71
vazifalarga erishish uchun zarur bo‘lgan xodimlarning maksimal
soni. Xodimlarning cheklangan umumiy soni quydagicha
belgilanadi:
— hukumat qarorlariga muvofiq tashkil qilingan davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun — O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi va hokimliklar qarorlari bilan. Bunda,
ularning
hududiy va qaramog‘idagi bo‘linmalar uchun cheklangan
umumiy soni davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organining umumiy
cheklangan soniga qo‘shiladi.
Korxonada kadrlarni rejalashtirish va muvofiqlashtirish
Fan-texnika taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan
bog‘liq, tashkiliy yangiliklarning joriy etilishi mehnat sharoitini
yaxshilash bilan bir qatorda insonning
bilim darajasi va ruhiy-
fiziologik imkoniyatlariga yangi talablar qo‘ydi.
Bu, o‘z navbatida, yuqori malakali kadrlarga va ishlab
chiqarishning ruhiy-fiziologik talablariga javob beradigan
kadrlarga bo‘lgan tanqislikni oshirdi.
Kadrlarni rejalashtirish shundan iboratki, u odamlarga
za rur vaqtda va kerakli miqdordagi ish o‘rinlarini ularning
qobili yatlari, mayllari va ishlab chiqarish talablariga muvofiq
ta’minlashni vazifa qilib qo‘yadi. Ish o‘rinlari unumdorlik va
asoslash nuqtai nazaridan ishlovchilarga o‘z qobiliyatlarini eng
maqbul tarzda rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish
imkonini berishi, insonga xos mehnat shart-sharoitlarini yaratish
va mehnat bilan bandlikni ta’minlash
talablariga javob berishi
lozim.
Kadrlarni rejalashtirish tashkilot manfaatlari nuqtai nazari-
dan ham, uning xodimlari manfaatlarini ko‘zlab ham amalga
oshiriladi. Tashkilot uchun kerakli vaqtda, kerakli o‘rinda, zarur
72
miqdorda hamda tegishli malakaga ega bo‘lgan
xodimlarga ega
bo‘lish muhimki, ular ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish,
uning o‘z maqsadlariga erishishi uchun zarur bo‘ladi. Kadrlarni
rejalashtirish ancha yuqori mehnat unumdorligini qo‘lga kiritish
va ishdan qoniqish hosil qilish uchun
shart-sharoitlar yaratib
berishi lozim. Odamlarni – birinchi navbatda, o‘z qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun shart sharoitlar yaratib berilgan, yuqori
hamda doimiy ish haqi olib turish kafolatlangan ish o‘rinlari jalb
qiladi. Tashkilotdagi barcha xodimlarning manfaatlarini hisobga
olish kadrlarni rejalashtirish vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuni yodda tutish kerakki,
kadrlarni rejalashtirish
tashkilotdagi umumiy rejalashtirish jarayoniga qo‘shilib ketgan
taqdirdagina samarali bo‘ladi.
Kadrlarni rejalashtirish xodimlar bilan ishlashning tezkor
rejasida birlashtirilgan va o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan
butun bir tadbirlar majmuini amalga oshirish orqali ro‘yobga
chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: