61
mehnat intizomiga rioya etmaganlarga jazo choralarini qo‘llash
hisobiga ko‘zlangan natijaga erisha olishi mumkin.
«Y» guruhi qisman mulkdorlar va qisman mehnat qilishga
ishtiyoqi baland bo‘lganlardan tashkil topadi.
Bunday guruhlarda
yetarli bilimlarga ega bo‘lmagan, belgilangan topshiriqlarni
bajarishga ko‘nikmasi yo‘q xodimlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Mazkur guruhlarda, odatda, ta’minotda uzilishlar uchrab turadi,
mehnatga haq to‘lash esa, bir tekischilik asosida amalga oshiriladi.
Bu guruhda
rahbarlik qiluvchilardan, eng avvalo, xodimlarga
ishlab chiqarish vazifalarini aniq belgilab berishlari,
jamoa
orasidagi haqiqiy yetakchilarni aniqlab, ularni brigada
boshliqlari, loyiha rahbarlari, usta lavozimlariga ko‘tarilishlari
talab etiladi.
Bunday guruhlarga rahbarlik, odatda, demokratik
asosda olib boriladi.
«Z» guruhi — mehnat qilishga to‘la qodir va astoydil
intiluvchan xodimlardan tarkib topadi. Ular, odatda, yuqori
malakaga ega, ishga qiziqishlari kuchli bo‘ladi.
Bunday
guruhlarda rahbarlar o‘z vakolatlarining bir qismini jamoaga
berishlari, xodimlarni ishlab chiqarishga oid qarorlar qabul
qilishga keng jalb etishga intilishlari zarur.
Korxona personali murakkab, o‘zaro bog‘liq
tuzilmaga ega,
(1.9 chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: