O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korporatsiya
- venchur
Kompaniya (fransuzcha «sovragpiye» so‘zidan) —
iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug‘urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo‘jalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega bo‘lgan korxonalar tushuniladi. Konsern («sopserp» –«ishtirok», «manfaat» so‘zidan) manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik birlashmasidir. Aksariyat hollarda, korxonalarning bunday guruhlari shu korxonalar aksiyalarining asosiy qismini o‘z qo‘lida to‘plagan bosh korxona (xolding) atrofida birlashadi. Konsern tarkibiga turli (sanoat, transport, savdo, bank sohasi) tarmoqlariga tegishli, ayrim hollarda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashgan o‘nlab va yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradilar. Amalda konsern tarkibidagi korxonalar ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish taraqqiyoti, shuningdek, investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, korxonalarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sohasidagi vazifalarni moliyalashtirish asosida faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoq, tarmoqlararo konsernlar ham bo‘ladi. Bir korxona faqat bir konsernga kira oladi. 57 Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida O‘zbekistonda moddiy va ishlab chiqarish tarmoq vazirliklari o‘rnida yirik konsernlar («O‘zkimyosanoat», «O‘zdavmashkonsern» va boshqalar) tashkil qilindi. Korporatsiya (lotincha «corporatio» — «birlashma», «hamjamiyat» so‘zidan) biron-bir faoliyat yuritish uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar asosan bir xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Investitsiya kapitali markazlashuviga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko‘ra davlat, xususiy, qo‘shma (aralash), tarmoqlar bo‘yicha esa, sanoat, qishloq xo‘jaligi, aloqa va boshqalarga bo‘linadi. Firma (italyancha «firma» — «imzo» so‘zidan) korxona, kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakli, xuquqiy holat va boshqalarga ko‘ra xilma- xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo‘lganlar soni 2 — 3 kishidan 20 — 30 mingtagacha bo‘lishi mumkin. Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi: — affilirlangan (qo‘shilgan) — filial, sho‘’ba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko‘rsatadigan firmalar; — broker — tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar; — venchur — kichik va o‘rta investitsion firmalar hisob- lanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; — investitsion — investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bi lan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar; 58 — injiniring — muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisos- lashgan firmalar; — innovatsion — yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar; — konsalting — maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisos- lashgan firmalar; — ishlab chiqarish firmalari — aniq bir mahsulot tayyor- lashga ixtisoslashgan bo‘ladi; — savdo firmalari — savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi; — rieltor firmalari — ko‘chmas mulk sohasidagi amallarga ixtisoslashgan bo‘ladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida 250 mingdan ortiq firmalar faoliyat ko‘r- satmoqda. Xolding (inglizcha «holding» — «egalik» so‘zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo‘lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho‘’ba korxona, yoxud bir necha sho‘’ba korxonalar mavjud bo‘ladi. Xolding kompaniyasining o‘zi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligi ham mumkin. Lekin, ko‘p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarini boshqarish bilan bir qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadilar. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling