O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Korxonalarda personalni shakllantirish


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Korxonalarda personalni shakllantirish
va tashkil qilish amaliyoti
Korxona personali korxonada band bo‘lgan hamma 
xodimlarning shaxsiy tarkibini o‘z ichiga olib unga ishchilar, 
rahbarlar va yollanma ishchilar bilan bir qatorda korxona egalari 
va mutaxassislar ham kiradi. Xodimlarning turli toifalari bo‘yicha 
solishtirma salmog‘i korxona personalining kasbiy funksional 
va sotsial tarkibini namoyish etadi. Korxonalarda personalning 
kasbiy tarkibi mutaxassislar va ishchilarning kasbiy guruhlarini 
tarkibi hamda solishtirma farqi bilan aniqlanadi.
Mutaxassislarning kasbiy guruhlariga: agronomlar, 
arxivariuslar, arxitektorlar, kutubxonachilar, shifokorlar, 
geologlar, konchilar, hujjatshunoslar, jurnalistlar, zootexniklar, 
muhandislar, tijoratchilar, idora xodimlari, melioratorlar, 
metallurglar, kichik tibbiy xodimlar, o‘qituvchilar, madaniyat 
xodimlari, texniklar, texnologlar, tovarshunoslar, savdo agentlari, 
menejerlar, chizmachilar, iqtisodchilar, yuristlar kiradi.
Ishchilarning kasbiy guruhiga bir necha kasb-hunar egasi 
bo‘lgan ishchilar (avtomatchilar, apparatchilar, sozlovchilar, 
operatorlar, chilangarlar, stanokchilar va boshqalar), shuningdek, 
sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa tarmoqlari 
bo‘yicha yetakchi kasb ishchilari kiradi.
Personalning funksional tarkibi korxonada mavjud faoliyat 
turlari (funksiyalar) bo‘yicha xodimlar guruhini ajratish 
yo‘li bilan shakllanadi. Marketing bo‘yicha mutaxassislar, 
tadqiqotchilar, ishlab chiqaruvchilar (loyihachilar), rejalovchilar, 
dispetcherlar, asosiy ishlab chiqarish xodimlari, ishlab 
chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xodimlar, sotsial soha 
xodimlari va boshqalar kiradi.
Personalning ijtimoiy tarkibi ijtimoiy-demografik guruhlar 
bo‘yicha xodimlarni ajratish yo‘li bilan shakllanadi. Bunga 
yoshlar (shu jumladan, o‘quvchilar); ayollar (shu jumladan, 
yolg‘iz onalar); nafaqa yoshidagi shaxslar: nogironlar, sobiq 
harbiylar va boshqalar kiradi.
Personal bilan ishlashning muhim qismi uning talab 
qilinayotgan darajaga (me’yorga) adekvatliligi, ya’ni korxona 
ehtiyojlari va har bir xodimning manfaatlariga mos kelish 
darajasini tahlil qilishdir. Buning uchun xodimlar va ish 
o‘rinlari (lavozimlari)ning birgalikdagi attestatsiyasi o‘tkazilishi 
maqsadga muvofiqdir, natijada, ular yoki boshqalarning (xodim 
va ish o‘rinlarning) ortiqchaligi va tanqisligi aniqlanadi. Bir 
vaqtning o‘zida ichki mehnat bozorining holati korxona personali 
toifalari va xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha tarkibini talab 
qilinayotgan ish o‘rinlari va lavozimlarga mos kelishi nazarda 
tutilib, uning professional, funksional va sotsial tarkibidan 
kelib chiqqan holda tahlil qilinadi. Bunda korxonaning tarkibiy 
o‘zgarishlari (bo‘linmalarni tuzish, qayta tuzish va tugatish) 
munosabati bilan, mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni 
o‘zlashtirish, yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, talab 
qilinmaydigan maxsulot ishlab chiqarishini to‘xtatish, mulkchilik 
shaklini va korxona bilan boshqarish tizimini o‘zgartirish 
natijasida yetishmayotgan xodimlar bilan to‘ldirish va ozod 


202
bo‘lganlarini ish bilan ta’minlash uchun mintaqaviy mehnat 
bozorlariga murojaat qilish imkoniyati aniqlanadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling