O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Xodimning shaxsiy ishi xodim va uning mehnat faoliyati 
to‘g‘risida eng mufassal ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar 
to‘plamidan iboratdir. Xodimning shaxsiy ishi u ishga qabul 
qilingan vaqtda rasmiylashtirila boshlanadi. Unda quyidagilar 
bo‘lishi ko‘zda tutiladi:
— 
shaxsiy ish hujjatlari ro‘yxati;
— 
kadrlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (yoki 
anketa);


233
— 
tarjimai hol;
— 
ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi;
— 
ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlari nusxalari;
— 
lavozimga tayinlanganligi (boshqa ishga o‘tkazilganligi 
to‘g‘risidagi hujjat nusxalari);
— 
tavsifnomalar;
— 
ishga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza;
— 
mehnat shartnomasi.
Shaxsiy ishda, shuningdek, xodimning ilmiy asarlari
ixtirolari ro‘yxati, mehnat jamoasi (aksiyadorlar) yig‘ilishi 
bayonnomasi (mehnat jamoasi yoki aksiyadorlar tomonidan 
saylangan rahbarlar uchun)dan ko‘chirma ham bo‘lishi mumkin. 
Kelgusida shaxsiy ish xodim anketasi, tarjimai holidagi, 
lavozimidagi o‘zgarishlar qayd etilgan yozuvlar bilan to‘ldirib 
boriladi.
Mehnat daftarchasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
Kodeksiga muvofiq xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi 
asosiy hujjatdir, (81-modda).
Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha 
xodimlarga mehnat daftarchasi tutilishi shart (faqat o‘rindoshlik 
asosida ishlovchilar bundan mustasnodir).
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa 
doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga 
ko‘ra, mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va 
vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar 
kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) 
mehnat daftarchasiga yozilmaydi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling