O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash — ish 
yuritishning hozirgi davridagi axborot-texnologik xususiyatini 
ko‘rsatuvchi hujjatlarni yaratish, ular bilan ishlash, saqlashdan 
iborat texnologik jarayon hisoblanadi. Boshqaruvni hujjat bilan 
ta’minlashning asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, korxonalar to‘g‘risidagi 
qonunda, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarida huquqiy 
jihatdan asoslab berilgan.
Boshqaruvni hujjat bilan ta’minlashning eng muhim 
tarkibiy qismi hujjatlashtirish hisoblanib, u boshqaruv faoliyati 


225
uchun zarur bo‘lgan axborotlarni belgilab qo‘yilgan talablar va 
me’yorlar asosida rasmiylashtirishni anglatadi.
Hujjatlashtirish jarayoni davomida huquqiy kuchga ega 
bo‘lgan hujjat (lotincha «documentum» — «shaxodat», 
«isbot») so‘zidan yuzaga keladi. Boshqaruvga yuklatilgan 
funksiyalar ifodasini ta’minlashning vositasi bo‘lgan hujjatda 
boshqaruv faoliyatining barcha shakl va usullari o‘z ifodasini 
topadi. Hujjatni rasmiylashtirishda uning huquqiy kuchga ega 
bo‘lishini ta’minlovchi majburiy axborot elementi rekvizitdir. 
Hujjat rekvizitlari, odatda, davlat standartlari bilan aniq belgilab 
qo‘yiladi.
Hujjatning huquqiy kuchi rasmiy hujjat xususiyati hisob-
lanib, u amaldagi qonunchilik, mazkur hujjatni chiqargan organ 
vakolati hamda hujjatning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi 
orqali ta’minlanadi.
Ish yuritishning yana bir muhim tarkibiy qismi hujjatlar bilan 
ishlashni tashkil etish, ya’ni hujjat aylanishini, uni saqlash va 
boshqaruvning joriy faoliyatida hujjatlardan foydalanish tizimini 
yaratishdir.
Korxona, tashkilot, muassasada hujjat aylanmasi, deb 
hujjatlar yaratilgandan yoki kelib tushgandan boshlab, bu 
hujjatlarda ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlangunga 
qadar harakat bilan bog‘liq jarayon tushuniladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling