O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 1 Mb.
bet17/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Nazorat savollari:

  1. Olam tuzilishi haqida miloddan avvalgi tasavvurlar qanday bo’lgan?

  2. Olam tuzilishining geosentrik ta’limoti uni qanday tasavvur qiladi?

  3. Olam tuzilishining geliosentrik sistemasiga ko’ra, u qanday tuzilgan?

  4. Planetalarning yulduzlar fonidagi sirtmoqsimon harakatlari, geliosentrik ta’limot asosida qanday tushuntiriladi?

  5. J. Bruno Olam tuzilishiga tegishli qanday yangi fikrlarni o’rtaga tashladi?

  6. Beruniyning Olam tuzilishi haqidagi modelini chizib ko’rsating.


Ma’ruza№7
Mavzu:Kepler qonunlari. Osmon jismlarining massalarini hisoblash
Sutkalik parallakslar.
Reja:
1.Kepler qonunlari.
2. Quyosh sistemasi jismlargacha masofalarni aniqlash.
3. Osmon jismlarining massalarini hisoblash.


Kepler qonunlari
XVI asrda planetalarning harakatlarini kuzatib, ularning o’rinlarini aniq belgilashda daniyalik olim Tiho Brage (1546-1601) katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. U o’z astronomik kuzatish asboblari yordamida yoritgichlarning osmondagi o’rinlarini juda katta aniqlikda belgilashga erishdi. Bu aniqlik 2 ni tashkil etib, 17 metr masofada 1sm uzunlikdagi jism shunday burchak ostida kurinadi. Umrining oxirgi yillarini Pragada o’tkazayotgan Brage shogirdlikka talantli nemis astronomi Keplerni taklif etdi. Kepler taklifni qabul qilib, Pragaga ko’chib keldi. Biroq ko’p o’tmay Brage vafot qildi va uning qimmatli kuzatish natijalari Keplerni qo’lida qoldi. Kepler o’z ustoziga sodiq qolib, Yer va Marsnig Quyoshdan uzoqligini aniqlash bo’yicha katta xisoblash ishlarini bajardi. Ko’p yillik xisoblashlar natijasida, u Yerning Quyoshdan uzoqligi va Mars bilan Quyosh orasidagi masofalarni xisoblab, Marsning Quyosh atrofidagi harakat traektoriyasini aniqladi. Bu traektoriya ellips bo’lib chiqdi. Ellips deyiluvchi yopiq egri chiziqning harakterli joyi shundaki, uning ihtiyoriy nuqtasi uchun ellipsning fokuslari deyiluvchi ikki nuqtasidan o’zoqliklarining yig’indisi o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi. Ya’ni ellipsda (27-rasm)
bo’lib, undagi F1 va F2 nuqtalar-fokuslar deyiladi. Ellips bir-biridan eng uzoq nuqtalarini tutashtiruvchi kesma, uning katta o’qi deyilib, Quyosh va planeta orasidagi o’rtacha masofa shu o’qning yarmiga teng bo’ladi va katta yarim o’q (a) deyiladi. Salkam 24 yillik kuzatish natijalarini umumlashtirib, Kepler planetalar harakatiga tegishli qo’yidagi uch qonunni kashf etdi:
1. Har bir planeta Quyosh atrofida ellips bo’ylab aylanadi va mazkur ellipsning fokuslaridan birida Quyosh yotadi.
2. Planetalarning radius-vektorlari (planetani Quyosh bilan tutashtiruvchi kesma) teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi (28-rasm).
3. Ihtiyoriy ikki planetaning Quyosh atrofida aylanish siderik (haqiqiy) davrlar kvadratlarining nisbati, ularning orbitalari katta yarim o’qlarining qutblarining nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni
,
bu yerda: a1, T1 -1 -planetaning katta yarim o’qi va davri,
a2, T2 - 2 -planetaning katta yarim o’qi va davri.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling