O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

to‘liq shirkat, deb hisoblanadi (1.5-chizma).
Xo‘jalik shirkatining oliy boshqaruv organi shirkat 
ishtirokchilari umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish 
vakolatlariga quyidagilar kiradi:
— 
shirkat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
— 
shirkatni qayta tashkil etish va tugatish;
— 
ta’sis shartnomasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 
kiritish;
— 
shirkat Nizom jamg‘armasini (ustav kapitalini) ko‘pay-
tirish va kamaytirish;
— 
shirkatning har bir ishtirokchisi shirkat nomidan 
ish yuritishga haqlidir. Shirkat ishlari uning ishtirokchilari 
tomonidan birgalikda yuritilsa, har bir bitimni amalga oshirish 
uchun shirkat barcha ishtirokchilarning roziligi talab etiladi. 
Shirkat ishlarini yuritish uning ishtirokchilari tomonidan ulardan 
biri yoki ayrimlariga topshirilsa, qolgan ishtirokchiga shirkat 
nomidan bitimlarni amalga oshirish uchun shirkat ishlarini 
yuritish zimmasiga yuklatilgan ishtirokchi (ishtirokchilar)dan 
ishonchnoma olinishi kerak.
Aksiyadorlik jamiyati. O‘zbekiston Respublikasining 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, «Nizom jamg‘ar-
masi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini 
tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan 
xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati, deb hi-
soblanadi».


54
1.7-chizma. Xo‘jalik shirkatini boshqarish tashkiliy tuzilmasi
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik 
jamiyatlari shaklida bo‘lishi mumkin.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga 
aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin 
bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati, 
deb hisoblanadi (1.8-chizma).
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan 
doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling