O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

o‘z ulushini o‘lchaydigan obyekti — mezonning yo‘qligidir
Bu shu narsa bilan bog‘liqki, personalni boshqarish uchun 
korxonaning ijtimoiy ancha murakkab tizimini vujudga keltiradi, 
bu tizim mustaqil rivojlanish va o‘z-o‘zini tashkil etish uchun 
noyob imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mazkur tizim o‘z oldiga 
muayayn maqsadlarni qo‘yish va tanlashga, o‘zining xatti-


36
harakatlarini ongli ravishda o‘zgartirishga qodirdir. U boshqarish 
ta’siriga nihoyatda sezgirdir. Agar bunday ta’sir ko‘rsatish 
qo‘pollik bilan, ya’ni personalning o‘ziga xos xususiyatlari 
va istaklarini hisobga olmasdan amalga oshirilsa, u holda 
mehnatning samaradorligi boshqa resurslar turlariga nisbatan 
tez va keskin pasayib ketadi.
Ayni vaqtda, aniq qarorlar, to‘g‘ri tanlangan ta’sir ko‘rsatish 
usullari amalga oshirilgan qo‘yilmalarga nisbatan kutilgan 
natijalarni ancha yuqori darajada, shu bilan birga, uzoq muddat 
mobaynida ta’minlashi mumkin. Bu holat boshqarishning 
samarali usullarini ishlab chiqish, bunda turli kasb kishilarining 
kuch-g‘ayratini muvofiqlashtirishga alohida e’tibor berishni 
zarur qilib qo‘yadi. Personalni boshqarishni korxona doirasida 
inson oilini faollashtirish sohasidagi funksional, institutsional 
va amaliy vazifalar jamidan iborat deb qarash kerak. Personalni 
boshqarish korxonaning raqobatbardoshligini oshirishning 
muhim omili sifatida quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
— 
raqobat kurashida ilg‘or marralarni egallash maqsadida 
personalda korxona faoliyatining barcha jihatlarini yanada 
shiddatliroq yangilash (mahsulot va texnologiyani yanada 
jadalroq yangilash)ga qaratilgan qadriyatlar va yo‘l-yo‘riqlarni 
shakllantirish;
— 
mehnat potensialini rivojlantirish sohasidagi tadbirlar, 
ularga ta’lim berish, tashabbusni rivojlantirish, musobaqalashish 
ruhini va hokazolarni shakllantirish sohasidagi tadbirlar 
majmuini nazarda tutadi va tashkiliy tadbirlar ishlab chiqishni 
talab qiladi;
—mutaxassislar va rahbarlar potensialini amalda ro‘yobga 
chiqarish; u shunday tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishni taqozo 
etadiki, ular ana shunday amalga oshirishga, xodimning o‘ziga 
xos xususiyatlarining ish o‘rniga aniq mos kelishini ta’minlash, 
shaxsiy potensialni doimiy rivojlantirib borish va hokazolarni 
amalga oshirishga undaydi;


37
— inson resurslarini boshqarish vazifasini zarur moliyaviy 
va moddiy vositalar bilan ta’minlash; unga batamom o‘zini 
oqlagan bo‘lajak samara sifatida qarash kerak;
— korxona uchun qulay va maqbul bo‘lgan ijtimoiy fikr 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; uning hisobiga firmaning obro‘-
e’tibori, yangi kadrlarning kelishi ta’min etiladi, ular orasidan 
eng malakali va qobiliyatlilarini tanlab olish.
Inson resurslarini boshqarish vazifalarini hal qilish uchun 
ularni bajarishga muntazam va shtab rahbarlarini ko‘proq jalb 
qilish, bu vazifalarni shtab bo‘linmalarida jamlash, ularning 
muntazam bo‘linmalar faoliyatini nazorat qilishi talab etiladi.
Personalni boshqarish barcha rahbar kadrlar va 
korxonalar kadrlar xizmatining boshqaruv barcha tomonlarini 
muntazam rivojlantirish sohasidagi shaxs bilan bog‘langan 
doimiy vazifasidir.
Kichik darajadagi mehnatni boshqarishga kompleks 
yondashish quyidagilarni nazarda tutadi. Ayrim xodim bilan bir 
qatorda ishchilar guruhiga va ularning qatnashchilari o‘rtasidagi 
munosabatlarga tobora ko‘proq e’tibor beriladi. Boshqarish 
obyektiga ta’sir ko‘rsatishni shunday amalga oshirish kerakki, 
uning potensialidan har tomonlama foydalanish ta’min etilsin.
Agar asrimiz boshlarida, «ilmiy boshqarish» (F.Teylor) 
nazariyasi davrida xodimlarning jismoniy kuchini “so‘rib olish” 
ni ta’minlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan bo‘lsa, endilikda 
hozirgi zamon ishlab chiqarishi uchun bu yetarli bo‘lmay qoldi. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling