234
Personalni boshqarishni hujjat bilan ta’minlash
xizmatining
eng muhim funksiyalaridan biri
hujjat aylanmasini tashkil
etishdir.
Korxona yoki tashkilotda hujjat aylanmasini
quyidagi
bosqichlarga bo‘lish mumkin:
—
kelib tushayotgan yoki yetkazib berilayotgan hujjatlar
bilan ishlash;
—
hujjatlarni ijrochilar — personalni boshqarish
tizimi
xodimlariga yetkazish;
—
xodimlar shaxsiy tarkibiga oid hujjatlarni qayd etish,
hisobga
olish va saqlash;
—
hujjatlar ijrosini nazorat qilish.
Korxona yoki tashkilotdagi hujjatlar ikki guruh: xodimlar
shaxsiy ishlari hamda
korxona yoki tashkilot asosiy faoliyatiga
oid hujjatlarga ajratib alohida-alohida ro‘yxat qilinadi.
1-sonli ro‘yxat xodimlar shaxsiy ishlariga oid bo‘lib, ular
quyidagi tartibda joylashtiriladi:
—
xodimlarni hisobga olish kitobi (agar shunday kitob
yuritilsa);
—
xodimlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar;
—
shaxsiy ishlar
yoki shaxsiy kartochkalar;
—
ish haqi bo‘yicha shaxsiy hisoblar;
— ishlatilmagan mehnat daftarchalari.
2-sonli ro‘yxat korxona yoki tashkilot asosiy faoliyatiga oid
hujjatlar uchun tuziladi.
Yo‘qotilish uchun ajratilgan hujjatlar bo‘yicha
alohida akt
tuziladi.
4.2. Personalni boshqarishda axborot texnologiyalari
Personalni boshqarish tizimi xodimlari oqilona qaror qabul
qilishlari, o‘zlarining boshqa xizmat
vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarish uchun batafsil va ishonarli ma’lumotlarga ega bo‘libgina
qolmasdan, shuningdek, bu ma’lumotlar bilan tezkor ishlash,
235
tahlil qilish,
umumlashtirish, shu asosda tegishli xujjatlarni
tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Olib
borilgan tadqiqotlar boshqaruv xizmati mutaxassislari ish
vaqtining 30 foizdan 80 foizgachasi ana shu ma’lumotlar
bilan
ishlashga sarflanishini ko‘rsatmoqda. Bu tabiiydir, chunki,
axborot bilan ishlash samarali boshqaruvning hal qiluvchi omili
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: