226
—
personal bo‘yicha shaxsiy hujjatlarni ro‘yxatga va
hisobga olish, saqlash;
—
mazkur korxona yoki tashkilot uchun belgilab qo‘yilgan
tartibda xodimlar shaxsiy
ishlarini shakllantirish;
— personalga oid hujjatlar ijrosini nazorat qilish. Korxona
va tashkilotda hujjatlar aylanmasiga qarab,
ish yuritishni
markazlashtirilgan (alohida bo‘linma — umumiy bo‘lim,
kotibiyatda) yoki markazlashtirilmagan (tarkibiy bo‘linmalar
yoki xizmatlarda) holda yo‘lga qo‘yish mumkin. Amaliyotda,
ko‘pincha, bu ikki shakldan ham (boshqaruvni hujjat bilan
ta’minlash bo‘yicha eng muhim hujjatlar bilan alohida
bo‘linmada
markazlashtirilgan holda, boshqa hujjatlar bilan esa,
tarkibiy bo‘linma va xizmatlarda) aralash holda foydalaniladi.
Personalni boshqarishda hujjatlashtirishning quyidagi tizimlari
mavjuddir:
1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu
tizim tarkibiga
quyidagilar kiradi:
—
tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo‘riqnomalar);
—
farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish);
—
ma’lumot-axborot hujjatlari (holatlar, xizmat yozish-
malari,
tushuntirish xati, ma’lumotlar, arizalar, taqdimnomalar,
bayonnomalar va xokazolar);
—
personal bo‘yicha hujjatlar (xodimlar bo‘yicha
buyruqlar,
mehnat shartnomasi, shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi. Anketa,
tarjimai hol, tavsiyanoma, pensiya hujjatlari bo‘yicha hujjatlar);
—
fuqarolar murojaatlari bo‘yicha hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: