O‘rta maxsus ta’lim


Download 296 Kb.
bet2/10
Sana08.04.2023
Hajmi296 Kb.
#1342440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kamolov Hasanxon

Bosh hakam musobaqaning, kurash qoidalariga asosan tashkil qilinishi va o‘tkazilishiga mas’ul shaxsdir. Bosh hakam ko‘rsatmalarini kurashchilar, guruh boshliqlari, murabbiylar, hakamlar va barcha qatnashchilar bajarishlari shart.

Bosh hakam vazifalari:


      • musobaqa o‘tkaziladigan joy (sport zali yoki stadion), jihozlar va gilamlarning tayyorlanishi tekshiradi;

      • qur’a tashlash jarayonida kuchli kurashchilarni ikki guruhga bo‘ladi;

      • hakamlarni gilamlarga taqsimlaydi;

      • musobaqa jadvalini tuzadi;

      • kurashchilarni tarozida tortish uchun hakamlarni belgilaydi;

      • har bir olishuv uchun hakamlarni tayinlaydi va ularning harakatlarini nazorat qilib boradi;

      • musobaqa boshlanishidan oldin hakamlar hay’atining majlisini o‘kazadi;

    • musobaqa davomida har kuni musobaqalardan so‘ng hakamlar hay’ati, murabbiylar, jamoalar vakillari bilan birgalikda shu kungi musobaqaning natijalarini va hisobotini ko‘rib chiqadi, kamchilik va nuqsonlarni o‘z huquqi va imkoniyati doirasida bartaraf qiladi;

    • agar zururiyat bo‘lib qolsa, hakamlar hay’ati majlisini har qanday vaqtda o‘tkazishi mumkin;

    • hakamlarning musobaqaga tayyorgarligini va musobaqa jarayonini baholab boradi;

musobaqadan keyin uning qay darajada tashkil qilinganligi va o‘tkazilganligi haqida yozma hisobot bayonini to‘ldirib, tegishli tashkilotga topshiradi.
Bosh hakam huquqlari:

    • musobaqa o‘tkazish inshooti, jihozlari va gilamlar tayyorlanmagan bo‘lsa, musobaqa o‘tkazishni ta’qiqlash va boshqa muddatga ko‘chirishi mumkin;

    • musobaqa jarayonida, uni yuqori saviyada o‘tkazishga halaqit beradigan hol yuzaga kelib qolsa, musobaqani vaqtincha to‘xtatib turish ham mumkin;

    • musobaqa o‘tkazish tartibi yoki jadvaligi o‘zgartirish kiritishi mumkin;

    • hakamlar hay’atiga ma’lum qilingan holda kurash musobaqalari qoidasini qo‘pol ravishda buzgan yoki qoidaga rioya qilmagan hakamni musobaqadan chetlatishi mumkin;

    • musobaqada ishtirok etishga ruhsati bo‘lmagan yoki kurash qoidalarini buzgan kurashchilarni ham musobaqadan chetlatishi mumkin;

    • qo‘pollik qilgani yoki kurash qoidalarini buzganliklari uchun har qanday guruh vakillari va murabbiylarini ogohlantirishi yoki musobaqadan chetlatishi mumkin;


    • Download 296 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling