O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Korxona faoliyati maqsadlari o‘z mahsulotlari, ishlari va 
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, shu asosda mehnat 
jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda 
korxona mulk egasi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi 
Qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga binoan 
korxonaning quyidagi turlari farqlanadi:
— 
jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan 
korxonalar;
— 
shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla 
korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, xo‘jalik jamiyatlari 
va shirkatlariga, jamoat tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda 
jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar;
— 
aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma 
korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub to‘liq 
yoki hissadorlik yo‘siniga asoslangan boshqa korxonalar.


49
Mulkchilik shakllaridan qat’iy — nazar, korxona ishchilar 
soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalarga bo‘linadi. Mulk-
chi lik ning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik 
asosida faoliyatini muvofiqlashtirishi, o‘z huquqlarini himoya 
qilishni ta’minlashi, tegishli davlat idoralari va boshqa 
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, ijara, davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarga amal 
qiladi. («Adolat», Toshkent, 2004. 4bet).
Shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni 
idora etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: konsernlarga, 
konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqa 
tamoyillar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin.
Korxona o‘z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona 
boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi
shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo‘jalikni yuritish huquqi subyektga korxonani 
bevosita yoxud, u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. 
Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida 
ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini 
idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling