64
O‘zbekiston Respublikasida boshqaruv xodimlari
va ular sonini tartibga solish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-
yil 22-avgustdagi 363-sonli «Boshqaruv xodimlarining
sonini tartibga solish va ularga sarflanadigan xarajatlarni
maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori qabul
qilindi.
Mazkur qarorga asosan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organ-
larining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi
va texnik xodimlarining
lavozimlari ro‘yxati mulk shaklidan va moliyalash manbaidan
qat’iy nazar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi
boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlarning lavo-
zimlarini o‘z ichiga oladi.
I. Boshqaruv xodimlari lavozimlari ro‘yxati
1. Davlat boshqaruv organlarining
rahbarlik tarkibi
(ma’muriy boshqaruv xodimlari):
a) respublika darajasida:
—
vazir, davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari;
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi respublika muassa-
sasining rahbari va uning o‘rinbosarlari;
—
hisob palatasi raisi va uning o‘rinbosari;
—
Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse prezidentlari, bosh
ilmiy kotibi;
—
Badiiy
akademiya raisi, rais o‘rinbosarlari, bosh ilmiy
kotibi;
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat
bo‘shqaruv akademiyasi rektori, prorektorlari;
—
milliy olimpiya qo‘mitasi raisi,
bosh kotib;
—
respublika davlat inspeksiyalari raisi, rais o‘rinbosarlari;
—
respublika vazirliklari, idoralari,
tashkilotlari va muassa-
salarining tashkiliy bo‘linmalari, departament, bosh boshqarma,
boshqarma, bo‘lim, sektori boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari;
65
—
vazir, davlat qo‘mitasi raisi, respublika muassasasi
rahbari va ularning o‘rinbosarlari
yordamchisi;
Do'stlaringiz bilan baham: