O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati, deb hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, 
kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga 
quyidagilar kiradi:
— jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi 
Nizomni tasdiqlash;
— jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish;
— jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning 
a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari 
tugallash;


55
— e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
— Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z 
aksiyalarini qaytarib sotib olish;
1.8-chizma. Aksiyadorlik jamiyatini tuzilmasi
— 
taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va 
ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
— 
yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya 
balanslarini tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash.
Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
— 
jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
— 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ular uchun 
kun tartibini tasdiqlash;
— 
obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
— 
mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;
— 
jamiyatning sho‘’ba va tobe filiallarini tashkil etish, 
vakolatxonalarini ochish.


56
Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik 
yakka — boshchilik asosida — ijroiya organ (bosh direktor) 
yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga 
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini 
shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar boshqaruvini takomillashtirish jarayonida kompaniya, 
firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik 
birlashma va uyushmalari tashkil topdi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling