3.3. MATERIALLARNI BUXGALTERIYADA
HISOBGA OLISH
Boshlang‘ich hujjatlardagi materiallarga tegishli ma’lumotlar to‘lov vedomostiga ko‘chiriladi. Ushbu vedomost ma’lumotlari hisobot oyi oxirida har bir ombor bo‘yicha aylanma vedomosti tuzishda asos bo‘lib hisoblanadi.
Hisob-kitobning jurnal order shaklida qabul qilingan materiallar va mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar 6-jurnal orderda yuritiladi. Unda sintetik va tahliliy hisob bir-biri bilan bog‘langan holda olib boriladi.
Hisob-kitobning jurnal order shaklida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan materiallarning ulgurji bahosi, shartnoma yoki reja tannarxi bo‘yicha 10-jurnal order, boshqa maqsadlar uchun sarflangan materiallar esa 10/1 jurnal orderiga yoziladi. Shunday qilib, materiallar
kirimi bo‘yicha sintetik hisob 6-jurnal orderda, sarflangan materiallarning sintetik hisobi esa 10 va 10/1 jurnal orderlarda olib boriladi.
Buxgalteriyada sintetik hisobdan tashqari sexlar, omborlar, materiallar guruhlari bo‘yicha tahliliy hisob yuritiladi.
Tezkor-buxgalteriya (saldoviy) usuli qo‘llanilmaydigan korxonalar buxgalteriyalarida materiallar pul va son ko‘rsatkichida hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi schotlardan foydalanish mumkin:
1010-«Xomashyo va materiallar».
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar».
1030-«Yoqilg‘i».
1040-«Ehtiyot qismlar».
1050-«Qurilish mollari».
1060-«Idish va idish materiallari».
1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar».
1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari».
1090-«Boshqa materiallar».
Schyotlarning debet tomonida sotib olish (tayyorlash), haqiqiy tannarxida yoki hisob narxlarida kirimga olinishi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |