O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «personalni boshqarish»
tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda bilimdon va
ishbilarmon xodimlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek: «Bugungi kunning eng muhim vazifasi — hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvida, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni va kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir» 1 . Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» tushunchasi yo‘q edi. Lekin, har bir korxona va tashkilotda kadrlar boshqaruv tizimi va jamoani ijtimoiy rivojlantirishning funksional kichik tizimi mavjud edi. Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot personalini boshqarish konsepsiyasi asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yo‘l-yo‘riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi, korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo‘naltira bilishi tashkil etadi. Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun katta imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, jiddiy xavf-xatar ham tug‘diradi, ya’ni amalda har bir kishining hayotiga ma’lum darajada noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish alohida ahamiyatga egadir, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashishi, tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun bir majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham, ma’naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha 6 yondashuvlarni ishlab chiqish talab etiladi. Korxona va tashkilot ichidagi asosiy subyekt — xodimdir, tashkilotdan tashqarida esa, mahsulot iste’molchilaridir. Ishlovchining ma’naviy ongini boshliqqa emas, balki iste’molchiga tomon burish, talon-torojga emas, balki foyda olishga, o‘ylamasdan bajaradigan ijrochiga emas, balki tashabbuskorlikka tomon yuz burish zarur. Sog‘lom iqtisodiy mohiyatga asoslanadigan ijtimoiy me’yorlarga o‘tishni unutmaslik kerak. Iyerarxiya ikkinchi o‘ringa o‘tib, u o‘z o‘rnini ma’naviyat, madaniyat va bozor talabiga bo‘shatib beradi. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra, korxona va tashkilotda personalni boshqarish tizimi shakllantiriladi. Uning tuzilishi uchun asos sifatida shunday tamoyillardan, ya’ni fan tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o‘tgan qoidalar va usullardan foydalaniladi. Bularning barchasi ushbu o‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling