O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Korxona rahbarini yollash (tayinlash, saylash) va 
bo‘shatish korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu 
huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi vakolat bergan idoralar 
yoki korxona kengashi orqali amalga oshiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning 
quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatmoqda:
Xususiy korxona. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy 
korxona to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, «Mulkdor yagona 
jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan 


50
tijoratchi tashkilot xususiy korxona», deb e’tirof etiladi. 
Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy 
shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi 
quyidagicha (1.5-chizma) bo‘lishi mumkin.
1.5-chizma. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka 
tarzda boshqaradi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan 
iboratdir:
— 
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
— 
xususiy korxonaning Nizom jamg‘armasini belgilash va 
shakllantirish;
— 
reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash;
— 
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish 
va amalga oshirish;
— 
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish 
to‘g‘risida qaror qabul qilish;
— 
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, 
ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa korxonalar nizom jam-
g‘armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).


51
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O‘zbekiston 
Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyatlar
1.6-chizma. Mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruvining 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling