O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Tabiat (xarakter) — bu individual ruhiy xususiyatlar 
majmui. Insonda odatdagi sharoitlarda namoyon bo‘ladi 
va shunday sharoitlarda unga xos xatti-harakat usullarida 
ifodalanadi. Tabiatning umumiy ko‘rinishi shaxsning fuqarolik 
mas’uliyati, burchi, odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatida aks 
etadi. Inson tabiatining bu jihatlari (ijobiy va salbiy) 3.4-jadvalda 
keltirildi.
Rahbar faoliyatining pedagogik yo‘nalganligi
«Rahbarlik qilish», degan so‘zga lug‘atlarda boshqarish, 
maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish degan 
turli izohlar berilgan. Hozirgi davrda rahbarlarga qo‘yiladigan 
talablar juda ko‘p. Jumladan, ma’naviy yetuklik, intizom va 
mehnatga bo‘lgan munosabati, bilim darajasi, tashkilotchilik 
qobiliyati, boshqarish samaradorligini ta’minlay olishi va 
boshqalardan iborat.
3.4 jadval
Inson tabiatining umumiy jihatlari
Shaxsning 
munosabat turi:
Inson tabiatining jihatlari:
Ijobiy
Salbiy
· Fuqarolik 
mas’uliyati va 
burchga munosabat;
· mehnatsevarlik, sof 
vijdonlilik, qat’iyatlilik, 
tejamkorlik va h.k;
· palapartishlik, 
loqaydlik, isrofgarchilik 
va h.k;
· odamlarga bo‘lgan 
munosabat;
· odamoxunlik,muloyimlik, 
xayrxohlik va h.k.
· biqiqlik, farosatsizlik, 
ichiqoralik va h.k;
· o‘z-o‘ziga bo‘lgan 
munosabat.
· kamtarlik, subitlilik, 
tartiblilik.
· Kalandimog‘lik, 
maqtanchoqlik, o‘zini 
yuqori tutishlik.


198
Har bir rahbar psixologik bilimlar bilan bir qatorda muayyan 
peda
g
ogik bilimga ham ega bo‘lishi kerak. Chunki, u shular 
yordamida xodimlarni tarbiyalash va faoliyat ko‘rsatishlarida 
mukammal bo‘lishlariga ta’sir etuvchi shakl hamda usullarning 
yanada samarali tomonlarini topishi mumkin bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida rahbar quyidagi pedagogik muammolarni 
hal etishi kerak:
— aqliy rivojlanish (xodimlarning umumiy va kasbiy 
ma’lumoti);
— 
ma’naviy boyish (madaniy tadbirlarni tashkil etish, etik 
muammolarni yechish);
— 
ibratli muomalani shakllantirish. Bunda esa quyidagi 
pedagogik tamoyillarga rioya qilish lozim;
— 
ezgu ideallar bilan mashg‘ul bo‘lish;
— 
shaxsiy hislatlarni takomillashtirish.
Tarbiyaviy ta’sir usullari boshqaruv pedagogikasining asosi 
hisoblanadi. Tarbiyaviy ta’sir rahbarning quyidagi omillarni 
bilishiga bog‘liq:
— 
xodim madaniyati va ma’lumot darajasi, uning axloqiy 
kasbiy va hayot tajribasi qay darajada rivojlanganligi;
— 
jismonan sog‘lomligi, ma’naviy barkamolligi;
— 
individual, ijtimoiy-ruhiy sifatlari;
— 
mehnat jamoasidagi ijtimoiy-ruhiy vaziyat;
— axloqiy-ma’muriy choraga xodimning munosabati. 
Rahbar tarbiyaviy ta’sirni amalga oshirishining quyidagi, 
ta’bir joiz bo‘lsa, «texnologik tamoyillari» mavjud:
— 
ruhiy o‘ziga xoslik, ya’ni shaxsga tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkazishdan oldin uning individual, ijtimoiy-ruhiy sifatlarini 
anglash lozim;
— 
ma’naviy motivlar — o‘ziga bo‘ysunuvchilar oldida 
yuqori darajadagi xulq-atvor egasi ekanligini shaxsan namoyon 
etish, bu rahbar «mendek bo‘l» deb talab qilish imkonini beradi;
— 
yakka tartibda (individual) yondashish, bu — har bir 
shaxsning o‘ziga xos bo‘lgan «a’lo» tomonini izlash;


199
— 
mehnat faoliyatining talablariga moslashish, bu — xodim 
aqliy imkoniyatini aniqlash va undan samarali foydalanish 
bo‘yicha pedagogik muammoni hal etish;
— 
shaxsiy mo‘ljal, bu — xodimda noyob qobiliyat 
kurtaklarini o‘stirish va ularni rivojlantirish;
— 
tizimli yondashish, bu — shaxsni turli jihatlarni idrok 
etish va uning xulqiga ta’sir etuvchi ustuvor omillarni aniqlash.
Boshqaruv tarbiyasi shakllaridan quyidagilarni ta’kidlash 
zarur:
— 
dunyoqarashni kengaytirish ta’limi, bu — iqtisodiy, 
huquqiy, axloqiy va ekologik ta’limni o‘z ichiga oladi, uning 
ko‘lami menejer yoshi, madaniy saviyasi va ish tajribasiga 
bog‘liq bo‘ladi. Dunyoqarashni shunday o‘stirish tufayli ong 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling