O’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. Qosimov va boshqalar


Download 5.64 Kb.

bet1/11
Sana08.07.2018
Hajmi5.64 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
B.Qosimov va boshqalar 
 
 
 
 
Milliy uyg’onish va istiqlol davri adabiyoti  
(elektron darslik) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT  - 2008 
 

KIRISH 
XX  asr  adabiyoti  insoniyatning  yaxlit  badiiy  tafakkuri    taraqqiyotining 
muhim  bosqichlaridan  biridir.  Uning  poydevori  XIX  asrning  oxirlarida 
qo’yilgan.  Maxmudxo’ja  Behbudiy,  Abdurauf  Fitrat,  Abdulhamid  Sulaymon 
o’g’li-Cho’lpon,  Abdulla  Qodiriy,  Abdulla  Avloniy,  Muhammadsharif 
So’fizoda,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  singari  o’nlab  adabiyot  namoyondalari 
ma’rifatparvarlik  yo’nalishidagi  klassik  adabiyot  an’analarini  davom  qildirib, 
yangi  adabiyotga  debocha  boshlab  berdilar.  Bugungi  kunda  ma’lumingizkim, 
«Milliy  uyg’onish  davri  o’zbek  adabiyoti»  deb  atalayotgan  bosqichni 
mutaxassislarimiz  1865-1929  yillar  oralig’i  bilan  belgilaydilar.  Tariximizning 
g’oyat  muhim  va  murakkab  davri  oralig’ini  bunday  ajratish  Respublikamiz 
mustaqilligidan  keyin  boshlangan.  Chunki,  tarix  va  adabiyotni  to’g’ri  va 
haqqoniy  baholash  imkoni  ham  milliy  respublikalar  mustaqillik  olgach  ancha 
teranlashadi. 
Mazkur davr adabiyoti o’tgan asrning oxirlarida shakllangan bo’lsa-da, XX 
asrning boshlariga kelib o’zining ilk mevalarini bera boshlagan. 20-yillarda esa 
davrning  shiddatli  tazyiqiga  qaramasdan  to’laqonli  adabiyotga  aylangan.  Bu 
adabiyot  «Jadid  adabiyoti»  deb  ataladi.  Mustamlakachilikning  millat  va  vatan 
uchun  halokatli  oqibatini  teran  anglab  etish  jadid  adabiyotining  mohiyatini 
tashkil  qiladi.  Bu  yangi  adabiyot  o’zining  butun  ruhi  va  mazmuni  nuqtai 
nazaridan  millatni  uyg’otishga  yo’naltirilgan.  Jadidchilik deb  ataluvchi  ijtimoiy 
harakatning  badiiy  ifodasi  bo’lgan.  Badiiy-estetik  izlanishlarga  boyligi  nuqtai 
nazaridan ham adabiyotimizning eng porloq sahifasi bo’lgan jadid adabiyoti juda 
ko’p  jihatlari  bilan  hozirgi  o’zbek  adabiyotining  sarchashmasi  sifatida  ham 
qadrlidir. 
Sho’rolar  xokimiyati  qaror  topib, mustahkamlana boshlagan 20-yillarning 
ikkinchi  yarmida,  ayniqsa,  «buyuk  burilish»  nomi  bilan  sho’ro  tarixiga  kirgan 

1929  yildan  keyin  har  qanday  milliy  g’oyaga,  birinchi  navbatda  mustaqillik 
g’oyasiga  o’zi  uchun  yo’l  qidirish  ancha  mushkul  kechdi.  Chunki,  askariyat 
holda  bunday  fikr  millatchilik  tarzida  talqin  qilinib,  hukumatga  qarshi  harakat 
sifatida ta’qibga uchradi. Davlatning bosh siyosatida sotsialistik g’oyani jamiyat 
hayotining barcha sohalariga singdirish, amaliyotga tadbiq qilish etakchilik qildi. 
Shubhasiz,  bu  hol  o’zbek  adabiyotining  yo’l  va  yo’nalishini,  g’oya  va  obrazlar 
tizimini  tubdan  o’zgartirdi.  U  30-  yillardan  e’tiboran  «umumsho’ro 
adabiyoti»ning tarkibiy qismiga «o’zbek sho’ro adabiyoti» ga aylanib bordi. 
Barcha  Sharq  halqlari  adabiyotida  keyingi  100-150  yil  ichida  «modern» 
deb atalgan jarayon sodir bo’ldi. Turlicha adabiy oqimlarning izlanishlari XX asr 
boshlarida o’zbek adabiyotida ham kuzatildi. Agar e’tibor berilsa, yangi o’zbek 
adabiyotining  shakllanishi,  rivoji  bir  asr  davomida  uch  xil  ijtimoiy  tuzum:(1. 
chorizm. 2. sovet hokimiyati. 3. istiqlol davri.( hamda har xil siyosiy-mafkuraviy  
oqimlar:  (1.  jadidchilik.  2.  bolshevizm.  3.  milliy  istiqlol  (  ta’sirida  taraqqiy 
etganligi yaqqol ko’rinadi. 
Yangi  adabiyotning  milliy  ildizlari  nihoyatda  teran  bo’lib,  Muqimiy, 
Furqat,  Ibrat,  Komil,  Bayoniy,  Tabibiy,  Avaz  kabi    el-yurt  taqdiri  haqida 
qayg’uruvchi,  tor  biqiqlikdan  chiqa  olgan,  xalq  baxti  va  saodatini  jahon 
taraqqiyoti  bilan  aloqadorlikda,  ma’rifatda  deb  biluvchi  ilg’or  ma’rifatparvar 
kuchlar etishib chiqqan edi. 
Albatta,  yangi  adabiyotning,  adabiy-badiiy  tafakkurning  shakllanishida 
usmonli  turk,  turkiyzabon  (krim-tatar,  tarat,  boshqird,  ozarbayjon(  ziyolilarning 
ham  muayyan  darajada  ta’siri  bo’lganligini  e’tirof  etmoq  lozim.  Shuningdek, 
R.Thakur, (hind(, Jo’rji Zaydon-(arab(, Abay-(qozoq(, Ahmad Donish-(fors-tojik 
singari  adabiyotlarning  yangicha  yo’nalishlagi  namoyondalari  ijodi  ham  yangi 
o’zbek adabiyotining tug’ilishi va rivojida muhim rol o’ynagan. Mazkur qatorda 
rus va Evropa realistik adabiyotining ta’sirini ham alohida ta’kidlash o’rinlidir. 

Yangi  o’zbek  adabiyotida  jahonr  modern  adabiyoti  bilan  mushtarak 
jihatlarining mavjudligi uning milliy o’ziga xosligini inkor qilmaydi, albatta. Bu 
adabiyotdagi  izlanishlar:  ma’rifatchilik,  oshkora  targ’ibotchilik,  hatto 
tarafkashlik ruhida boshlangan edi. Shunisi quvonchliki, yangicha yo’nalishdagi 
izlanishlar  tezkorlik  bilan  yuqori  pog’onaga  ko’tarildi.  Bu  hol  yuksak  estetik 
mezonlarga  javob  bera  oladigan  to’laqonli  asarlarning  paydo  bo’laganligida 
yaqqol  kuzatiladi.  Har  qanday  murakkab  sharoitda,  turli  qiyinchiliklarga 
uchraganliklariga  qaramay  yangi  o’zbek  adabiyotining  atoqli  namoyondalari 
asarlari jahon miqyosida e’tirof qilindi. 
Imlo  qoidalarining  etarlicha  takomillashmaganligi  tufayli  XX  asr 
boshlarida  yaratilgan  asarlar    matnini  bugungi  kitobxonga  etkazishda  ayrim 
murakkabliklar  ham  yuzaga  keldi.  Chunki,  yangi  o’zbek  adabiyotining 
namunalari arab, lotin va rus (kiril( kabi uch xil yozuvda bitilgan va chop etilgan. 
Yangi  o’zbek  adabiyoti  tarixi  mustaqillikdan  keyin  keng  ko’lamda  atroflicha 
o’rganila boshlandi. Uning taraqqiyotini davrlashtirishda hali yagona to’xtamga 
kelganicha yo’q.   
Xullas,  jadid  adabiyoti  asarlari  uchun  xos  bo’lgan  mushtarak  jihatlar 
sifatida jaholatni, qoloqlikni tanqid qilish, el-yurt g’amida yurgan yangi insonni-
ma’rifatli kishi obrazini yaratishga intilishni ko’rsatish mumkin.  
Demak XX asr boshida o’lkada milliy uyg’onish, o’zlikni anglash, ozodlik 
harakati  kuchaydigan  emas,  balki  yangicha  ko’rinish  ham  oldi.  Jadidchilik 
mafkurasi  va  harakati  yangi  o’zbek  adabiyotining  qaror  topishda  muhim  rol 
o’ynadi.  O’zbek  matuboti  ham  rivojlanib  «taraqqiy»,  «Shuhrat»,  «Sadoyi 
Turkiston»,  «Sadoyi  Farg’ona»,  «Hurriyat»  singari  gazetalar;  «Oyna»,  «Al-
Isloh» kabi jurnallar maydonga keldi. Behbudiy, Avloniy, Mirmuhsin singari ilk 
o’zbek  publitsistlari  etishib  chiqdi.  Jadid  she’riyati  kamol  topdi.  Bexbudiy, 
Avloniy,  Hamza,  Fitrat,  Qodiriy,  Mirmuhsin,  Cho’lpon  va  boshqa  qalam 

sohiblari  o’z  ijodlaridan  nafaqat  realistik  drama,  balki  nasriy  asarlar  ham 
yaratishga astoydil urindilar. Agar biz  «Padarkush»,  «Baxtsiz kuyov»,  «Zaharli 
hayot»,  «Do’xtur  Muhammadiyor»,  «Yangi  saodat»,  «Hind  sayyohi»  singari 
asarlarni  kuzatsak,  oktyabr  to’ntarishigacha  bo’lgan  o’zbek  adabiyotida 
ma’rifatchilik  va    oshkora  targ’ibotchilik  ruhi  ustivor  bo’lganligiga  to’la 
ishonamiz.  Avaz,  Zavqiy  singari  shoirlar  an’anaviy  she’riyatni  davom  qildirish 
barobarida ishqiy she’rlar bilan bir qatorda ijtimoiy she’riyat taraqqiyotiga ham 
barakali  hissa  qo’shdilar.  Xaziniy,  Yusuf  Saryomiy,  Vasliy  singari  shoirlar 
ijodida esa diniy-islomiy yo’nalish ustivor bo’ldi. 
Tarixda  yaxshi  ma’lumki,  1916  yil  25  iyunda  frontlarda  ketma-ket 
zarbalarga uchragan chorizm Turkistonning rus bo’lmagan aholisidan 250 ming 
kishini  mardikorlikka  safarbar  qilish  haqida  manifest  e’lon  qilgan.  Mazkur 
manifest  shunday  ham  yarim  och  hayot  kechirayotgan  xalq  ommasining  sabr 
kosasini  to’ldirib,  ularning  bosh  ko’tarib  chiqishlariga  olib  kelgan.  Samarqand 
viloyatining  Xo’jand  uezdida,  Sirdaryo,  Farg’ona,  Jizzax  viloyatlarining  butun 
shahar  va  qishloqlarida  avj  olgan  qo’zg’olon  jamiyatning  hamma  tabaqalarini 
harakatga  keltirdi  va  o’z  girdobiga  tortdi.  1916  yilgi  qo’zg’olon  nafaqat 
mardikorlikka qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon edi. U o’z xarakteri jihatidan milliy 
ozodlik,  xalq  harakati  edi.  Bu  qo’zg’olon  ming-minglab  istiqbolga  intiluvchi 
yangi  milliy  ozodlik  kurashchilari  avlodining  etishuvida  muhim  siyosiy 
ahamiyatga ega bo’ldi. Shubhasiz, xalq  g’alayonlari badiiy adabiyotda ham aks 
sado berdi. 
1917  yilning  fevralida  sodir  bo’lgan  burjua-demokratik  inqilobi  g’alaba 
qilib,  306  yil  hukm  surgan  Romonovlar  sulolasini  tugatdi.  U  Turkiston  xalqlari 
taqdiriga ham ta’sir ko’rsatdi. Xususan, milliy-ozodlik g’oyasi yuksala borib, bu 
boradagi  harakatlar  keng  quloch  yoydi.  Milliy  ozodlik  xarakatining 
qatnashchilari  mustamlaka  o’lkaning  milliy  mustaqilligini  qayta  tiklashga 
urindilar va bu yo’lda muayyan  g’alabalarga ham erishdilar. Biroq bolsheviklar 

davlat  to’ntarishi  uyushtirib,  hokimiyatni  o’z  qo’llariga  oldilar.  Natijada 
Turkistonga ilgari umuman bo’lmagan tushunchalar: kapitalizm, yo’qsillar sinfi, 
marksizm,  sotsializm,  kommunizm,  ishchilar  harakati  singarilar  yangi  tuzum 
tomonidan  singdirildi.  Mahalliy  millat  vakillari  hukumat  tashkilotlariga  deyarli 
kiritilmadi.  Mahalliy  burjuaziya,  Turkiston  ziyolilari  va  dindorlari  o’lka 
mustaqilligini  ta’minlash  uchun  tuzgan  «Sho’royi  islomiya»  va  «Sho’royi 
ulamo»  firqalarining  Turkistonda  milliy  masalani  hal  qilish  uchun  bo’lgan 
mustaqil  harakatlari  to’sqinlikka  uchrasa-da,  Rossiya  demokratik  Federatsiyasi 
tarkibida Qo’qon (Turksiton( Muxtoriyatini tuzdilar. 
1918  yilning  fevralida  Qo’qon  Muxtor  hukumatiga  qarashli  hujum 
boshlangach,  o’lkada  yana  milliy-ozodlik  harakatlari  boshlandi.  Ergash 
Qo’rboshi, 
Shermuhammadbek 
(Shermatbek(, 
Muhammadaminbek 
(Madaminbek(,  Nurmuhammadbek  (Nurmatbek),  Xolxo’jabek  va  boshqa  erk 
jangchilari  rahbarligida  bir  necha  yillar  davomida  ozodlik  uchun  kurashlar  olib 
borildi.  O’lkaning  tub  aholisiga  nisbatan  ishonchsizlik  va  dushmanlikni, 
vahshiyliklarni  o’z  ko’zi  bilan  ko’rgan  kurashchilar  Turkiston  mustaqilligini 
salab  qolish  uchun  o’n  yildan  ortiq  vaqt  kurash  olib  bordilar,  o’z  taqdirlarini 
o’zlari  hal  qilishlariga  ishondilar.  Umumxalq  kurashiga  aylangan  mazkur 
harakatlar 30-yillarning birinchi yarmigacha davom etdi. 
Demak,  Turkiston  tarixining  eng  qiyin  va  murakkab  davri  «fuqarolar 
urushi»  deb  nomlangani  holda  mohiyatan  birodarkushlik  bo’lmay,  o’zga 
davlatning  hukumronligiga  qarshi  qaratilgan  milliy  ozodlik  kurashlari  davrini 
tushunish  kerak.  «Fuqorolar  urushi»  esa  Rossiya  hududlarida  1918  yilning 
bahoridan  1920  yilgacha,  hatto  uning  chekka  o’lkalarida  1922  yilgacha  oq 
gvardiyachilar  bilan  qizil  gvardiyachilar  o’rtasida  bo’lib  o’tgan.  Chunki,  bu 
millat 
ichidagi 
birodarkushlik 
edi. 
Mustaqillik 
tufayligina 
bu 
davr 
kurashchilariga qo’yilgan «bosmachilar», «burjua millatchilari», «aksilinqilobchi 
unsur» singari tamg’alar olib tashlandi. 

E’tirof  etmoq  kerakki,  20-yillarda  sho’ro  hukumati  maorif    va  madiniyat 
sohasida  ham  bir  qator  tadbirlarni  amalga  oshirdi.  Jumladan,  sho’ro  matbuoti 
qaror topdi. Ko’pchilik adiblarimiz «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Turksiton», 
«Yangi  Farg’ona»,  «Yangi  Sharq»,  «Inqilob»,  «Mushtum»,  «Alanga»,  «Maorif 
va o’qitg’uvchi» singari gazeta va jurnallarda faol  qatnashdilar. Fitrat, Qodiriy, 
Cho’lpon,  Hamza,  Avloniy  singari  adiblarimiz  yangi  adabiyotning  rivojiga, 
yangi adabiy-estetik tamoyillarni ishlab chiqishga barakali hissa qo’shdilaryu 
20-yillarda  bir  qator  dolzarb  mavzularda  adabiy  suhbatlar  bo’lib  o’tdi. 
Xilma-xil  g’oyaviy,  mafkuraviy,  badiiy-uslubiy  oqimlar  faoliyat  ko’rsatdi. 
«Chig’atoy gurungi», «Qizil qalam» singari tashkilotlar mavjud bo’lganligini, til, 
imlo,  adabiy  meros  singari  masalalarga  muayyan  munosabat  bildirganligini 
eslashning  o’ziyoq  o’sha  davr  adabiy  guruh  va  tashkilotlari  haqida  muayyan 
tasavvurlar tug’diradi. 
Taassufki, bolsheviklar mafkurasi va adibiy siyosati o’zbek adabiyotiga o’z 
ta’sirini o’tkazmasligi mumkin emas edi. Adabiyotimizda kommunistik g’oyalar 
bilan 
yo’g’irilgan 
asarlarning 
keng 
yoyila 
boshlaganligi, 
qo’llab-
quvvatlanganligi bundan guvohlik beradi. Hamza ijodida inqlobiy she’rlar paydo 
bo’ldi.  Hatto,  20-yillar  adabiyotiga  dahriy  (ateistik(  tamoyillar  kirib  kela 
boshladi. Bunday asarlar nafaqat Hamza, balki Fitrat ijodida ham paydo bo’ldi. 
Shunga  qaramasdan,  20  yillar  o’zbek  adabiyotida  jadidchilik  an’analari,  badiiy 
asarlarda  o’zlikni    anglash,  ma’rifatchilik,    inson  erki,  yurt  istiqloli  g’oyalari 
yangicha  tarzda  ifodalana  boshladi.  Yangicha  she’riy  shakllar  bilan  bir  qatorda 
etuk realistik hikoya, qissa, roman, drama namunalari ham paydo bo’ldi. Hamza 
va  Cho’lpon  lirikasi  o’zbek  she’riyati  rivojida  yangi  bir  bosqich  bo’ldi. 
Shoirlarimiz  she’r  tuzilishi,  ohangi,  ifoda  vositalari  borasida  novatorona 
izlanishlar  olib  bordilar.  O’sha  davrda  yaratilgan  «Uyg’onish»,  «Buloqlar», 
«Tong  sirlari»,  «O’tgan  kunlar»,  «Abdulfayzxon»,  «Paranji  sirlari»  singari 
asarlar  adabiyotimizning  Cho’lpon,  Qodiriy,  Fitrat  singari  namoyondalari 

mafkuraviy-siyosiy  tarafkashliklardan  yuksak  turganligini,  she’riyat,  nasr, 
dramaturgiyada shaxsiy mayllardan ustun turuvchi haqqoniy, xolis, yuksak badiy 
asarlar paydo bo’lganligini ko’rsatadi. 
Mazkur  asarlarda  ijtimoiy  voqelikning  ichki  ziddiyatlari  ochib  beriladi, 
umuminsoniy  qadriyatlar  o’z  ifodasini  topadi.  Bu  davr  adabiyotining  muhim 
xususiyatlaridan biri tarixiy mavzuning etakchi o’rin olganiligidir. Bu bejiz emas 
edi,  albatta.  Tarixiy  jarayonning  burilish  nuqtalarida  o’tmish  tarixdan  ibratli 
saboqlar  chiqarib  olishga  bo’lgan  ehtiyoj  tufayli  yuzaga  chiqqan  hodisa  edi. 
Badiiy asarlarimizda psixologik tahlil va tarixiylik tamoyillari qaror topdi. 
20-yillar  adabiyotining  eng  muhim  yutug’i  shundaki,  badiiy  asarlarda 
insonni  tushunish,  shaxs,  qahramon,  xarakteri-sajiyasini,  qalbini  ochish  san’ati 
bobida o’zbek adabiyoti jahon yangi adabiyoti darajasiga ko’tarildi. 
30-yillarda mamlakat iqtisodiy asoslarini tiklash, sanoatni industrlashtirish, 
qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish, madaniy inqilobni amalga oshirish singari 
qator-qator  tadbirlar  amalga  oshirildi.  Mazkur  ishlarni  amalga  oshirishda 
muayyan  yutuqlar qo’lga  kiritilgan bo’lsa-da,  markazlashtirish  va  buyruqbozlik 
tizimi avj olib qo’pol xatolarga yo’l qo’yildi. 
30-yillarda    adabiy-madaniy  hayotda  bir  qator  s’ezdlar,  san’at  dekadalari 
bo’lib  o’tdi.  Jumladan  madaniyat  xodimlarining  (1930  yil  20  oktyabr(,  ilmiy 
xodimlarning (1930 yil 25 dekabr(, O’zbeksiton yozuvchilarining (1935 yil mart( 
birinchi  s’ezdlari,  Moskvada  o’tkazilgan  o’zbek  adabiyoti  va  san’ati  dekadasi 
(1937 yil may(, Yozuvchilarning Butunittifoq birinchi s’ezdi (1934( va boshqalar 
ana  shunday  tadbirlardir.Moskvada  o’tkazilgan  yozuvchilar  s’ezdida 
O’zbeksitondan  Sadriddin  Ayniy,  (afur  (ulom,  (ayratiy,  Oydin,  Husayn  Shams, 
Ziyo  Said,  Rahmat  Majidiy,  Komil  Yashin,  Nazir  Safarov,  Hasan  Po’lat  va 
boshqa  adiblar  ishtirok  etdilar.  Yangi  sho’ro  adabiyotining  kelajakdagi 

taraqqiyoti  masalalari,  o’ziga  xos  tamoyillari  kabi  nazariy  masalalarga  alohida 
e’tibor berildi. Uning ijodiy metodi asoslab chiqildi. 
Xullas,  bir  so’z  bilan  aytganda  adabiy  hayot  rejali  asosida  ma’lum  bir 
maqsad  asosida  uyushtirildi.  Adabiyotga  davr  voqealarining  ruxi  kirib  keldi. 
Unda  mavzu  dolzarbligi  etakchi  xususiyat  bo’la  bordi.  Shunga  qaramasdan, 
yozuvchilarning yagona ittifoqqa birlashuvi muayyan ijobiy natijalar ham berdi. 
Masalan,  milliy  adabiyotlar  o’rtasidagi  o’zaro  muloqot  avj  oldi.  Olingan  ijodiy 
saboqlar  ya’ni  adabiy  ta’sir  20-yillarda  adabiyotimizda  uchragan  tanqidchilik 
usuliga  barham  berdi,  adabiyotning    badiyatini  yanada  boyitdi.  A.S.Pushkin, 
A.P.Chexov,  N.Ostrovskiy,  M.Gorkiy,  M.Sholoxov  asarlarining  o’zbek  tiliga 
tarjima  qilinishi  (afur  (ulom,  Oybek,  H.Olimjon,  A.Qahhor,  M.Shayxzoda, 
Zulfiya  kabi  ijodkorlarning  badiiyatiga  bir  olam  yanglik  olib  kirdi.  Qolaversa, 
o’zbek adiblari qardosh xalqlarning hayoti, urf-odatlari, mehnat jarayonlari bilan 
bevosita  tanishish  imkoniga  ega  bo’ldilar.  O’z  asarlarini  qardosh  tillarga,  rus 
tiliga  tarjima  qilinishi  natijasida  auditoriya  ancha  kengaydi.  Bir  qator  milliy 
iftixor  ramzi  sanaluvchi  eposlarning  yubileylari:  «Yo’lbars  terisini  yopingan 
pahlavon» asarining 750 yilligi (1937(, «Sosunlik Dovud» asarining 1000 yilligi  
(1939(  o’tkazilishi  ham  milliy  madaniyatlar  boyligi  bilan  yaqindan  tanishish 
imkonini yaratdi. 
Taassufki,  ma’muriy-buyruqbozlik  siyosati  adabiyotimizga  ulkan  zarar 
etkazdi.  Fitrat,  Cho’lpon,  Abdulla  Qodiriy,  Usmon  Nosir,  Otajon  Hoshim  kabi 
ulkan iste’dodlar qatog’on qilindi. Adabiyot ilmiga kirib kelgan turg’un qarashlar 
Oybek, (.(ulom, A.Qahhor, H.Olimjon, Uyg’un, Mirtemir,  K.Yashin singari 30-
yillarning  yosh  iste’dodlari  uchun  ijodiy  mushkulliklarni  keltirib  chiqardi.  Ular  
bolshevistik  tarafkashlik  qilishga,  zamonasozlik  ruhida  asarlar  yaratishga  majur 
bo’ldilar. Birgina H.Olimjonning baxt haqidagi «karnay chalish»lari (N.Karimov 
iborasi)  yoxud  G’.G’ulomning  «Ko’kan»  dostonini  kuzatganimizdayoq  bunga 
to’la ishonch hosil qilamiz. 

O’zbek  adabiyotida  30-yillarda  yuqoridagi  singari  noxush  tamoyillar 
mavjud bo’lsa-da, hayot haqiqatini haqqoniy ko’rsatuvchi, xolislikka asoslangan, 
inson  turmush  va  ruhiyatini  murakkabligi,  ziddiyatlari,  turfa  xil  tovlanishlari 
bilan  ifoda  etuvchi  qator  asarlar  yaratildiki,  ular  realistik  ifodasining  rang-
barangligi  bilan  aloxida  ajralib  turadi.  Abdulla  Qahhorning  «Anor»,  «Bemor», 
«O’g’ri», «Tomashabog’», «Adabiyot muallimi», «San’atkor» singari hikoyalari, 
Cho’lponning  «Kecha  va  kunduz»  romani,  A.Qodiriyning  «Obid  ketmon», 
(.(ulomning  «Shum  bola»,  «Yodgor»  qissalari,  Oybekning  «Qutlug’  qon»  , 
A.Qahhorning «Sarob» romanlari va boshqalar ana shular jumlasidandir. Albatta, 
bu qatorda chin insoniy tuyg’ular va umumbashariy qadriyatlarni kuylovchi lirik 
she’rlarni, dostonlarni ham aytib o’tish lozim. 
Shuni ham ta’kidlash kerakki, 30-yillar she’riyatida voqelikni estetik tahlil 
qilishdan    ko’ra  oddiy  bayonchilik,  chaqiriq,  yalong’och  g’oyani  ifodalash,  
hissiyotlarga  keragidan  ortiqroq  erk  berish,  grajdanlik  ruhini  kuchaytirishga 
berilish oqibatida sof lirik she’riyatdan uzoqlashish hollari kuzatiladi. 
 
Mahmudxo`ja Behbudiy 
 
XX  asr  o’zbek  adabiyoti  va  madaniyati  tarixida  Mahmudxo’ja  Behbudiy 
(“Behbud”  so’zi  “foyda,  najot”;  “baxtli,  tinch,  osoyishta”  kabi  ma’nolarni  anglatadi) 
alohida o’rin tutadi.    
Mahmudxo’ja  Behbudiy  1874-yil  Samarqandda  madrasa  mudarrisi  oilasida 
dunyoga keldi. Avval  maktabda song madrasada ta’lim olgan. U arab va fors tillarini 
yaxshi o’rgangan. Ko’p hamkasblaridan farqli ravishda rus tilini yaxshi bilgan hamda 
dunyoviy fanlarni o’rgana boshlagan. 
 U dastavval mahalliy qozi huzurida mirzalik qiladi, shariyat va fiqhni o’rgandi 
hamda  musulmon  huquqi  bo’yicha  maslahatlar  bera  boshladi.  1907-yilda  Rossiyaga, 

so’ng  O’rta  Sharqqa  sayohat  qildi,  Qohira,  Damashq,  Istanbul  shaharlarida  bo’ldi. 
Yangi usul maktablarida ishlab, geografiya bo’yicha 8ta darslik yaratdi. 
 Behbudiy  –  Turkiston  jadidchilik  harakatining  yo’lboshchisi  sifatida  ham 
ma’lum.  Behbudiy  pedagogik      faoliyat  bilan  ham  shug’ullangan.  U  yangi  tipdagi 
“Usuli jadidiya” maktablarini vujudga keltirishda o’z hissasini qo’shgan.   
1913-yilda “Samarqand” gazetasi va “Oina” jurnalini nashr etishda bosh-qosh 
bo’lgan.  1911-yilda  “Padarkush”  dramasini  yozib,  o’zbek  dramaturgiyasiga  asos 
solgan. 
Behbudiy  1919-yilning  bahorida  Buxoro  amirining  Shahrisabzdagi  kishilari 
tomonidan hibsga olingan va “sho’roning ayg’oqchisi, jadid, sho’roga sotilgan” degan 
ayblar bilan Qarshi shahrida qatl etilgan.  
Asarlari:  “Padarkush”,  “Turkistonda  maktab  jarida”,  “Ehtiyoji  millat”, 
“Yoshlarga  murojaat”,  “Ikki  emas,  to’rt  til  kerak”,  “Aholi  jug’rofiyasiga  kirish”, 
“Bolalar  uchun  kitob”,  “Rusiyaning  qisqacha  jo’g’rofiyasi”,  “Tarixi  islom”  (1904), 
“Buxoro xonligiga sayohat” (1912), “Filyeton”, “Bayoni haqiqat” va boshqalar.  
“Padarkush”  dramasi  yozilgach  (1911),  uni  nashr  etish  oson  bo’lmadi.  Yerli 
xalqni  ezib,  uning  taraqqiy  etishiga,  o’z  g’ururini  anglash,  o’z  milliy  adabiyoti,  tili, 
madaniyatini  rivojlantirishga  to’sqinlik  qilib  kelgan  chorizm,  uning  Turkistondagi 
mustabidlari  bu  asarni  o’z  vaqtida  kitob  holida  bosib  chiqarishga  yo’l  qo’ymaydilar. 
Asar matbuotda ilk bor “Turon” ro’znomasida 1912-yilda bosildi. 
Drama  1913  yilda  kitob  holida  kam  nusxada  nashr  etildi.  Pyesa  tezlikda 
Turkistonning  ko’plab  shaharlarda  mashhur  bo’lib  ketdi:  Samarqand,  Toshkent, 
Buxoro singari o’nga yaqin shaharda sahnada o’ynaldi. 
“Padarkush” dramasining  asosini  ma’rifatparvarlik  g’oyasi  tashkil  etadi.  Xalq 
o’qish,  ma’rifat,  ilm  egallash  bilangina  qoloqlikdan  chiqishi  mumkun;  turmushni 
yaxshilash natijasida jahonning taraqqiy etgan xalqlari darajasiga ko’tarilishi mumkin.  
Jamiyatdagi  barcha  badbaxtlik,  barcha  baxtsizlik  zamon  talab  qilayotgan 
ilmlarni egallamaslik tufaylidir. Jaholat, madaniyatsizlik va boshqa jamiki illatlarning 

sababi  ham  mana  shunda  –  ilmga,  ziyoga,  marifatga  bepisandlik  bilan  qarashda, 
demoqchi bo’ladi muallif butun asari davomida.     
 
Abdulla Avloniy  
 
Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkentda, hunarmand oilasida tavallud topgan. U 
mashhur o’zbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobidir. 
Avloniyning  she’rlari  15  yoshidan  boshlab  matbuotda  ko’rina  boshlaydi. 
Jadidchilik  harakati  rahbarlaridan  biri  bo’lgan  Avloniy  1904-yilda  Toshkentning 
Mirobod mdhallasida jadid maktabini, 1909-yilda esa “Jamiyati xayriya” uyushmasini 
tashkil  etgan.  Uning  “Birinchi  muallim”  (  “Muallimi  avval”,  1909),  “Ikkinchi 
muallim” ( “Muallimi soniy”, 1912) nomli darsliklari, “Turkiy guliston yoxud axloq” 
(1913),  “Gulistoni  maktab”  (1917)  kabi  qo’llanmalari  maktablarda  o’qitilgan.  Shoir 
Afg’onistonda elchi bo’lgan, turli o’quv yurtida dars bergan. 1921-yilda Toshkentdagi 
o’lka  o’zbek  bilim  yurtida,  1923-yilda  Toshkent  xotin-qizlar  bilim  yurtida  mudir, 
1924-yilda harbiy maktabda o’qituvchi bo’lib ishladi. 1925-1930-yillarda O’rta Osiyo 
qishloq  xo’jaligi  maktabida,  O’rta  Osiyo  davlat  universitetida  dars  berdi,  1931-yilda 
professorlik  unvonini  oldi.  1933-yilda  o’lkada  yangi  maktablarning  7-sinfi  uchun 
“Adabiyot xrestomatiyasi” ni tuzib, nashr ettirdi.  
Avloniy  1925-yilda  “Mehnat  qahramoni”  unvoniga,  1930-yilda  “O’zbekiston 
xalq  maorifi  zarbdori”  faxriy  nomiga  sazovor  bo’ldi.    Avloniy  ijodi  bo’yicha  Begali 
Qosimov  ilmiy  izlanishlar  olib  borgan.  Abdulla  Avloniyning  “Advokatlik  osonmi” 
(1914), “Pinak” (1916), “Biz va siz” (1917), “Portugaliya inqilobi”, “Ikki muhabbat” 
kabi  pyessalari,  “Tulki  ila  qarg’a”  masali,  “Mardikorlar  ashulasi”,  “Vatan”  (1916), 
“Tog’lardan bir manzara”, “Millatga xitob”, “Ishchilarga tortuq” kabi she’rlari mavjud. 
Avloniy  axloqiy  tarbiya  haqida  ham  fikrlar  bildirgan.  Uningcha  axloq-  bu 
xulqlar  majmuidir.  Xulq  esa,  kishida  o’z-o’zidan  paydo  bo’lmaydi.  Ularning 
shakllanishi  uchun  ma’lum  bir  sharoit,  tarbiya  kerak.  Avloniyning  ta’kidlashicha, 
axloq tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya ijtimoiy ishdir. 

Avloniy  o’z  pedagogik  qarashlarida  do’stlik  va  mehnat  tarbiyasiga  alohida 
e’tibor beradi. 
Avloniyning  Vatan  va  vatanparvarlik,  axloq  tarbiyasi  haqidagi  fikr-g’oyalari, 
ma’rifatning  jamiyat  rivijida  tutgan  o’rni  haqidagi  qarashlari  o’zbek  pedagogikasi 
rivojiga  salmoqli  ulush  bo’lib  qo’shildi.  Ular  hozirgi  davrda  ham  yosh  avlodni 
barkamol qilib yetishtirishda xizmat qilmoqda. 
 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling