O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

ma’naviy zamini barpo etiladi;
— 
mehnat musobaqasi, bu — kasbiy musobaqalashuv
malaka oshirishda kuchli omil sanaladi. Boshqaruv tarbiyasining 
bu shakli turli tanlovlar, ratsionalizatorlik takliflari va h. k.lar 
yordamida amalga oshiriladi;
— 
boshqaruvda ishtirok etish — boshqaruvga oid qarorlarni 
ishlab chiqish va amalga oshirishga oddiy xodimlarni jalb etish 
(boshqaruv qarori loyihasini jamoa bo‘lib muhokama qilish, ijro 
faoliyatida jamoatchilik asosida qatnashishi va h.k.).
Rahbar xodimga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatar ekan, G. Salye-
ning quyidagi so‘zlarini yodda tutish foydadan xoli emas: «Shuni 
unutmangki, hamma uchun mos andoza yo‘q. Biz, hammamiz — 
turli toifadamiz va muammolarimiz ham turlicha».
Shaxsning ijtimoiy-psixologik sifati
Inson – ijtimoiy, jamoaviy mavjudot.
Avloddan — avlodga genetik yo‘l bilan o‘tadigan (suyak 
suradigan) va har bir shaxsda turlicha boshlang‘ich imkoniyat 


200
asosida rivojlanuvchi individual-psixologik sifatdan farqli 
o‘laroq, ijtimoiy psixologik sifat ijtimoiy orttirilgan (yuzaga 
chiqqan) holat hisoblanadi. Bular jamiyatning turmush tarzi, 
shaxs atrofidagi odamlar va o‘zini rivojlantirish uchun olib 
borgan faoliyat ta’sirida shakllanadi.
Quyidagilar shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlari 
hisoblanadi: ijtimoiy-sezgi, ko‘zlangan qadriyatlar, ijtimoiy 
mezon, ishtiyoq, umidvorlik, qiliqlar, shaxs «ma’naviy 
jamg‘arma»si.
Rahbarning shaxs individual-ruhiy va ijtimoiy-ruhiy sifatini 
bilishi kadrlar muammosini hal etishida, xodimlar kasbiy 
muvofiqligini belgilashida qo‘l keladi.
Korxonalarda personalni shakllantirish
va tashkil qilish amaliyoti
Korxona personali korxonada band bo‘lgan hamma 
xodimlarning shaxsiy tarkibini o‘z ichiga olib unga ishchilar
rahbarlar va yollanma ishchilar bilan bir qatorda korxona egalari 
va mutaxassislar ham kiradi. Xodimlarning turli toifalari bo‘yicha 
solishtirma salmog‘i korxona personalining kasbiy funksional 
va sotsial tarkibini namoyish etadi. Korxonalarda personalning 
kasbiy tarkibi mutaxassislar va ishchilarning kasbiy guruhlarini 
tarkibi hamda solishtirma farqi bilan aniqlanadi.
Mutaxassislarning kasbiy guruhlariga: agronomlar, 
arxivariuslar, arxitektorlar, kutubxonachilar, shifokorlar, 
geologlar, konchilar, hujjatshunoslar, jurnalistlar, zootexniklar, 
muhandislar, tijoratchilar, idora xodimlari, melioratorlar, 
metallurglar, kichik tibbiy xodimlar, o‘qituvchilar, madaniyat 
xodimlari, texniklar, texnologlar, tovarshunoslar, savdo agentlari, 
menejerlar, chizmachilar, iqtisodchilar, yuristlar kiradi.
Ishchilarning kasbiy guruhiga bir necha kasb-hunar egasi 
bo‘lgan ishchilar (avtomatchilar, apparatchilar, sozlovchilar, 


201
asosida rivojlanuvchi individual-psixologik sifatdan farqli 
o‘laroq, ijtimoiy psixologik sifat ijtimoiy orttirilgan (yuzaga 
chiqqan) holat hisoblanadi. Bular jamiyatning turmush tarzi, 
shaxs atrofidagi odamlar va o‘zini rivojlantirish uchun olib 
borgan faoliyat ta’sirida shakllanadi.
Quyidagilar shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlari 
hisoblanadi: ijtimoiy-sezgi, ko‘zlangan qadriyatlar, ijtimoiy 
mezon, ishtiyoq, umidvorlik, qiliqlar, shaxs «ma’naviy 
jamg‘arma»si.
Rahbarning shaxs individual-ruhiy va ijtimoiy-ruhiy sifatini 
bilishi kadrlar muammosini hal etishida, xodimlar kasbiy 
muvofiqligini belgilashida qo‘l keladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling