227
Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar,
ijtimoiy sug‘urta va hokazolarga oid hujjatlar).
Personalni boshqarish xizmatining har bir bo‘linmasi
hujjatlarni o‘z funksiyalariga asosan yaratadi,
rasmiylashtiradi
va ijrosini ta’minlaydi. Bu hujjatlarning aksariyati korxona yoki
tashkilot ichkarisida foydalanishga mo‘ljallanganligi sababli ular
bilan
ishlash tartibi ichki nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalarda
belgilab qo‘yiladi.
Personal bilan ishlash xizmatining
tashkiliy-kadrlar huj-
jatlari mavjud bo‘lib, ular korxona va tashkilot tarkibi,
shtatlar
jadvali, personal to‘g‘risidagi nizom, xizmat yo‘riqnomasi, ichki
ish tartibi qoidalaridan iboratdir.
Korxona va tashkilot tarkibi alohida hujjat shaklida ras-
miy lashtirilib, unda barcha tarkibiy bo‘linmalar,
lavozimlar
nom lanishi va har bir lavozim bo‘yicha shtat birliklari miqdori
ko‘rsatiladi.
Shtatga
muvofiq shtatlar jadvali ishlab chiqiladi. Shtatlar
jadvalida personal
lavozimlari va miqdori, ish haqi fondi
qayd etilgan bo‘ladi. Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot
blankida rasmiylashtirilib, unda
quyidagi rekvizitlar: korxona
yoki tashkilotning nomlanishi, hujjatning nomlanishi, u
rasmiylashtirilgan sana,
tartib raqami, manzil ko‘rsatiladi
hamda rahbar imzosi va muhr bo‘ladi. Shtatlar jadvali jadval
tarzida bo‘lib, unda korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmalari,
xizmatlari, lavozimlar, shtat birliklari miqdori, O‘zbekiston
Respublikasi Yagona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq
to‘lash razradlari, tarif koeffitsiyentlari, ustamalar va qo‘shimcha
to‘lovlar, ish haqi yillik fondi ko‘rsatiladi.
Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot
tomonidan mustaqil
ravishda tuziladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: