O’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi
Fransiya —O‘zbekiston munosabatlari
Download 0.58 Mb.
|
Mustaqil ish
3. Fransiya —O‘zbekiston munosabatlari.
1992-yil fevral oyida Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. 1993- yil oktabrida Prezident Islom Karimov rasmiy vizit bilan Parijda bo‘ldi. Tashrif davomida bir qancha shartnoma va bitimlar imzolandi. Jumladan, ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risidagi bitim respublikamizda neft, yengil sanoat hamda banklar faoliyati sohalarida samarali hamkorlik sari yo‘l ochdi. «Ron pulen» kimyo firmasi, «Kredi kommersial de frans», «Nasional de pari» banklari, «El-akita» firmasi va boshqalar Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi qurilishini mablag‘ bilan ta’minlashda katta hissa qo‘shdi. Undan tashqari respublikamiz chorvadorlari, sog‘liqni saqlash xodimlari (Bofur-ipsen internatsional dorichilik shirkati bilan), arxeologlari, rassomlari, teatr arboblari, adabiyotchilar fransiyalik hamkasblari bilan yaqin aloqa o‘rnatganlar. Fransiyada «Temuriylar» nomli jurnal nashr etib kelinadi. 1994-yil aprelda Fransiya Prezidenti F. Mitteran rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tardi. 1996-yil aprelida Parijda YUNESKO rahbarligida buyuk bobokaloni- miz Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Bu sohadagi ulkan xizmatlari uchun YUNESKO Bosh direktori F. Mayor «Do‘stlik» ordeni, Temuriylar tarixi bilimdoni L. Keren «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. Tantanalar jarayonida I. A. Karimov Fransiya Prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarning kelajagi belgilab olindi. Fransiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida yana bir qator shartnomalar imzolangan bo‘lib, o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Xulosa Respublika hukumati ichki siyosatda bir qator muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1881-1882-yilarda ta'lim to'g'risida qonun qabul qilindi. Unga ko'ra, maktab cherkovdan ajratildi. Ta'limning dunyoviyligi ta'minlandi. 13 yoshgacha bo'lgan. bolalar uchun majburiy bepul ta'lim joriy etildi. Maktablarda ta'lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo'ldiMamlakatda respublikani mustahkamlash tobora chuqur qaror topa bordi. 1876-yilgi Senatga bo'lgan saylovlarda respublikachilar qo'li baland keldi. Bungacha davlatni boshqargan monarxiya tarafdori bo'lgan Mak- Magon iste'fo berishga majbur bo'ldi. Mamlakatda ichki siyosiy hayotning o'ziga xos bir xususiyati bu ko'ppartiyaviylikning qaror topganligi edi. Ularning ichida radikallar, sotsialistlar va respublikachilar partiyalari yetakchi nufuzga ega edi. Fransiya siyosiy hayotida, ayni paytda, demokratiyaga qarshi kuchlar ta'siri ham o'sib borayotgan edi. Chunonchi, mamlakatda millatchilik, shovinizm g'oyalari keng tarqala boshladi. Bu g'oyalar tarafdorlari qudratli qo'shingina Elzas va Lotaringiyani qaytarib olishi mumkinligiga ishonar edi. Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxiyachilar va monarxiyachilar faoliyati ham kuchaydi. Ularning maqsadi - mavjud tuzumni ag'darish edi. Bu maqsadga erishish uchun anarxistlar kurashning terror usulini qoʻlladi. Ular parlament binosiga bomba tashladi. Buning oqibatida ancha kishi yarador boʻldi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling