O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

ISBN 978-9943-13-339-6 © «IQTISOD-MOLIYA», 2011
ISBN 978-9943-13-619-9 © «IQTISOD-MOLIYA», 2016
© Mualliflar jamoasi, 2016


3
KIRISH
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, 
«O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va 
modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli 
milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar 
ekanmiz, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan 
turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti 
o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi 
tasavvurlardan voz kechdik».
Haqiqatdan ham, besh tamoyilga asoslangan davlatning 
bosh islohotchilik roli, ya’ni bozorni tartibga solishda ishtirok 
etishi o‘zini oqladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining 
respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va 
ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda «yumshoq» kechdi. 
Agar boshqa mamlakatlarda moliya tizimining izdan chiqishi 
va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi, ko‘plab 
yirik korxonalarning yopilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bizda 
jahon xomashyo bozorlarida talabning susayishi tufayli, 
eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo 
hamkorlarimizning xarid qobiliyati pasayishi natijasida tashqi 
savdo aylanmasining qisqarishi kuzatildi.
Bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassis-
larimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqiroz-
ning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar 
mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ya’ni, ularning fikrlariga 
ko‘ra, mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga 
ta’sir ko‘rsatadigan darajada integratsiyalashmaganligi, 
respublikamizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab turuvchi 
kompaniya va moliyaviy institutlarning yo‘qligi, deyarli barcha 
ustav fondlari korxonalarning real xususiy aktivlariga ega 


4
ekanligi kabi holatlar inqirozning salbiy ta’siri u qadar katta 
bo‘lmasligini ta’minladi. Aksincha, hozirgi inqiroz ehtimol 
tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari, biz uchun ijobiy 
ta’sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga 
keltirishi mumkin. Masalan, AQSH va Yevropadagi investorlar 
aksiyalardan bosh tortib, o‘z aktivlarini bo‘shatmoqdalar. 
Demak, ular tomonidan yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlarni 
izlash boshlanadi, ya’ni ushbu investorlar kapital kiritishning 
muqobil yo‘llarini qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka 
yuz tutgan pallada rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida 
o‘sishning ijobiy dinamikasi kuzatiladi. Ushbu mulohazalardan 
kelib chiqadigan xulosa shuki, ko‘plab investorlar O‘zbekiston 
bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas.
Shu o‘rinda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining 
O‘zbekistonga jiddiy ta’siri bo‘lmaganligini quyidagi omillar 
bilan izohlash mumkin:
— 
respublikamizda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor 
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li tanlanganligi;
— 
davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga 
olishi aniq belgilab olinganligi;
— 
O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit 
tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va 
tarmoqlari barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun 
yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi;
— 
oqilona tashqi qarz siyosati olib borilayotganligi;
— 
aholining ish haqi va daromadlari muntazam oshirib 
borilishi hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz 
tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning 
izchillik bilan amalga oshirilayotganligi;
— 
davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlari barqaror 
va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlari kuchli ekanligi 
bilan izohlanadi.


5
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan 
bozor iqtisodiyotiga o‘tishini ta’minlashda va uning «Kadrlar 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling