, chang, ayrim dorilar hidi yoki allergiya mahsulotlarini iste'mol qilganda kelib chiqadi. Ayrim bemorlar bronxial astma kasali bilan kasallanib, gormonlar bilan davolanib yurganlarida, gormon preparatlarini iste'mol qilishni to'xtatsalar, bronxial astma qo'zg'ashi mumkin. Bronxial astma xuruji astma holati (status astmaticus) deb ataladi. Bemorga o'z vaqtida yordam berilmasa xuruj bir necha sutka davom etishi mumkin. Bronxial astma xurujini ekzogen, endogen sabablar, atmosferaning tez o'zgarishi, ruhiy taranglik, ayrim endokrin kasalliklar keltirib chiqarishi va qo'zg'ashi mumkin. Bronxial astma kasalligining kelib chiqishiga yuqorida aytib o'tilgan sabablardan tashqari, antigen — antitana reaksiyasi natijasida sodir bo'ladigan biologik faol moddalari, kininlar, brodikininlar, seratonin va gistaminlar ham sabab bo'lishi mumkin. Bronxial astma xurujida betta adrenoreseptorlar bilan blokada qilish asosiy o'rinni egallaydi. Betta adrenergik reseptorlar nima? Ular alfa va betta reseptor-larga bo'linib, alfa adrenolitiklarni tomirlar devoriga, betta adrenolitiklami bronxlar devoriga joylashishidir. Ular blokadaga uchragan bo'lsa, adrenalin, efedrin qo'llab ham bronxial astma xurujini ochish qiyin. Bronxial astma xuruji paytidagipoksiya, giperkapniya sodir bo'ladi. Demak, bronxial astma xuruji patogenezida, bronxlarning spazmi, nafas yo'llarining berkilib qolishi, o'pkada qon aylanishining buzilishi, kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi muhim o'rin egallaydi. O'pka-yurak yetishmovchiligining ortib borishi bemor o'limiga sabab bo'lishi mumkin. Bronxial astma xuruji klinikasi uch bosqichda kechadi:
birinchi bosqich, kompensatsiya — moslashish bosqichi bo'lib, bemor o'zi uchun qulay holat axtaradi, qo'llarini karavot yoki yerga tirab o'tiradi, hansiraydi, taxikardiya, gipertenziya sodir bo'ladi, balg'am quyuqlashadi, bemor lablari, tirnoqlari ko'karadi, yo'tal qiynaydi, lekin balg'am ajralmaydi; ikkinchi bosqich — bemor hushida emas yoki eyforiyada, badan sovuq ter bilan qoplangan, bo'yin tomirlari bo'rtib chiqqan, nafas olishda nafas mushaklari qatnashadi, o'pkada nafas sust eshitiladi, chunki bronxlar berkilib qolgan bo'ladi, tomir urishi tezlashadi, A/B pasaya boradi, balg'am ajralishi qiyinlashadi; uchinchi bosqich terminalholatnieslatadi. Bemor gipoksiyaholatida, nafas tez vayuzaki bo'ladi, tomir urishi ipsimon, qon bosimini aniqlab bo'lmaydi.O'pkada nafas eshitilmaydi. Badan sovub qoladi, aritmiyalar paydo bo'ladi, qon quyuqlashadi, siydik miqdori kamayadi, asidoz holati rivojlangan bo'lib, balg'am ajralishi qiyinlashadi. Birinchi navbatda o'pkada havo almashinishini yaxshilash va bronxlar spazmini yechish choralari ko'riladi. Bemor yotqizilib (agar yota olsa) yoki o'tqazilib, burun katetrlari orqali kislorod yuboriladi. Bronxolitiklar yuborish birinchi vazifalardan hisoblanadi, kechiktirmasdan betta adrenolitiklar qo'llanilishi kerak. Salbutamol va alupentlarni aerozol sifatida kislorodga qo'shib berish maqsadga muvofiqdir, keyinchalik gormon — gidrokartizon, prednizalon tomirga yuboriladi. Antigistaminlar — xlorli kalsiy yuborishni unutmaslik kerak. Bronxlardagi balg'amlarni suyultirib chiqarish maqsadida tripsin, himotripsin, mukaltinlar aerozol sifatida yuboriladi. Yo'qotilgan suvning o'rnini to'ldirish va qonni suyultirish maqsadida vena ichiga 5 % li glukoza, fiziologik suyuqliklaf, reopoliglukinlar yuborish maqsadga muvofiq. Asidoz holatini olish maqsadida tomir ichiga 4 % li soda eritmasi hamda • sodani aerozol sifatida yuborish ham mumkin. Yuqoridagi usullar bilan bronxial astma xuruji o'tmasa, ftoratan bilan narkoz beriladi. Ftorotanni yuborishda ehtiyot bo'lish kerak, u yurak mushaklariga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ftorotan shifokor ko'rsatmasi bilan beriladi. Bronxial astma hurujida yallig'lanishning oldini olishning ahamiyati katta. Bu maqsadda gormonlardan tashqari antibiotik-lar ham beriladi. Bronxlar bronxoskop yordamida balg'amdan tozalanib, yuviladi. Yuvish uchun eng yaxshi vosita issiq fiziologik eritmadir. Yuqorida qayd qilingan usullar yordam bermasa, bemor intubatsiya qilinib, sun'iy nafas berishga o'tiladi. Intubatsion naycha orqali kislorod, antibiotiklar yuborilib bronxlar yuvilishi ham mumkin. Bronxial astma huruji o'tgach, bemor nafasi yaxshilanib, gipoksiyabelgilari ketib, bemor hushiga kelgach ekstubatsiya qilinadi va bemor o'zi erkin nafas oladi. Sizga hamshiralik jarayonidan ma'lumki, hamshira tashxisi, bemorning ahvoli, muammosi va klinik belgilaridan kelib chiqqan holda, bemor ahvoliga qarab, o'zgarib turadi. O'NY bilan kelgan bemorning ko'krak qafasini, og'ir shikastlanish bilan kelgan bemor misolida ko'raylik. Ma'lumki ko'krak qafasi a'zolari shikastlan-ganda yoki ularda jarrohlik muolajalari o'tkazilgandan so'ng bemorni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Parvarish e'tibor talab qiladi, chunki bunday bemor ko'krak qafasidagi shikastlanish tananing boshqa shikastlanishlari bilan birga qo'shilib keladi. Shularni hisobga olib, bemorni parvarish qilish eng tajribali hamshiraga topshiriladi. Bunday bemorlar yotgan xonada doimiy kislorod berish uchun barcha moslamalar, qon va suyuqliklar quyish uchun kerakli asbob va anjomlar, intubatsiya va venaseksiya, venapunksiya uchun asbob-uskunalar, nafas yo'llarini tozalash uchun elektrso'rg'ichlar va sun'iy nafas berish uchun barcha jihozlarni hamshira oldindan tayyorlab qo'yishi kerak. Bemorga qulaylik bo'lishi uchun uni moslashtirilgan karavotlarga yotqizish yoki Fovler holatini berish maqsadga muvofiq. Yuqoridagi talablar bajarilgandan so'ng hamshira, tashxis qo'yishga kirishadi. Hamshiralik jarayonida tashxis qo'yish tartibi quyidagicha: bemor ahvoli belgilanadi, obyektiv tekshirishlar o'tkaziladi, ya'ni bemorning kasallik tarixi, ijtimoiy ma'lumotlar, kasallikning rivojlanish tarixi sabablari, bemorning ruhiy holati va boshqa anamnezlar yig'ilib, obyektiv tekshirishlar: ko'zdan kechirish, palpatsiya qilib ko'rish, yurak tonlarini eshitib ko'rish (auskul-tatsiya), qon bosimini o'lchash, tomir urishini aniqlash va tana haroratini o'lchash hamda bemor holatini og'irlashtiradigan omillar aniqlanib, boshqa tekshirish usullari — tahlillar (EKG, UZI, bioximik va klinik) maxsus kartaga yoki hamshiralar olib boradigan kasallik tarixiga yozib boriladi. Masalan, L. nomli 25 yoshli bemor og'ir ahvolda tez yordam mashinasida olib kelindi. Shifokorning dastlabki tashxisi shunday: bemor ko'krak qafasi yopiq shikastlangan, qovurg'alar singan, o'ng tomonlama gemotoraks, kalla-miya shikastlangan, o'ng son suyagi singan, travmatik shok. Hamshira bemor ahvolini baholab, ma'lumotlar, ko'rsat-kichlarni alohida muhokama qilib, bemor ehtiyojlarini aniqlaydi, muammolarning muhimligini, ya'ni qaysi muammo birlamchi, qaysinisi ikkilamchi ekanligini aniqlaydi. Hamshira bemor ahvolining og'irlashib qolishini oldindan ko'rib bilishi kerak. Shunday ekan hamshira tashxisi quyidagicha boiadi: bemor befarq, nafas olishi tez-tez, lablari ko'kargan, sovuq terbosgan, tana harorati ko'tarilgan, pulsi tezlashgan, qon bosimi pasaygan, xirillab nafas olmoqda, eyforiya holatida, o'ng o'pkada nafas eshitilmaydi, nafas olishda qo'shimcha nafas mushaklari qat-nashmoqda, — deb kuzatuv varaqasiga yozib qo'yadi, shuningdek, birlamchi kechiktirib bo'lmaydigan muammolarni hal qilish uchun ish tutishi kerak. Bir vaqtning o'zida shifokorni chaqirib o'z tashxisini asoslab beradi. Hamshira tashxisi — hamshiraning klinik mulohazalaridir.
NAZORAT SAVOLLARI 1. G i poksiyaning qanday turlari bor? Gipoksiyaning birinchi bosqichidagi klinikbelgilar qanday? Gipoksiya qanday davolanadi? Sun'iy nafas berish deganda nimani tushunasiz ? Nafas mexanikasini yaxshilash usullari haqida nimalarni bilasiz? Oksigenoterapiya nima? Tebtarma massaj haqida ma'lumot bering. O'tkir nafas yetishmovchiligini davolash nimalardan iborat? Intubatsiya o'tkazish texnikasi va uning asoratlari haqida nimalarni bilasiz? Komkotomiya tushunchasi va unga ko'rsatmalar nimalardan iborat? Traxeostomiyaga ko'rsatmalar, kelib chiqish sabablari, parvarish qilish nimalardan iborat? Bronxial astma xuruji, klinikasi, bosqichlari haqida qanday ma'lumotlarga egasiz? O'TKIR YURAK-TOMIR YETTSHMOVCHILIGIDA REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH 1628-yilda Garvey odam organizmining qon aylanish sistemasini kashf etdi. Qon aylanish sistemasida, asosan, quyidagi a'zolar qatnashadi: qonni haydovchi (nasos roliini bajaruvchi) yurak; qonni tashib beruvchi arteriya va vena qon tomirlari. Organizmdagi 75—80 % qon vena qon tomirlarida aylanib yuradi va saqlanadi. Qonni taqsimlovchi tomirlar arteriyalar bo'lib, ular qonni kapillarlar orqali taqsimlaydi va boshqaradi. Kapillarlarda qon ma'lum tezlikda almashinadi.
Qon aylanish sistemasining asosini tashkil qiladigan qon, yurak, arteriya va katta vena qon tomirlari makrosirkulatsiyani, arteriolalar, venulalar, anastomozlar va kapillarlar esa mikrosirkulatsiyani hosil qiladi. Bulardan tashqari, kichik qon aylanish doirasi va katta qon aylanish doiralari ham bor. 4.1. Yurak Yurak ham organizmning eng muhim a'zosi bo'lib, chap tomon ko'krak qafasida joylashgan, mushakli a'zo, og'irligi 100— 150 g.ni tashkil qiladi. Kattaligi erkaklar mushtidek bo'lib, yurak xaltasi ichida yotadi. Bu xaltacha perikard deb ataladi. Yurakning mushak qavati miokardva ichki qavati endokard deb ataladi. Yurak ikkita: chap va o'ng bo'lmachalar hamda ikkita chap va o'ng qorinchalardan tashkil topgan bo'lib, bo'lmacha va qorinchalar maxsus devorchalar bilan ajralib turadi. Bu devorchada chap tomonda uch tavaqali o'ng tomonda esa ikki tavaqali klapanlar joylashgan. Bu klapanlarning vazifasi yurak qisqarib bo'shagan paytda qonni qorinchalardan bo'lmachalarga o'tkazmaslikdir. Klapanlar chap qorinchaning aortaga va o'ng qorinchaning o'pka arteriyalariga chiqish joyida joylashgan. Yurak klapanlarining vazifasi sistola paytida jips yopilib, diastola paytida ochilib qonni kerakli yo'nalishda chiqarib yuborishdan iborat. Biror kasallik tufayli shu klapanlar jips yopilmasa, katta va kichik qon aylanish sistemasida buzilish paydo bo'lib, yurak-tomir yetishmovchiligi sodir bo'ladi, ya'ni yurakning nasos funksiyasi buziladi. Bulardan tashqari, yurakning qisqaruvchanlik, avtomatizm, o'tkazuvchanlik xususiyatlari ham bor. Yurakning bu hususiyatlari unda joylashgan tugunlar hisobidan amalga oshiriladi. Bu tugunlar bo'lmachalar-ning yuqori qismida joylashgan bo'lib, sinus tuguni deyiladi. Bu tugun o'zidan impulslarni Ashof-Tovar tuguniga, u esa o'z navbatida Gis tuguniga o'tkazadi. Gis tuguni esa Surkune tolalariga impulslarni o'tkazib, yurakning yuqorida qayd qilingan xususiyatlari va funksiyalarini amalga oshiradi. Ashof-Tovar tuguni bo'lmacha va qorinchalar orasidagi devorlarda, Gis tuguni esa qorinchalar orasidagi devorchalarda, Surkune tolalari esa qorinchalar mushak-larida joylashgan. Yurakning ish faoliyati, asosan markaziy asab sistemasi va vegetativ asab sistemasi orqali boshqariladi. Yurak o'zining xususiy qon tomirlariga ega. Shu tomirlar yurak devorlarini bir umrga qon bilan ta'minlab turadi. Ular chap va o'ng yurak bo'lmacha uchun alohida bo'lib, aorta qon tomirlaridan chiqadi. Makrosirkulatsiyani ta'minlaydigan a'zolardan navbatdagisi arteriya va venalardir. Arteriyalarda organizmdagi 15—20 % qon oqadi. Arteriyalar qonni yurakdan olib arteriolalarga, arteriolalardan kapillarlarga, ulardan esa organizm a'zolariga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Arterial qon o'z vazifasini o'tagach, yana kapillarlardan venulalarga, ulardan katta hajmdagi venalarga, keyinchalik yuqori kovak venasi orqali o'ng bo'lmachaga quyiladi. Mikrosirkulatsiyaga kelsak, bemor uchun mikrosirku-latsiyaning ahamiyati juda katta, chunki har qanday og'ir holatda birinchi bo'lib shu sistema ishdan chiqadi yoki mikrosirkulat-siyaning ishdan chiqishida birinchi bo'lib uni tashkil qilgan organizm a'zolari ishdan chiqadi. Mikrosirkulatsiya butun a'zolar — organizmni shira bilan ta'minlaydi, turli xil metobolitlarni, ya'ni moddalar almashinuvi natijasida paydo bo'lgan keraksiz mahsulotlarni chiqarib tashlashda va arteriyalar tomonidan keltirilgan qonni organizm a'zolariga to'g'ri taqsimlashda muhim o'rinni egallaydi. Kapillarlar uzunligi organizmda 100000 kilometrni tashkil qiladi, bunday hajmni to'ldirish uchun 5—6 litr qon emas, hatto 100 litr qon ham kamlik qiladi. Lekin odam organizmi shunday yaratilganki, kapillarlar navbati bilan ochilib-yopiladi, 20—25 % kapillar ishlaydi, xolos, qolganlari dam olib, o'z navbatini kutib turadi, ularning ochilib-yopilib turish jarayoni bir necha sekunddan bir necha daqiqagacha davom etadi. Bu jarayonlar gumoral yo'l bilan amalga oshiriladi. Kapillarlarning birin-ketin ochilib-yopilishi vazomassa deyiladi. Mikrosirkulatsiyani tashkil qilgan sistema карпуaron sistema deb ataladi. Kapilyaron sistemada qon oqish o'ziga xos bo'lgan gemodinamika qonuniga bo'ysunadi, ya'ni qon aylanish yoki qon bilan ta'minianish o'sha to'qima va a'zoning talabiga qarab, arteriola va venulalarning o'zgarishi va tarangligi hisobiga amalga oshadi. Kapillarlar o'sha a'zo bajaradigan ishga qarab tuzilgan bo'lib, qon reologiyasi va kapilyarondagi qon oqish tezligiga bog'liq. To'qimalardagi qon aylanish mahalliy mexanizm bilan boshqariladi, ya'ni mushaklar qisqarishi va metabolitlar (kinin, bradikinin va ferratin) hisobiga ham amalga oshiriladi. Organizm a'zolaridagi qonning oqish tezligini oshirish yoki kuchaytirish ikki xil yo'l bilan amalga oshiriladi: birinchisi — qon bosimini oshirish, ikkinchisi — tomirlar qarshiligini kamaytirish. Eng katta qarshilik arteriolalarda bo'ladi. Qonning reologiyasini yaxshilash bilan ham organizm a'zolarida qon aylanishini yaxshilash mumkin. Arteriya-vena shuntlari yoki anastomozlari arteriya qonini vena qoniga o'tishida terminal holatlarda paydo bo'ladigan organizmning himoya usullaridan biri hisoblanadi. Qon kapillarlarga kirmasdan qon aylanishini tashkil qiladi yoki boshqariladi, chunki a'zoga og'ir holatda zudlik bilan qon kerak, kapillarlarning funksiyasi esa izdan chiqqan. Ana shunday holatlarda shuntlar paydo bo'lib, qon aylanishi davom etadi. Mikrosirkulatsiya sistemasi ishlayot-ganini bilishning quyidagi usullari mavjud. Kapillaroskopiya. Kapillaroskopiya apparati bilan kapillar-lardagi qonning aylanishi ko'rib boriladi. Organizmning teri harorati bilan to'g'ri ichak harorati orasidagi farqni aniqlash orqali mikrosirkulatsiyani tekshirish mumkin. Bu farq 2—3 g.ni tashkil qiladi. Bu farq undan ko'p bo'lsa, mikrosirkulatsiya yaxshi emasligidan darak beradi. Oq dog'lar, tirnoqlar va barmoqlardagi sovuqlik, bosib ko'rganda qonning bo'lmasligi, ko'karish holatlari va hokazolar mikrosirkulatsiya yaxshimasligidan dalolat beradi. 4.2. Qon aylanishining buzilishi Og'ir holatlarda qon aylanishi bir necha bosqichda buziladi. Birinchi bosqich — stress, katexolominemiya, arteriolalar va venulalar spazmi. Kapillarlarda qon aylanishi kamayib, shuntlar ishga tushadi, kapillarlarda agregatsiya paydo boiadi. Ikkinchi bosqich — qon aylanishining kapillarlarda buzilishi, bunda ularga qon kelishi batamom to'xtaydi; agregatsiya bo'lgan eritrotsitlar ustiga fibrinlar o'tirib, gipoksiya va metabo-litlar ko'payadi; agregatsiya bo'lib qolgan eritrotsitlar qon ayla-nishida qatnashmaydi, ya'ni sekvistratsiya holati sodir bo'ladi. Sekvistratsiya bo'lgan qon depodagi qondan katta farq qiladi, ya'ni uning fizik-kimyoviy xususiyati buzilgan bo'ladi. Tarkibini yaxshilash va depodagi qondek bo'lishi uchun u o'pka orqali o'tishi kerak, o'pkada esa qon aylanishi uchun shart-sharoit yo'q. Natijada gipovolemiya holati sodir bo'ladi yoki umumiy qon aylanish hajmi kamayib ketadi. Uchinchi bosqich — mikrosirkulatsiya sistemasida katta buzilish sodir bo'lib, ahvol og'irlashadi, kapillarlar ishdan chiqadi. Lekin organizm a'zolarining ishdan chiqishi turlicha sodir bo'ladi. Jigar, buyrak kapillarlari oldinroq ishdan chiqsa, miya, yurak tomirlari esa keyinroq berkilib qoladi yoki ishdan chiqadi. To'rtinchi bosqich — qon aylanishning butun orga-nizmda yoppasiga buzilishi. Shunday patologik holat sodir bo'ladi-ki, qaysinisi birinchi, qaysinisi keyingilari ekanligini ajratish qiyin bo'ladi. Mikrosirkulatsiyaning buzilish belgilari quyidagilar: siydik-ning bir soatda 30 ml.dan kam bo'lishi; to'g'ri ichak bilan teri haroratining farqi 4° dan ortishi; metabolik asidozning bo'lishi; terining sovib va ko'karib qolishi; ko'z tubida qon aylanishining kamayishi, oq dog'lar belgisi va hokazo. Qon — to'qima, qon — suyuqlik, qon — hayot. Qon to'qi-malarga kerakli moddalar: shira, kislorodni yetkazib berib, to'qi-malardan keraksiz mahsulotlarni olib chiqib ketadi. Qon bufer sistemasi ishida asosiy va muhim o'rinni egalaydi. Qon immun sistemasi faoliyatida ham katta o'rinni egalaydi. Qon o'z harakati bilan o'zini-o'zi himoya qiladi va hokazo. Qon o'z vazifalarini to'liq bajarishi uchun u normal suyuqlikka va yopishqoqlikka ega bo'lishi kerak. Qonning tomirlarda oqishi uning tarkibiga bog'liq. Qonning yopishqoqligiga quyidagi omillar ta'sir qiladi: globulin, fibrinogen, gemoglobin va gematokrin miqdori ko'payib ketsa; eritrotsitlarda manfiy elektr zarrachalarning kamayishi; qonda kasallangan nuqsonli eritrotsitlarning ko'payishi; yog' kislotalarning ko'payib ketishi, asidoz va alkoloz holatlar; teopental, ketamin efirlar bilan narkoz berganda ham qonning yopishqoqligi oshar ekan. Organizm harorati ko'tarilganda, albumin ko'payganda, geparin, droperidol dorilar qo'llanilganda qonning yopishqoqligi pasayadi, ya'ni suyuladi. Tomir devori qancha kichik bo'lsa, qonning yopishqoqligi shuncha kamayadi. Qonning realogiyasiga ham yuqoridagi kuchlar ta'sir qilib, qonni tomirlarda oqishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Realogiyani aniqlashda gematokritni aniqlashning ahamiyati katta. Yopish-qoqlik qancha ko'p bo'lsa, qonning laxtalanish-quyilish vaqti shuncha qisqaradi, yopishqoqlik arteriyaga qaraganda venada kuchli-roq. Realogiya va yopishqoqlik uzviy bog'liqdir. Yopishqoqlik oshib realogiya sekinlashsa, eritrotsitlar agregatsiyasi kuchayadi. Agregatsiyada esa eritrotsitlar va qon boshqa elementlarining bir-biriga yopishib qolishi kuzatiladi. Agregatsiya sababli tomirlarning o'tkazuvchanligi kamayib yoki butunlay berkilib qoladi, oqibatda organizm a'zolarida qon aylanishining buzilishi tufayli ishemiya, asidoz, gipoksiyakabi kasalliklar yuzagakeladi. Agregatsiyaning paydo bo'lishida bu gemodinamikaning buzilishi asosiy omildir. Bizga ma'lumki, kritik holatlar, shoklar, diabetning og'ir formasi, epilepsiya agregatsiyaga sabab bo'ladi.
O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi tushunchasi tibbiyotda keng tarqalgan. Bemorga shunday tashxis qo'yilgan bo'lsa, tibbiyot xodimi unga tez va har tomonlama yordam berish choralarini ko'rishi kerak. Keyingi paytlarda o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi tushunchasi yurakda qonning kam miqdorda chiqarilish sindromi bilan atala boshlandi. To'qimalar va butun organizmni qon yoki kislorod bilan ta'minlash uchun qon aylanishini to'liq tashkil qilish kerak. Buning uchun yurak va qon tomirlari sog'lom bo'lishi kerak. Qon aylanishining biron bir sabab bilan buzilishi organizm uchun juda xavfli, chunki kasallik yoki biror tasodif tufayli organizmda bo'ladigan metabolik jarayonlar natijasida zaharli moddalar organizmda ushlanib qoladi va bemor organizmini yanada og'irlashtiradi. O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligi sabablariga quyidagilar kiradi: taxikardiya yoki aritmiyalar tufayli diastola davri qisqaradi. Bunda o'ng bo'lmachaga kelib tushadigan qon miqdori kamayadi yoki yurak qorinchalari qon bilan to'lmaydi, natijada bir daqiqa davomida yurakning aortaga chiqargan qon miqdori kamayadi. Bu qon normada 5—6 litrga teng. Taxikardiya yoki aritmiyalar oldi olinmasa, o'tkir yurak yetishmovchiligi kelib chiqadi; gipovole-miya (gipovolemiya — tomirlarda oqib yurgan qon miqdorining tomirlar hajmiga to'g'ri kelmasligi), periferik tomirlar qarshi-ligining oshishi natijasida o'ng bo'lmachaga kelib tushadigan qon miqdori kamayadi. Miokard infarkti natijasida esa yurakning nasos funksiyasi buziladi. Kuchli zaharlanishlar, o'tkir tomir yetishmovchiligi; miokardit, bradikardiya, yurak jarohatlari va hokazolar yurak yetishmovchiligiga sabab bo'ladi. O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligini aniqlashda markaziy bosimning ahamiyati katta. Markaziy vena bosimi — o'ng bo'lmachaga kelib tushgan qon miqdorining, o'pkaga chiqarilgan qon miqdoriga teng kelishidir. Markaziy vena bosimi normada 100—120 mm sim. ustuniga teng. To'qimalarda qon aylanishini yaxshilash uchun tomirlar tarangligi va qon aylanishi tezligini yaxshilash kerak. O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligining kelib chiqishida gipovoiemiya va tomirlar ichida qon aylanish miqdorining ahamiyati katta, tomirlarda aylanib yuradigan qon miqdori gipovolemiya holati bilan chambarchas bog'liq. Organizmga o'z vaqtida yordam berilmasa, gipovolemik holat davom etaversa, organizmning kompensator xususiyatlari yordam berolmasa, hayot uchun zarur boigan a'zolar ishi izdan chiqadi, o'tkir buyrak, jigar yetishmovchiligi kabi holatlar sodir bo'ladi. O'tkir yurak -tomir yetishmovchiligida yoki uni davolashda uchraydigan hamda foyda beradigan holat bu gemodilyutsiya holatidir. Gemodilyutsiyani tabiiy va sun'iy yo'l bilan amalga oshirish mumkin. Tabiiyligi shuki, organizm nochor holatga tushganda to'qimalardagi siiyuqlik tezda qonga o'tib tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldirishga harakat qiladi, natijada qon ancha suyuqlanib to'qimalarda aylanishi yaxshilanadi. Turli suyuqliklar quyib qonni suyuitirishga erishish mumkin, ya'ni qonning realogiyasi — tomirlarda oqishi yaxshilanadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligida qon realogiyasining ahamiyati katta. Realogiyani yaxshilaydigan preparatlarga reopoliglyukin, aspirin, oqsil preparatlari va turli xil suyuqliklar kiradi. O'tkir yurak-tomir yetishmovchiligida uchraydigan navbatdagi holatlardan biri mikrosirkulatsiyaning buzilishidir. Mikrosirkulatsiya buzilgan bo'lsa, bemor qancha og'ir holatda bo'lmasin qon bosimi past bo'lmaydi, aksincha, yuqori bo'lishi mumkin. Og'ir holatlar qon bosimiga qarab emas, mikrosirkulatsiya holatiga qarab aniqlanadi. Mikrosirkulatsiya holatining qay darajada buzilganligi ichki a'zolarda qon aylanishining busilish darajasini belgilaydi, chunki har a'zo o'zi bajargan ishiga qarab qon bilan turlicha ta'minlanadi, masalan jigar orqali bir daqiqada 1,5 litr qon o'tsa, buyrak orqali 1,3 ml, miya orqali 750 ml, mushaklar orqali esa 1,5 litr qon o'tadi va h.k. Yuqorida qayd qilingan holatlar, ya'ni bir daqiqada yurakning aortaga chiqargan qon miqdorini kamaytirishi, gipovolemik holatlarda tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorining past bo'lishi, mikrosirkulatsiya va realogiyaning buzilishi, tomirlar qarshiligining ortishi va ichki a'zolarning qon bilan ta'minlanishining buzilishi, o'tkir yurak-tomir yetishmovchiligiga xos belgilar bo'lib, gipoksiyaga olib keladi. U esa o'z navbatida organizmda moddalar almashinishining buzilishiga yoki asidoz holatiga sabab bo'ladi. Yurak-tomir yetishmovchiligi quyidagilarga bo'lib o'rganiladi: chap qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi; o'ng qorinchaning o'tkir yetishmovchiligi; qorinchalar yetishmovchiligi; o'tkir tomir yetishmovchiligi.
Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling