O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Mehnatning yuqori darajadagi intensivligi, ishlab chiqarish 
jarayonlarining va asbob-uskunalarning murakkablashuvi 
xodimlardan faqat doimiy ravishda asab tarangligini emas, 
balki qo‘yilgan vazifalarni bajarishga ijodiy yondashishni ham 
talab qiladi. Xodimlarni xo‘jalikka doir qarorlar qabul qilishga 
jalb etish ularning tashkiliy bilimlari va malakalarini tatbiq 
etish zaruriyati bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, mehnatni 


38
boshqarish tizimining sifati ham, xodimlar imkoniyatlaridan 
kompleks tarzda foydalanishini ta’minlash qobiliyatiga bevosita 
bog‘liqdir. Mutaxassislarning fikricha, hozirgi vaqtda bo‘shatib 
yuborishlaridan qo‘rqmay o‘z potensialining faqat 25% dan 
foydalanishi mumkin. Biroq, ma’muriyat tegishli tadbirlar 
o‘tkazganda bu ko‘rsatkich 70–80%ga ko‘tarilishi mumkin. 
Boshqarishning yaxshi tashkil etilishi xodimlarning aqliy 
mehnatidan va ma’lumotidan tobora ko‘proq foyda olishga 
erishish imkonini beradi.
Mehnatni boshqarishdagi yangiliklar ilg‘or tarmoq 
korxonalarida, yuqori ishlab chiqarish potensialiga ega bo‘lgan 
kompaniyalarda ko‘proq ommalashadi. Bu kompaniyalarning 
siyosati umumiy maqsadlar va strategiyasi asosida shakllanadi, 
bunda obyektning faoliyat ko‘rsatishi va o‘ziga xos xususiyatlari 
hisobga olinishi kerak. U «mehnat» kichik tizimiga ta’sir 
ko‘rsatishining muhim sohalarida namoyon bo‘ladi. Bular, 
birinchidan, xodimlar mehnatining mazmuni (mehnat 
funksiyalari, malaka, kasb tuzilishi), ikkinchidan, ular mehnatini 
tashkil etish, uning shart-sharoitlari va tartibi, uchinchidan, 
asoslash (sabab) tizimi, to‘rtinchidan, personalni takror ishlab 
chiqarish (yollash, tayyorlash, boshqa vazifaga o‘tkazish, 
bo‘shatish)dan iborat. 
Rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalarda bu yo‘nalishda ro‘y beradigan eng xarakterli 
hodisalar — mehnatni tashkil etishning an’anaviy shakllarini 
sifat jihatidan yangi guruhiy shakllar bilan almashtirish, ichki 
undovchi sabablarni hisobga oladigan rag‘batlantirish usullarini 
kengaytirish, ish vaqtidan unumli foydalanishni tashkil etishning 
yangi shakllarini joriy etish, muayyan sohalarda xodimlarga 
o‘z vakolatlari doirasida ayrim vazifalarni mustaqil ravishda 
bajarishni topshirishdir.
Texnik rivojlanish darajasiga, qaysi tarmoqqa mansubligiga, 
korxonalarning hajmiga, shuningdek, boshqarish an’analari 


39
va tashkil etish madaniyatiga qarab hozirgi vaqtda mavjud 
bo‘lgan tashkilotlarni ularning personalga va kadrlar siyosatiga 
munosabati bo‘yicha tasniflash mumkin. Masalan, fransuz 
tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, hozirgi zamon korxonalarini 
sakkiz xilga ajratish mumkinki, ular o‘ziga xos madaniy faoliyati 
bilan farq qilib turadi.
1. “Nimjon” madaniyat tashqi muhit o‘zgarishlari bilan 
qiziqmaydigan davlat korxonalari uchun xosdir. Personal ishga 
yaxshi qiziqmaydi, bunga mazkur korxonalarning tuzilishi, 
o‘ta rasmiyligi, konfortizmi va munosabatlarning noaniqligi 
sabab bo‘ladi. Bu tizim erishilgan yutuqlarni saqlab qolishga 
qaratilgan, xolos.
2. «Boshoq teruvchilar» — bular asosan, mayda va o‘rtacha 
korxonalar bo‘lib, ularning strategiyasi voqyealar jarayoni 
kechishiga bog‘liqdir. Bu korxonalar tizimining asosi — 
rahbarga hurmat-ehtirom bilan qarashdir. Odatda, ular qiyin 
ahvolda qolgan bo‘ladilar va buning oqibatida personalni 
qiziqtira olmaydilar. Firmaga kuchli shaxs boshchilik qilgan 
xollar bundan mustasnodir. Bunday shaxs izzatalab bo‘ladi va 
o‘zini hurmat qilishga majbur etadi.
3. «Poliz» madaniyati — fransuz korxonalari uchun xos 
bo‘lgan andoza. Bu teylorizm prinsiplariga muvofiq piramida 
(ehrom) tuzilishiga ega. Bunday korxonalar an’anaviy bozorda 
ustun mavqega ega bo‘lishga intiladilar, o‘tmishda sinab 
ko‘rilgan andozalardan foydalanadilar, ularga ozgina o‘zgarishlar 
kiritadilar, xolos.
4. «Fransuz bog‘i» madaniyati — «poliz» madaniyatining 
amerikacha tajriba ostida birmuncha o‘zgartirilgan varianti 
bo‘lib, yirik mashhur korxonalarda keng tarqalgan, ular 
byurokratlashgan tuzilmaga ega, unda ishchi — xodimlarga 
tizimning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan “vintchalar” 
sifatida munosabatda bo‘ladilar.


40
5. «Yirik plantatsiyalar» madaniyati («Filips») 3–4 pog‘onali 
darajaga ega bo‘lgan yirik korxonalar uchun xosdir. Ularning 
farq qiluvchi xususiyati shuki, o‘zgarib boruvchi muhitga 
doimiy ravishda moslashuvdir, shuning uchun ham, personalning 
moslashuvchanligi har tomonlama rag‘batlantiriladi. Uning 
asoslanish darajasi yetarlicha yuqoridir.
6. «Lian» madaniyati «Eppl» — bu boshqaruvchi 
personalning eng kam darajagacha qisqarishi, informatikadan 
keng ko‘lamda foydalanish tajribali xodimning bozor talablariga 
amal qilishi, barcha darajalarda mas’uliyatni yuksak his qilish, 
bu esa, personalning yuksak darajada qiziqishini ta’minlaydi.
7. «Baliqlar to‘dasi» andozasi — bular yuqori darajada 
harakatchanligi va moslashuvchanligi bilan ajralib turadigan 
«Akkor» guruhi o‘zining tuzilishini va xulq-atvorini bozor 
konyunkturasi o‘zgarishlariga muvofiq ravishda o‘zgartirib 
boradigan korxonalardir. Ularga jismoniy va aqliy jihatdan puxta 
personal zarur bo‘ladi.
8. «Ko‘chib yuruvchi orxideya» madaniyati — turli reklama 
agentliklariga maslahat beruvchi firmalarga va shu kabilarga 
xos bo‘lib, ular bir bor bozor imkoniyatlaridan foydalanib 
bo‘lgach, boshqasiga o‘tadilar. Doimiy ravishda o‘zgarib 
turadigan norasmiy tarkibga, cheklangan miqdordagi xodimlarga 
ega bo‘ladilar. Ularning maqsadi — birgina tovarni taqdim 
etishdir. Personalning qiziqish darajasi nisbatan pastroq bo‘ladi. 
Fransuz olimlarining fikricha, eng dinamik madaniyatlar «yirik 
plantatsiyalar» va «lian» madaniyatlaridir.
Personalni boshqarish umumkorporatsiyaviy tuzilmadagi 
kichik tizimdan iborat bo‘lib, uning o‘zi murakkab tizim 
hisoblanadi. Personalni boshqarish tizimini chet el va 
O‘zbekistondagi ilg‘or tajribalarga tayanib shakllantirish
foydalanish, barqarorlashtirish va boshqarishning o‘zini /
rejalashtirish, hisobga olish, baho berish, rivojlantirish qamrab 
oladi, (1.4 chizmaga qarang).


41

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling