O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Ishga joylashtirish, kadrlarni hisobga olish va ular bilan 
ishlashga oid hujjatlarga quyidagilar kiradi:
— 
mehnat shartnomasi;
— 
xodimning shaxsiy varaqasi;
— 
personalning shaxsiy ishlari;
— 
mehnat daftarchasi.
Mehnat shartnomasi yozma holda ikki nusxada rasmiy-
lashtirilib, xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanadi. Uning 
bir nusxasi xodimga beriladi, ikkinchisi ish beruvchida saqlanadi.
Mehnat shartnomasi rekvizitlari quyidagilardan iborat 
bo‘lishi kerak:
— 
mehnat shartnomasini tuzgan xodim va ish beruvchining 
(ish beruvchi jismoniy shaxs bo‘lsa) ismi-sharifi;
— 
korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmasi ko‘rsatilgan 
holda ish joyi;
— 
ishga qabul qilish sanasi;
— 
korxona yoki tashkilot shtatlar jadvaliga yoki aniq mehnat 


232
funksiyasiga muvofiq lavozimi, ixtisosligi, kasbi (malakasi 
ko‘rsatilgan holda);
— 
xodimning huquq va majburiyatlari;
— 
ish beruvchining huquq va majburiyatlari;
— 
mehnat sharoitining tavsifi, og‘ir, zararli yoki xavfli 
sharoitlarda mehnat qilish uchun xodimga kompensatsiya va 
imtiyozlar;
— 
mehnat qilish va dam olish rejimi;
— 
mehnatga haq to‘lash shartlari;
— 
mehnat faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy sug‘urta turlari 
va shartlari.
Mehnat shartnomasida xodim uchun sinov muddati, davlat 
xizmati, tijorat va qonun bilan muxofaza qilinadigan boshqa 
sirlarni saqlash majburiyati, xodimning u o‘qitilgandan so‘ng, 
muayyan muddat davomida mazkur korxona yoki tashkilotda 
ishlab berish majburiyati (agar o‘qitish xarajatlari korxona 
yoki tashkilot tomonidan qoplangan bo‘lsa) va hokazolar ham 
ko‘rsatilishi mumkin.
Xodimning shaxsiy kartochkasi kadrlar tarkibini tahlil 
etish hamda ularni lavozimida siljishlarini hisobga olishni 
ta’minlaydigan hujjat hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda xodimning shaxsiy varaqasi kompyuterda, 
elektron ma’lumotlar bazasida joylashtirishga mo‘ljallangan 
holda ham tuzilmoqda.
Xodimning shaxsiy varaqasi arxivda uning shaxsiy ishidan 
alohida holda saqlanadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling